Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning




Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/100
Sana15.05.2023
Hajmi8.92 Mb.
#60022
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Bog'liq
texnologik o\'lchashlar va asboblar
Kirish3., Elektron tijorat platformasi, Toshaliyeva S 1057-1061, UML qisqartmasi U, Ne\'matjonov Javlonbek tashkil etish, СОВРЕМЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ БИОЛОГИИ, Mavzu Jahonning rivojlangan mamlakatlarida tarbiyaviy jarayonla, maktabgacha-yoshdagi-bolalarning-oiladagi-shaxslararo-munosabatlarini-o-rganish, Toshkent farmatsevtika instituti
Simobli signalizatorlar - tuzilishi bo`yicha simobli termometrlarga 
o`xshaydigan, kapillyariga elektrik kontaklar kavsharlangan asbob. Bunda 


235 
temperatura oshsa simob kontaklar bilan ulanadi. TK tipidagi simobli 
signalizatorlar -5
o
C dan to +300
o
C gacha bo`lgan oraliqdagi temperaturani nazorat 
qilish uchun qo`llaniladi. 
Manometrik signalizatorlar - suyuqlik va gazlarni temperaturasini nazorat 
qilish uchun qo`llaniladigan asboblar. 
Bimetall signalizatorlar - modifikatsiyasiga bog‘liq holda –30 
o
С dan to 
+250 ˚С gacha bo`lgan oraliqlarda ishlaydigan, temperaturaga bog‘liq holda har xil 
chiziqli kengayish koeffisiyentiga ega bo`lgan ikkita metall qotishmasi (bimetall) 
dan iborat sezgir elementga ega bo‘lgan asbob. 
Dilatometrik signalizatorlar - suyuqliklar temperaturaini o`lchashda hamda 
temperaturani ma`lum darajada avtomatik ravishda saqlash uchun va 
signalizatsiyada qo`llaniladigan asbob.
Termistorli signalizatorlar - temperaturani –30 
o
C dan to +100 
o
C gacha 
bo`lgan oraliqda rostlash uchun foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda datchik 
sifatida termoqarshiliklar – termistorlar qo`llaniladi. 
Manometr – mutloq (absolyut) va ortiqcha bosimni o‘lchaydigan o‘lchash 
asbobi. 
Barometr – atmosfera bosimini o‘lchaydigan o‘lchash asbobi. 
Vakuummetr – berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimining siyraklanishini 
o‘lchaydigan o‘lchash asbobi.
Manovakuummetr – ortiqcha bosim va bosim siyraklanishini o‘lchaydigan 
o‘lchash asbobi. 
Naporometr – kichik qiymatli (50 m suv ust. dan katta bo‘lmagan) ortiqcha 
bosimni o‘lchaydigan o‘lchash asbobi. 
Tyagometr – kichik qiymatli siyraklanishni o‘lchaydigan o‘lchash asbobi. 
Tyagonaporometr - kichik qiymatli bosim va siyraklanishni o‘lchaydigan 
o‘lchash asbobi. 
Differensial manometr – ikki bosim ayirmasini (bosim farqini) o‘lchaydigan 
o‘lchash asbobi. 


236 
Bosim signalizatorlari - boshqarish obyektlarini yuqori bosimdan himoyalash, 
ortiqcha bosimni “chiqarib yuborish” yoki texnologik jarayonni to‘xtatishga 
mo‘ljallangan signalizatorlar. 
Sarf o‘lchagichlar – suyuqliklar va gazlar sarfni o‘lchash uchun ishlatiladigan 
o‘lchash asboblari. 
Sath - texnologik apparatning ishchi muhit – suyuqlik yoki sochiluvchan jism 
bilan to‘ldirish balandligi. 
Sath o‘lchagichlari - sathni o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari. 
Sath signalizatori - releli sath o‘lchagichlar bo‘lib, moddaning sathi ma’lum 
balandlikka yetganda ishlay boshlaydi, ular signalizatsiya maqsadida ishlatiladi. 
Analizatorlar - moddalarning tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari haqidagi 
o‘lchov axborotini olish uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari. 
Qovushoqlik - suyuqliklarning sirpanish yoki siljishga qarshilik ko‘rsatish 
xususiyati. 
Psixrometr – havoning namligini o‘lchash uchun mo‘ljallangan, o‘lchash 
prinsipi suv bug‘ining elastikligi hamda quruq va nam termometrlarning 
ko‘rsatishlari o‘rtasidagi bog‘lanishga asoslangan o‘lchash asbobi. 
O‘lchash mashinasi – bu buyumni tavsiflovchi, kattaliklarni aniq o‘lchashga 
mo‘ljallangan yirik o‘lchamli o‘lchash uskunasidir. 
Elektromexanik analog o‘lchash asboblari - o‘lchanayotgan fizik kattalikning 
uzluksiz funksiyasi bo‘lgan kuzatuvchi uchun qulay shakldagi informatsion 
o‘lchash signalini hosil qiluvchi elktr o‘lchash vositalari. 
O‘lchash xatoligi – o‘lchash natijasining chinakam (haqiqiy) qiymatdan 
chetlashuvini (og‘ishuvini) ifodalovchi o‘lchashning sifat mezoni. 
Absolyut xatolik – bu o‘lchanayotgan kattalikning o‘lchash asbobi yordamida 
o‘lchangan qiymati bilan shu kattalikning haqiqiy qiymati orasidagi algebraik farq. 
Tuzatma - absolyut xatolikni teskari ishora bilan olingan qiymati. 
Keltirilgan xatolik – absolyut xatolikning asbobning eng yuqori o‘lchash 
chegarasi qiymatiga nisbati orqali aniqlanadigan va nisbiy xatolikka teng kattalik. 
Nisbiy xatolik – absolyut xatolikni o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy 
qiymatiga nisbatini bildiradigan va foizlarda ifodalanadigan xatolik. 


237 
Statik xatoliklar – vaqt mobaynida kattalikning o‘zgarishiga bog‘liq 
bo‘lmagan xatoliklar. 
Dinamik xatoliklar – o‘lchanayotgan kattalikning vaqt mobaynida 
o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan xatoliklar. 
Asosiy xatolik - normal (graduirovka) sharoitda ishlatiladigan asboblarida 
hosil bo‘ladigan xatolik. 
Qo‘shimcha xatolik – o‘lchash asbobi normal (graduirovka) sharoitdan farqli 
bo‘lgan tashqi sharoitda ishlatilganda hosil bo‘ladigan xatolik. 
 
Additiv xatolik - o‘lchanayotgan kattalikning o‘zgarishiga bog‘liq 
bo‘lmagan o‘lchash vositasining xatoligi.
Multiplikativ xatolik - o‘lchanayotgan kattalikning o‘zgarishiga mutanosib 
ravishda o‘zgaradigan xatolik.
Muntazam xatolik - umumiy xatolikning takroriy o‘lchashlar mobaynida 
muayyan qonuniyat asosida hosil bo‘ladigan, saqlanadigan yoki o‘zgaradigan 
tashkil etuvchisi. 
Uslubiy xatolik - o‘lchash usulining nazariy jihatdan aniq assolanmaganligi 
natijasida kelib chiqadigan xatolik. 
Asbobiy xatolik - o‘lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli 
kelib chiqadigan xatolik. 
 
Sub’ektiv xatolik – kuzatuvchining aybi bilan chiqadigan xatolik. 
O‘lchashlar noaniqligi – o‘lchash natijalari bilan bog‘liq bo‘lgan va 
o‘lchanayotgan kattalikka yetarli asos bilan qo‘shib yozilishi mumkin bo‘lgan 
qiymatlar tarqoqligini (sochilishini) tavsiflovchi parametr. 
Standart noaniqlik – standart og‘ish sifatida ifoda etilgan o‘lchash 
natijasining noaniqligi. 
To‘liq noaniqlik – chegarasida o‘lchanayotgan kattalikka yetarli asos bilan 
qo‘shib yozilishi mumkin bo‘lgan qiymatlar taqsimotining katta qismi joylashgan 
o‘lchash natijasi atrofidagi oraliqni aniqlovchi kattalik. 
Kattalik bahosining standart noaniqligi – o‘rta arifmetik qiymatning standart 
og‘ishi sifatida ifodalangan, o‘lchash natijasining noaniqligidir.


238 
Yig‘indi standart noaniqlik – bir necha o‘zaro matematik bog‘langan kattalik 
qiymatlari asosida natija olingandagi, o‘lchash natijalari standart noaniqligidir.
Kengaytirilgan noaniqlik – o‘lchash natijasi atrofidagi intervalni 
xarakterlovchi kattalik bo‘lib, kutilaлtgan ehtimollik qamarovida o‘lchash natijasi 
qiymatlarining taqsimlanishini ifodalaydi. 


239 

Download 8.92 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning

Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish