Sattarov abdumurod sattarovich oqava suvlardan sifatli ichimlik suvi olishda biotexnologik




Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/29
Sana27.01.2024
Hajmi1,91 Mb.
#146723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
monograph Satorov indiya 2022 besh (1)

Mas'ul muharrir: B.N.Umarov, pedagogika fanlari boʼyicha falsafa 
doktori, Oʼzbekiston 
Taqrizchilar: 
N.A.Xo`jamshukurov, 
Toshkent 
kimyo 
texnologiya instituti professori, b.f.d. Oʼzbekiston 
 
A.M.Begmatov, 
TerDU, 
Botanika 
kafedrasi 
dotsenti, Oʼzbekiston 
Ushbu monografiya Termiz davlat universiteti Ilmiy Kengashining yig’ilishida 
muhokamadan o`tgan va chop etishga tavsiya qilingan (2022 yil “___”________ dagi 
“___sonli qaror). 
 
 
 
© 
https://novateurpublication.org/ 



KIRISH 
Tadqiqotning dolzarbligi. Ekologik, biologik xavfsizlik muammosi milliy va 
mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylanganiga 
yarim asrdan oshdi. Tabiat va inson o‘zaro muayyan qonuniyatlar asosida 
munosabatda bo‘larkan, bu qonuniyatlarni buzish o‘nglab bo‘lmas falokatlarni 
insoniyat boshiga solishi hozirgi kunda aslo sir bo‘lmay qoldi. Dunyoning qaysi 
burchagiga nazar tashlamang, turli xil ekologik muammolarga duch kelish tabiiy 
holga aylanib bormoqda. Markaziy Osiyo mintaqasini ham ekologik muammolardan
holi zona deb bo‘lmaydi. Shunday ekologik muammolardan biri bu – chuchuk suv
muammosidir. Biosferada chuchuk suv barcha suv zaxirasining bor–yo‘g‘i 2 
foizini tashkil qilib, uning 99%i muzliklarga to‘g‘ri keladi. Daryo va ko‘llardagi 
chuchuk suv zaxirasi 90 ming km
3
ni tashkil qilib, odam tomonidan yiliga uning
4 ming km
3
qismi ishlatiladi. Shundan, qishloq xo'jaligida 70 % i, qolgan 30 %i esa, 
sanoat va maishiy xo‘jalikda qo’llaniladi. Hisob– kitoblarga qaraganda chuchuk suv
zaxirasi insoniyatga yana bir necha o’n yilga yetadi xolos. Chuchuk suvning og'ir 
metallar, fenol, pestitsidlar, neft mahsulotlari, aktiv moddalar bilan zararlanishi 
yildan yilga kuchayib, hozirgi kunda yiliga 15 mlrd. tonnani tashkil etmoqda. 
 Atrof–muhit, shu jumladan suv va suv havzalarini har xil ifloslikdan himoya 
qilish hozirgi vaqtda dunyodagi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. 
Ekologiya muammolari hamda atrof–muhitni muhofaza qilish O‘zbekiston 
Respublikasida keyingi vaqtlarda global muammolar qatorida e’tiborga sazovor 
bo‘lmoqda. Ko‘pchilik ishlab chiqarish, kommunal xo‘jaliklaridan va qishloq xo‘jalik 
korxonalaridan chiqadigan oqova suvlar tozalanmasdan yoki chala tozalanib ochiq 
suv havzalariga tashlanmoqda. Suv bilan bog’liq muammolarni bartaraf etish 
maqsadida hukumatimiz tomonidan ko’plab qaror va farmonlar, ular asosida foydali 
va samarali islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “2017 — 2021–yillarda ichimlik suvi ta’minoti 
va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish 
dasturi to‘g‘risida”gi PQ–2910–sonli qarorida “Qayd etib o‘tilsinki, O‘zbekistonda 
mustaqillik yillarida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash 



borasida kattagina ishlar amalga oshirildi. Ichimlik suvi ta’minoti tizimini 
rivojlantirish bo‘yicha g‘oyat muhim dasturlar va loyihalarni izchillik bilan ro‘yobga 
chiqarish shahar va tumanlarda, shu jumladan, qishloq joylarda suv ta’minoti holatini 
sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi. 
Keyingi olti yilning o‘zidagina 13 ming kilometrga yaqin suv quvurlari va 
vodoprovod tarmoqlari, 1,6 mingtadan ko‘proq suv chiqarish quduqlari, shuningdek, 
1,4 mingta suv bosimini hosil qiladigan minora va rezervuarlar barpo etildi hamda 
rekonstruksiya qilindi. Natijada, jumladan, xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari 
va kreditlarini jalb etish hisobiga ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan ko‘pgina aholi 
punktlari sifati va xavfsizligi bo‘yicha zamonaviy talablarga mos keladigan suv bilan 
ta’minlandi. 
Shu bilan birga, ayrim mintaqalarni, eng avvalo, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm 
viloyatlarini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashning bir qancha echilmagan 
muammolari hamon saqlanib qolmoqda”
1
, deb ta’kidlangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “2018 yil uchun 
investitsiya va infratuzilmaviy loyihalar ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida” PQ–
3507–son qaroriga muvofiq 2018–yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi “Sof ichimlik suvi” jamg‘armasi hisobidan jami 584,7 mlrd so‘m, shu 
jumladan, respublika aholi punktlarini ichimlik suv va kanalizatsiya tizimlari bilan 
ta’minlashga 504,9 mlrd so‘m hamda qishloqda namunaviy loyihalar asosida 
qurilayotgan uy–joylar hamda xizmat uylari ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga 79,8 
mlrd so‘m ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin
2

Respublikamizda suv ta’minoti va oqova suv xizmatlarini ko‘rsatish 
yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, sohada 
shaffoflik hamda xususiy sektorning ishtirokini ta’minlash, “O‘zsuvta’minot” AJ va 
1
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2910-sonli “2017 — 2021-yillarda ichimlik suvi ta'minoti va 
kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to'g'risida”gi Qarori. //manba:http:// www.lex.uz 
2
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-avgustdagi 700-sonli “Respublika aholi punktlarida ichimlik suv 
ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida” Qarori // http:www.lex.uz 



suv ta’minoti tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek, “2017 
—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish 
maqsadida 2020–yil 1–oktabrdan boshlab ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv 
sohasida investitsiya loyihalarini saralash, amalga oshirish hamda ularning 
natijadorligini monitoring qilish bo‘yicha tartib o‘rnatilishi belgilab berilgan
1

Daryolar, soylar, suv omborlari va boshqa suv havzalari, suv xo‘jaligi 
obyektlari hamda boshqa barcha suv manbalarini sanoat, qurilish, transport, qishloq 
xo‘jaligi va boshqa obyektlarning zararli ta’siridan muhofaza qilishni kuchaytirish 
maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019 yil 11 dekabr “O‘zbekiston 
Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya–
muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 981–
sonli qarori qabul qilingan
2

Ma'lumki, suv resurslardan mukammal foydalanish va uni muhofaza 
qilishni asosiy vazifalaridan biri sanoat korxonalar, qishloq xo'jaligi ishlab 
chiqarishi va maishiy–kommunal tarmoqlardan chiqadigan oqova suvlarni tozalab 
turli maqsadlarda ishlatish ekologiyani ustuvor yo'nalish bo'lib, bunda, ayniqsa, 
shahar oqova suvlarni biotexnologik tozalash muhim ahamiyatga egadir
3
. Suv
resurslarini tejash va suv manbalarini toza gigiyenik holda saqlash maqsadida
turli oqova suvlarini biotexnologik tozalash usulini takomillashtirish maqsadida 
olib borilayotgan ishlar hozirgi vaqtda o'zining dolzarbligi borasida ajralib turadi
4
.
Bunda, ayniqsa, maishiy–kommunal oqova suvlarni biologik usulda tozalash
bo'yicha olib borilayotgan ishlar ustuvor yo'nalishlardan biri hisoblanadi, chunki
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada 
takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6074-sonli 
Farmoni// http:www.lex.uz 
2
O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabr, “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining 
suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 981-sonli Qarori 
3
Shoyaqubov R. Qishloq va sanoat korxonalari oqova suvlarini suv o'tlari va suv o'simliklari yordamida tozalash biotexnologiyasi/ 
Toshkent 2008-yil 136-143-b.
4
Ismailxodjaev B., Xidirboyeva G., Xolmatov U. Mikroskopik suv o'tlari va suv o'simliklari biotexnologiyaning istiqbolli
obyektlari /Mikroorganizmlar va biosfera. Xalqaro Simpozium materiali. T: 2015 63-64 b.



shaharsozlikni rivojlanishi hamda aholi soni oshib borishi, ushbu sohada 
ishlatiladigan suv resurslariga bo'lgan talabni yanada kuchaytiradi va chiqindi
oqova suvlar yanada ortishiga olib keladi. Aholi punktlarida shakllangan oqova 
suvlarni ilg'or texnologiyalar asosida tozalash va tozalangan oqova suvlarni
qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orishda foydalanish mumkinligini ko'rsatib berish 
eng dolzarb muammolar qatoriga kiradi.
Respublikamizdagi barcha hududlar singari Termiz shahri oqova suvlarini
tozalash biotexnologiyasini yaratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shu munosabat 
bilan Termiz shahridagi ifloslangan suvlarni yuksak suv o’simliklari ta’sirida
tozalashning biotexnologiyasini o’rganish zarurdir. O’zbekiston Respublikasida 
neftni qayta ishlash, chorvachilik, parrandachilik sohalarida ko’p miqdorda suv
ishlatiladi va natijada oqova suvlar hosil bo’ladi. Oqova suvlarning tarkibi har xil 
organik va kimyoviy elementlardan iborat. Ishlab chiqarish korxonalaridan
chiqadigan oqova suvlarni tozalash bo’yicha ayrim olimlar tomonidan ilmiy
tadqiqot ishlari qilingan. Bajarilgan ilmiy ishlar asosida oqova suvni industrial 
qurilmada (aerotenkda), ozonlash, suyultirish kabi usullar bilan bajariladi. Oqova 
suvlarni tozalash mexanik, fizik, kimyoviy va biologik uslublar qo’llaniladi. Oqova 
suvlarni har xil ifloslikdan tozalashda biotexnologik usullar muhim ahamiyatga ega. 
Yuksak suv o‘simliklari oqova suvlarni organo–mineral va bakteriologik ifloslikdan 
tozalashda faollik bilan ishtirok qilishadi, shuningdek, suvning tarkibidagi mineral
tuzlar va karbonat angidrid gazi o’z navbatida suvda o’suvchi suv o’tlari
tomonidan iste’mol qilinadi. Ular oqova suvlarda faollik bilan rivojlanib, katta 
miqdorda biomassa hosil qilish bilan bir vaqtda suvlarni har xil ifloslikdan 95–98 
foizigacha tozalaydi. Hosil bo‘lgan biomassalar va suvlar xalq xo‘jaligining turli 
sohalarida qo‘llaniladi, shu jumladan baliqchilikda, chorvachilikda, parrandachilikda, 
qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda va boshqa joylarda ishlatiladi. Bunday
uslubdan ishlab chiqarish kombinatlaridan chiqadigan oqova suvlarni tozalashda 
foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Download 1,91 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sattarov abdumurod sattarovich oqava suvlardan sifatli ichimlik suvi olishda biotexnologik

Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish