40
pastki qismida bo'rtma bor, uning ichida g'ovak to'qima bor, shu tufayli o'simlik suvda
saqlanadi, ya’ni
barg bandlari asosida, havo bilan to‘lgan sharsimon etdor qismi
aerenxima — o‘simlikni suv yuzasida qalqib turishini ta'minlaydi.
Ildizlari uzun (0,5 m gacha), butunlay suvga botgan. Popuksimon ikki tartibli
ildiz tizimi tukchalari ikki tomonlama yaxshi shoxlangan. Birinchi tartibli (10–20
dona) ildizlar qisqargan poyaning bo'g'imiga barg bandi birikkan joydan chiqadi. Juda
ko'p miqdordagi ikkinchi tartibli ildizlar (3 sm gacha uzunlikdagi) suvda gorizontal
joylashadi
1
.
Guli gigantga o'xshaydi,
u pushti, ko'k yoki binafsha rangga ega bo'lishi
mumkin. Suv giatsinti deb atalishi ham bejiz emas, gulidan kuchli yoqimli hid taralib
turadi.
Eyxorniya yon novdalarining uchida yosh o'simtalarni hosil qilish orqali
juda tez ko'payadi. Ekuv sharoitida eyxorniyani o'stirish uchun zarur ozuqa
muhitlari
pistiyaniki kabidir. Eyxorniyaning yosh o'simliklarida tuguncha bo'lmaydi, ular
jadal vegetativ yo'l bilan ko'payadi. Vegetativ ko'payishi to'xtagan o'simliklarda
ko'sak shakllanadi. Eyxorniyaning urug'lari tuxumsimon, qo'ng'ir
rangli mayda
bo'ladi. 1000 ta urug'ining massasi 2,1–2,2 g ni tashkil qiladi
2
.
1
Мустафоева Н. Классификация диатомовых водорослей на современном этапе проблема построения их
филогенетической системы // Ботш. журн. - 2004. - 71, № 6 с. 713- 722.
2
Ergashev A., Otaboev SH., Sharipov R., Ergashev T. Suvning inson hayotidagi ekologik mohiyati. T., “Fan” 2009. -53b.