35
Tabiiy suvlarning loyqasi erimaydigan va kolloid holida noorganik (loy,
qum va h.k) va organik (balchiq, mikroorganizmlar) hollarida bo‘lishi mumkin.
Loyqalik yer usti suvlariga xosdir. Daryolar suvining loyqaligi bir necha ming
“mg/l”gacha yetadi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo daryolarida
suvning loyqaligi
kattadir. Yer osti suvlari yer usti suvlariga qaraganda tiniq bo‘ladi. UzDSt 950:2011
bo‘yicha ichimlik suvdagi erimagan moddalar miqdori 1,5 mg/l dan ko‘p bo‘lmasligi
kerak. Suvning tiniqligi "mutnomer", hozirgi vaqtda "nefelometr" nomli asboblar
bilan o‘lchanadi. Suvning tiniqligini tubi yassi bo‘lgan 30–50 sm balandlikdagi
maxsus shisha silindr yordamida ham aniqlash mumkin. Agar silindrni 5 sm
yuqorida joylashtirilib, pastga qo‘yilgan matnga silindrdagi 30 sm balandlikdagi
suv ustuni orqali qaralganda u aniq ko‘rinsa,
olingan suv namunasi tiniq
hisoblanadi. Suv ustuni balandligi santimetrda o‘lchanib, u suvning tiniqligini
belgilaydi.
Ichimlik suvi quyidagi kimyoviy xossalarga ega bo’lishi lozim. Suvda mineral
moddalar kalsiy va magniy tuzlarining bo‘lishi, unga qattiqlik xossasini beradi.
Qattiqlik “mg.ekv/l” yoki graduslarda o‘lchanadi.
1 gradus qattiqlik suvning tarkibidagi 10 mg kalsiy oksidi (CaO) yoki 14
mg magniy oksidiga (MgO) mos keladi. Qattiqlikni gradusdan “mg.ekv/l” ga
o‘tkazish uchun gradusdagi miqdorni 2.804 soniga bo‘lish kifoya.
Tabiiy suvlarni qattiqlik darajasi quyidagicha xarakterlanadi.
1. Yumshoq suv < 4 mg ekv/l
2. O‘rta qattiqlikdagi suv 4–8 mg ekv/l
3. Qattiq suv 8–12 mg ekv/l
4. Juda qattiq suv > 12 mg ekv/l
Daryo suvlarining qattiqligi odatda katta emas (1–6 mg ekv/l). Biroq so‘nggi
davrda antropogen ta’sirning kuchayishi oqibatida daryo suvlarining qattiqligi ham
keskin ortdi. Masalan, Amudaryo suvining qattiqligi uning quyi oqimida vaqti
vaqti bilan 16–18 mg ekv/l gacha etmoqda. Yer osti suvlarining qattiqligi odatda yer
usti suvlarinikiga qaraganda kattaroqdir. Ichimlik suvining qattiqligi 7 mg ekv/l
dan ortmasligi lozim.
36
Qattiq suv aylanma suv ta’minotida, bug‘ qozonlarida, yuqori sifatli sellyuloza
va sun’iy tola ishlab chiqarish sanoatlari uchun foydalanishga, ayniqsa, yaroqsizdir.
Quruq qoldiq – bu suvdagi barcha erimagan
moddalarning umumiy
miqdoridir. Uning miqdorini aniqlashda suvning namunasi qaynatilib bug‘latiladi
va so‘ngra t=105 gradus temperaturada quritiladi. Idishda qolgan moddalarning
og‘irligi suvning umumiy minerallashganligini belgilaydi. Odatda loyqaligi kam
bo‘lgan tabiiy suvlarning quyuq va quruq qoldiqlari miqdori juda yaqin bo‘ladi,
chunki bunday suvlarda aralashmagan va organik moddalar nisbatan ozdir.
Ichimlik suvda quruq qoldiq (suvni mineralizatsiyasi) 1000mg/l dan ko‘p bo‘lmasligi
zarur.
Tabiiy suvlarni minerallashganlik darajasiga qarab, ular:
1. Chuchuk suv – 200–500 mg/l
2. Mo‘tadil minerallashgan suv – 500–1000 mg/l
3. Sho‘rtak suv – 1000–3000 mg/l
4. Sho‘r suv – 3000–10000 mg/l
5. Yuqori minerallashgan suv – 10000–35000 mg/l
6. Namakobga yaqinlashgan suv – 35000–50000 mg/l
7. Namakob – 50000–400000 mg/l.ga bo‘linishi mumkin.
Boshqa ko‘rsatkichlaridan
ichimlik suvi tarkibida suvda eruvchan temir
tuzlari 0.2–0.3 mg/l gacha bo‘lgani ma’qul. Bu tuzlar ko‘p bo‘lishi havodagi
kislorod ta’siri ostida temir oksidi hosil bo‘lishiga olib keladi.
Suvda hayvon chiqindilariga xos bo‘lgan organik moddalarining bo‘lishi
xavflidir, chunki buning natijasida ammiak tuzi va azot kislotasi tashkil topadi.
Bu moddalarning suv ichida organik xlor bilan bir vaqtda bo‘lishi (mineral
xlorning 300 mg/l gacha bo‘lishi zararsiz) suvni
hayvon chiqindilari bilan
ifloslanganligini ko‘rsatadi. Bu holda suvga xlor bilan ishlov berish zarur chunki,
suvda xavfli kasalliklar qo‘zgatuvchi bakteriyalar bo‘lishi mumkin.
Suvni bakteriyalar bilan ifloslanishi undagi bakteriyalarni soni bilan
ifodalanadi. O’zDSt 950:2011ga binoan ichimlik suvning 1 litrida 100 tadan
ko‘p bakteriya bo‘lishi mumkin emas. Suvda, ayniqsa, "ichak tayoqchalari"
37
guruhiga kiruvchi bakteriya va mikroblarining bo‘lishi xavflidir. Bakteriologik
tahlil qilish yo‘li bilan 1 litr suvda mavjud bo‘lgan bakteriyalar
soni aniqlanadi
(koli–indeks).
Yoki 1 ichak tayoqchasiga to‘g‘ri keluvchi suv hajmi aniqlanadi (koli–
titr). O’zDSt 950:2011ga binoan vodoprovod tarmog‘iga uzatiladigan ichimlik
suv tarkibida har bir litrda 3 dan ko‘p koli–indeks bo‘lmasligi kerak.
Turli manbalardagi suvlarning ichimlik maqsadlari uchun yaroqliligi fizik,
kimyoviy, bakteriologik analiz bo‘yicha aniqlanadi. Suvni yaroqliligi to‘g‘risidagi
xulosa sanitariya nazorat organlari tomonidan beriladi.
Vodoprovoddan berilayotgan suvning sifati O’zDSt 950:2011 bo‘yicha
belgilanadi. Uni tekshirish esa, GOST24481–80, GOST18963–73 usuli bo‘yicha
bajariladi. Suv namunasini olish quyidagicha amalga oshiriladi. Yer usti manbaidan
namuna suv olish inshooti quriladigan joyida suvning sathidan 0,5–1,5m pastdan,
yer osti suvlarining namunasi esa, suv chiqarish boshlangan vaqtdan kamida 15–20
min o‘tgandan keyin olinadi. Namuna 2–3 litrli shishaga olinadi. Bakteriologik analiz
uchun olingan namuna 4–5 soatdan kechikmay laboratoriyaga
yetkazilishi kerak
1
.