58
etildi. Tajriba davomida 1.5 m
3
to‘ldirilgan
ikkita hovuzda mavjud Azolladan
fondalanildi. Birinchi hovuz to‘liq artezan suvi bilan to‘ldirilgan bo‘lsa,
ikkinchi
hovuzda artezan suvi ishlab chiqarishdan keltirilgan xrom bilan zararlantirilgan.
Zararlantirish hajmi 5 litr (0.33%).
Tajriba davomida 6 ta idishdan foydalanildi. Idishlar 5 litrdan artezan suvi bilan
to‘ldirildi. 6 ta tanlab olingan idishlar uchun ikki hovuzda mavjud
Azolla tanlab olindi.
Ya’ni
birinchi hovuzda mavjud Azolla oddiy artezan suvida yashayotgan bo‘lsa,
ikkinchi artezan suvidagi
Azolla xrom bilan oz miqdorda zararlantirilgan artezan
suvida o’stirildi. O‘z navbatida idishlar 2 ta
Azolla uchun 3 donadan teng ulushda
bo‘lindi. Teng ulushda bo‘lingan idishlar 5 litrdan artezan suvi bilan to‘ldirilib, so‘ng
0.5, 1 va 1.5 foizlik nisbatda xrom bilan zararlantirildi.
Birinchi hovuzdan olingan
Azolla
A deb belgilangan bo‘lsa, ikkinchi hovuzdan olingan Azolla
A.cr deb belgilab
olindi. Tajriba davomida havo harorati kunduz kunlari 20–22 C
o
daraja, kechalari esa,
7–9 C
o
darajada saqlanib turdi. Tajriba davom etgan
kunlar davomida hech qanday
yog‘ingarchiliklar kuzatilmadi.
Tajribaning 4– kunidan boshlab A mavjud idishlarda ko‘k–yashil suv o‘tlari
asta sekin rivojlanishi ko‘zga tashlandi. A.cr
mavjud idishlarda esa, badbo’y hid
yo‘qolishi hamda hech qanday ko‘k–yashil suv o‘tlarining rivojlanishi kuzatilmadi.
Tajribaning so‘ngi kunida A mavjud idishlar Azolla hamda baqaton bilan qoplanib
suvning yashil tusga kirishi va suvning ustida ko‘pirish holatlari kuzatildi. A.cr da esa,
aksincha suv tiniq holatda saqlanib qoldi hamda Azollaning massasi oshishi kuzatildi.
Tajriba davomida A va A.cr mavjud idishlarda Azollaning nobud bo‘lish
holatlari
ham ko‘zga tashlandi. Albatta, A mavjud idishlarda nobud bo‘lish holatlari A.cr
mavjud idishlarga qaraganda ko‘proq kuzatildi.