46
Buning uchun oddiy torf mox Sphagnum dan foydalanish mumkin. Qishlash harorati
12°C dan yuqori bo'lmasligi kerak. Mart–aprel oylarining oxirida o'simlik akvariumga
o'tkazilishi kerak.
Kichik ryaska (Lemna minor) (2.5–rasm) Araceae oilasiga mansub ko‘p
yillik yuksak suv o‘simligi bo‘lib, suv yuzasida suzib o‘sadi.
Lemna minor organik
moddalarga boy har qanday ko‘lmak suvlarida o‘sib ko‘payadigan, sovuq va issiq
havoga chidamli dorivor suv o‘simligi hisoblanadi.
Lemna minorning barglari va
ildizchalari mavjud bo‘lib, asosan vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi.
2.5–rasm. Lemna minor hamda
Eichhornia crassipes
Manba: Termiz davlat universieti “Tabiiy fanlar” fakulteti “Botanika”
kafedrasida
tasvirga olindi
O‘simlikning kattaligi 5–6 mm ni tashkil etadi. Ryaska fotosintez jarayonida
ko‘p miqdorda kislorod ajratib chiqaradi va suv havzalarini tozalashdagi roli ham
yuqori. Ryaskani yetishtirish uchun sayoz ko‘lmaklar, bo‘sh yotgan ko‘llar, daryo
irmoqlari, sun’iy va tabiiy hovuzlardan foydalansa bo‘ladi. Hosil haftasiga ikki marta
yig‘ishtirilib olinadi. Quritib olib saqlab qo‘ysa bo‘ladi. Suv ustida qalin qatlam hosil
qiladi va shu bilan zararkunanda o‘tlarning rivojlanishiga yo‘l bermaydi. Yuqori
biomassa olish uchun suvga mineral yoki madaniy o‘g‘itlar me’yorida tashlab turiladi.
Shu bilan birga yaxshi natijaga erishish
uchun uni nazorat qilib turish, hosilni o‘z
47
vaqtida yig‘ib olish lozim. Bu o‘simlikning optimal o‘sishini, yuqori hosil berishini
ta’minlaydi. Uni ho‘l holida ham, quritilgan holida ham hayvon, parranda va
baliqlarga bersa bo‘ladi.
Yuksak suv o’simliklari (makrofitlar) suv ekosistemalarining muhim
ahamiyatga ega komponentlaridan
biri hisoblanadi
1
. Yuksak suv o’simliklari
suvliklarni evtrifikatsiyasi va ifloslanish jarayonlarini ko’rsatuvchi indikator sifatida
xizmat qiladi
2
. Suvda o’sadigan yuksak o’simliklar baliq turlari uchun molluskalar,
qisqichbaqasimonlar va suvda yashaydigan hayvonlar uchun yashash makoni,
qishlov joyi va oziqasi; suvdagi barcha gidrobiontlar uchun kislorod manbai bo’lib
xizmat qiladi. Bu holat iqlim o’zgarishlarida ham muhim ahamiyatga ega
3
.
Azolla yalpi ko‘payishining optimal davri iyul–sentyabr oylari bo‘lib, bu
davrda sutkasiga 250–300 g/m2 biomassa hosil qiladi.
Oqova suvlarda o‘stirilgan azolla 1 gektar suv yuzasidan bir kecha–kunduzda
1500–2000 kg gacha ho‘l biomassa; pistiya va eyxorniya esa, 1800–2700 kg gacha
ho‘l yoki 90–135 kg gacha mutlaq quruq biomassa berishi mumkin (iyun–oktabr
oylarida).
Yuksak suv o‘simliklarining biomassalarini ko‘chat sifatida oqova suvlarni
tozalash inshootlarining biologik hovuzlariga ekish yoki issiqlik yordamida (AVM–
0,65, AVM–1,5)
ishlov berib, vitaminli un tayyorlab, oqsil – vitaminli va mineral
ozuqa sifatida qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalarini boqishda ularning
ratsioniga qo‘shimcha ozuqa sifatida foydalanish mumkin. Shuningdek, azollani
sholichilikda “yashil o‘g‘it” sifatida ishlatish natijasida
sholi hosildorligi nazorat
variantiga nisbatan 20–25% ga oshganligi va 1 gektar sholi maydonidan olingan
iqtisodiy samaradorlik 2008 yilda 500 000 (besh yuz ming) so‘mni tashkil etgan.
Angren “Suvoqova” tozalash inshootida oqova suvlarni pistiya, eyxorniya va azolla
yordamida tozalash natijasida elektroenergiya va oqova suvlarini zararsizlantirishda
1
Уманская М.В. Высшая водная растительность оз. Кандрикул (Респ.Башкордостан). Самарская лука: проблемы
региональной и глобальной экологии. –Самара, 2014. – Т.23, –с.141-145
2
Мержвинский Л.М., Мартиненко В.П., Висотский Ю.И. Становая Ю.Л. Высшая водная растительность озера Островцы.-
Витебск, 2011 – с.75-81
3
Bo’riyev S.B., Jalolov E.B., Ikromova H.S. Buxoro viloyatining janubi-sharqida joylashgan baliqchilik suv havzalarining yuksak
suv o’simliklari va ularning sistematikasi / NamDU ilmiy axborotnomasi/ 2019-yil 9-son b- 39-43
48
ishlatiladigan xlor va uning birikmalarini tejash hisobiga olingan iqtisodiy
samaradorlik 2012 yilda 306 mln (uch yuz olti million) so‘mni tashkil qilgan.
Yuksak suv o'simliklarining suvdagi turli moddalarni, biogen elementlar
(azot, fosfor, kaliy, kal`tsiy, magniy, marganets, oltingugurt), og'ir metallar (kadmiy,
mis, qo'rg'oshin, rux), fenollar,
sulfatlar, xloridlarni to'plashi, neft mahsulotlari,
sintetik sirtfaol moddalarni zararsizlantirishi bois ulardan sanoat, kommunal–
maishiy va boshqa oqova suvlarni tozalashda dunyoning turli mamlakatlarida,
shu jumladan respublikamizda ham qo'llaniladi
1
.
Yuksak suv o'simliklari suvdan tuzlarni ham o'zlashtiradi. Yuksak suv
o'simliklarining bu xususiyati suv havzalaridagi tuz rejimini
boshqarishda ulardan
foydalanish imkoniyatini ko'rsatadi
2
.
Ta'kidlash joizki, eyxorniya, pistiya va azolla ayrim mamlakatlarning botanika
bog'larida manzarali hamda akvarium o'simligi sifatida o'stiriladi. Bundan tashqari
pistiya biomassasidan dori –darmonlar, eyxorniyadan qog'oz, biogaz va spirt olish
mumkin. Azolladan esa, atmosferadagi azotni to'plovchi “yashil o'g'it”,
sholi
hosildorligini oshiruvchi va tuproq unumdorligini yaxshilovchi vositalar, qishloq
xo'jalik hayvonlari, maishiy–kommunal, baliq va yovvoyi qushlarni boqishda
oqsil–vitaminli mineral ozuqa
sifatida foydalanish mumkin
3
.