38
– 2 guruh suv o'simliklari bo'lib bular asosan suv yuzasida qalqib o'sadigan
o'simliklar kiradi,
bularga eyxorniya, pistiya, ryaska, azolla va boshqa tur
o'simliklar kiradi;
– 3 guruh tanasining yarimi suvda o’suvchi yuksak suv o'simliklar guruhi bo'lib
hisoblanadi, bularga qamish, trasnik va boshqa tur o'simliklar kiradi.
Yuqoridagi o'simliklar yer yuzida keng tarqalgan bo'lib suv o'tlarini turlari 4000
ga yetadi, suv o'simliklarini turi esa, 3000 ga yaqinni tashkil etadi. Ulardan MDHda
– 403 ta turi ma'lum. Respublikamiz suv havzalarida 100 dan ziyod yuksak suv va
suv–botqoq o'simliklari turi uchraydi
1
.
Umuman suv o'tlari va suv o'simliklarini tabiatda tutgan o'rni katta ahamiyatga
ega bo'lib, ular tabiatda borayotgan turli jarayonlarda ishtirok etadi
va hosildorligi
yuqori bo'lishi va tarkibidagi biologik faol moddalarni ko'p saqlash jihatidan boshqa
yem xashak o'simliklardan ustun kelishi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari
yuqorida o'simlik guruhlari, ayniqsa, suv yuzida qalqib o'sadigan o'simliklar biologik
filtr vazifasini bajaradi va suvni kislorod bilan boyitadi.
Yuksak suv o’simliklari tabiatda keng tarqalgan bo’lib,
ularning bir nechta
turlari mavjud. Ular asosan suv havzalari, havza bo’ylarida ham namlik bo’lgan
joylarda faol o’sib rivojlanadi.
Suvning yuza qismida o’suvchi suv o’simliklari
faol rivojlanib, kata
miqdorda biomassa hosil qilganligi sababli, ular turli sohalarda qo’llanilmoqda.
Bularning turlari–azolla, ryaska, pistiya, eyxorniya
va boshqalar tabiiy suv
havzalarida uchraydi. Pistiya va eyxorniya o’simliklari subtropik sharoitlardan olib
kelinib, O’zbekiston sharoitida o’sib rivojlanishga moslashtirilgan. Pistiya va
eyxorniya o’simliklarining oqova
suvlardan faol rivojlanib, suvlarni har xil
ifloslanishdan
tozalash darajasi, ko’pchilik olimlar tomonidan o’rganilgan.
Tadqiqot obyekti sifatida olingan yuksak suv o‘simliklari quyidagilar:
eyxorniya
(E
ichhornia crassipes (Solms.), Pontederiaceae), Pistiya (
Pistia stratiotes
(L.), Araceae), Azolla (
Azolla carolinana, Azollaceae), Kichik ryaska (
Lemna minor)
(2.1–rasm).
1
Скрепников Н. К. Право водопользование, водопотребления и охрана вод. - -Т.: -2011. -352 с.