ifloslangan suv ko’rsatkichlarining o’zgarishiga ta’siri




Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/29
Sana27.01.2024
Hajmi1,91 Mb.
#146723
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
monograph Satorov indiya 2022 besh (1)

ifloslangan suv ko’rsatkichlarining o’zgarishiga ta’siri 
 
Tadqiqotlarimizda bajarilishi belgilab berilgan dastlabki tajribalar Toshkent 
kimyo texnologiya institutining “Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi” 
fakultetida amalga oshirildi. Toshkent kimyo texnologiya institutining “Vinochilik 
texnologiyasi va sanoat uzumchiligi” fakulteti professori Nortoji Xo’jamshukurov 
hamda Termiz davlat universiteti dotsenti Abdumurod Sattorov birgalikda 2020 va 
2021 yillar davomida Gulistonda joylashgan O‘zbek–Xitoy charm ishlab chiqarish 
qo‘shma korxonasidan xrom bilan zararlangan suvlarini biotexnologik toza 
bioremidatsiya usuli orqali makrosuvo‘tlari yordamida tozalash bo‘yicha tajriba 
ishlarini olib bordi. 
Birinchi tajriba davomida kichik yasalgan hovuz fakultet bazasida mavjud 
artezan suvi bilan 1,5 m

to‘ldirildi. Hovuz ishlab chiqarishdan keltirilgan xrom bilan 
zararlantirilgan suv bilan zararlantirildi. Zararlantirish hajmi 5 litr (0,33%). 
Biotexnologik obyekt sifatida Azolla makrosuvo’ti tanlab olindi. Suvning xrom 
konsentratsiyasi bilan kam miqdorda zararlantirishning asosiy maqsadi, Azolla ning 
zararlangan suvga moslashuvini yumshatish hamda zararlangan suvda yashashga 
moslashgan yangi avlodni shakllantirish qilib belgilandi. Zararlangan suvga 1,5 kg 
hajmda Azolla tashlandi. (3.1–rasm) 
Tajribaning 1–2 kunlarida ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishlar qayd etilmagan 
bo‘lsa, 3–4 kundan boshlab Azolla ning 50–80% qismida rangning fotosintez jarayoni 
to‘xtagani va rangining yashildan qizamtir rangga o‘zgarishi kuzatila boshladi. 
Shuningdek shu kunlar davomida yangi avlod ham paydo bo‘lishi kuzatildi (3.2–
rasm). 7 kun davomidaga kuzatuvlar jarayonida suv sathining 1–kunga nisbatan 2–3 
barobar katta qismi Azolla bilan qoplanishi kuzatildi.
19 sentyabrda zararlangan suvda badbo‘y hid urib turgan bo‘lsa, tajriba yakuni 
26 sentyabrda bu hidning yo‘qolishi kuzatildi. 


57 

Download 1,91 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ifloslangan suv ko’rsatkichlarining o’zgarishiga ta’siri

Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish