63
maishiy–kommunal oqova suvda o'stirib ularni o'sishi, rivojlanishi
va hosildorligi
o'rgandik. Oqova suvlarni ishlab chiqarish sharoitida biologik tozalash
samaradorligini aniqlash uchun avvalo, laboratoriya sharoitida suv o'simligini
oqova suvda o'sishi, rivojlanishini o'rganishimiz va oqova suvni fizik–kimyoviy
tahlil qilishimiz zarur bo'ladi. Bu natijalar suv o'simliklarini tozalash darajalarini
aniqlashga hamda ishlab chiqarish sharoitida sinab ko'rishga imkon yaratadi.
Olingan
natijalar shuni ko'rsatadiki, pistiya o'simligi 100% ozuqa muhitda yaxshi rivojlanib,
hosildorligi yuqori bo'lganini kuzatdik. Eyxorniya o'simligi xam 100% oqova suvda
qoniqarli darajada o'sdi, ammo pistiyaga nisbatan eyxorniya o'simligining hosildorligi
biroz kamroqligi aniqlandi. Pistiya o'simligini hosildorligi hattoki 100% oqova suvda,
nazorat variantga nisbatan ham yuqori bo'lib, ushbu oqova suvga chidamli
ekanligi kuzatildi. Bunga sabab mazkur suv o'simliklari tabiatda ham organik
moddalarga boy bo'lgan suv havzalarida
uchrashi kuzatilgan
1
.
O'tkazilgan tajribalar shuni ko'rsatyaptiki, oqova suv pistiya va eyxorniya
o'simliglarning o'sish va rivojlanishiga aks ta'sir qilmas ekan, aksincha,
ularning
o'sishini tezlashtirar ekan. Hattoki, oqova suvning suyultirilmagan variantida ham
pistiyaning o'sishi jadallashgan. Chunki, shu suv tarkibidagi organik va mineral
moddalarning miqdori boshqa variantlarga nisbatan ko'p bo'lganligi sababli, uning
o'sishi tezlashgan bo'lib, oqova suvini vodoprovod suvi bilan suyultirilmasdan
to'g'ridan – to'g'ri unga pistiya va eyxorniya o'simliglarini ko'paytirsa bo'lar ekan.
Oqova suvlarni turli kontsentratsiyalarda va standart ozuqa muhitida suv o'simligi
pistiya va eyxorniya o'stirib, o'sishi, rivojlanishi va hosildorligini o'zgarganidan
so'ng, ularni tozalash xususiyatlarini aniqlash maqsadida suv o'simligi o'stirmasdan
avval va o'stirgandan so'ng 7 kun o'tgandan so'ng gidrokimyoviy tahlil o'tkazdik.
Suvlarni fizik–kimyoviy tahlillari shuni ko'rsatadiki (3.2 va 3..3–jadval) pistiya
o’simligi o’stirilgan suvning hidi 5 balldan 1,5 balga tushgan,
muallaq moddalar
boshqa oqova suvni turli kontsentratsiya variantlarida 10 barobar, quruq qoldiq
50 % gacha, umumiy azot 90–100 % gacha, xlor 45 %, sulfat 60 %, kislorodga
1
Shoyakubov R. Yuksak suv o'simligi – Pistiyani turli sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishdan chiqadigan oqova
suvlarni tozalash samaradorligi.// Algologiya, mikologiya va gidrobotanikaning dolzarb muammolari
avzusidagi xalqaro ilmiy
- amaliy konferentsiyaning maqolalar to'plami T:, 2009. 259-262 b
.
64
bo'lgan ehtiyoj 90 % ga kamayganligini kuzatish mumkin. Pistiya va eyxorniya
suv o'simliklarini qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi (chorvachilik, cho'chqachilik)
oqova suvlarida o'stirilganda ham o'xshash natijalar olingan
1
.