• Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi.
  • Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi




    Download 1,91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/29
    Sana27.01.2024
    Hajmi1,91 Mb.
    #146723
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
    Bog'liq
    monograph Satorov indiya 2022 besh (1)

    Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. Ushbu sohada bajarilgan 
    ishlar bilan tanishish borasida quyidagi xulosaga keldik, hozirga qadar ifloslangan 
    ichimlik va oqava suvlarni tozalash va qayta ishlash sohasida ko‘p ishlar amalga 
    oshirilgan va bu ish davom etmoqda, shulardan biri mening tadqiqot ishim 
    hisoblanadi. 



    Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. Kuzatuv, 
    bioremidatsiya usuli, mikrobiologik usullar, texnik–laboratoriya usullari, statistik 
    usullar. 
    Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Ishning ilmiy 
    ahamiyati, ushbu ish yuzasidan olib borilgan tajribalar natijasida aniqlangan 
    ma’lumotlardan ilmiy maqolalar yozishda va amaliy qo‘llanmalar tayyorlashda 
    foydalanish mumkin. 
    Ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, ushbu ish yuzasidan olib borilgan 
    tajribalar natijasida aniqlangan ma’lumotlardan yuksak suv o‘simliklari yordamida 
    ifloslangan suvlarni tozalash texnologiyasini amaliyotda qo‘llash imkonini beradi. 
     


    10 
    I BOB. OQAVA SUVLARNI TOZALASHNING O’RGANILGANLIK 
    DARAJASI 
    1.1. Suvning tirik organizmlar va xalq xo‘jaligi uchun ahamiyati 
     
    I
    nsoniyat jamiyat uchun suv beqiyos ahamiyatga ega. Suv murakkab mineral 
    bo‘lib, tabiatda gaz, suyuq va qattiq (muz) holatlarda uchraydi. Yer sharining suv 
    resurslariga okean, dengizlar, daryo va ko‘llar, sun’iy suv havzalari, tog‘ va qutb 
    muzliklari, yer osti suvlari, tuproq, atmosfera va tirik organizmlar tarkibidagi suvlar 
    kiradi. Yer yuzidagi okean, dengizlarning umumiy maydoni quruqlik yuzasiga 
    qaraganda deyarli 2,5 barobar ko‘pdir, ya’ni dunyo okean suvlari Yer sharining ¾ 
    qismini egallagan bo‘lib, uning o‘rtacha chuqurligi 4000 metrga tengdir. Daryo va 
    ko‘l suvlari esa, quruqlik yuzasining 3 % ini egallaydi. Muzliklar esa, quruqlikning 
    11 % iga teng bo‘lgan maydonni egallaydi. Quruqlik yuzasining 4% ini botqoqlik va 
    botqoqlangan yerlar tashkil qiladi. Yer sharining umumiy suvlar zaxirasini asosiy 
    qismini ya’ni 94%, dunyo okeani hisobiga to‘g‘ri keladi. Sayyoramizda jami suvning 
    97,2% ini sho‘r, 2,8 foizini esa, chuchuk suvlar tashkil qiladi. Chuchuk suvning eng 
    ko‘p miqdori tabiiy muzliklarda to‘plangan. Dunyo bo‘yicha chuchuk suvning asosiy 
    qismi Antarktida, Arktika va Grenlandiya muzliklarida saqlanib kelmoqda. Chuchuk 
    suv resurslarining ko‘pgina qismi daryo suvlari hisobiga to‘g‘ri keladi. Bu suv inson 
    tomonidan foydalanish uchun eng yaroqli suvlardan hisoblanadi. Hozirgi kunda 
    insoniyat taraqqiyotida toza suvga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin juda tez sur’atlarda ortib 
    bormoqda, chunki insonning xo‘jalik faoliyatini toza suvsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 
    Suv yer yuzasidagi iqlimni vujudga keltirishda asosiy omillardan biri, suv bug‘lari 
    esa, alohida ahamiyatga egadir
    1

    Atmosfera suvlarisiz joyning ob–havosini tasavvur etib bo‘lmaydi. Havoda suv 
    bug‘larining miqdori Yer yuzasining qaysi kenglikda joylashishiga bog‘liq: ekvator 
    havosida suv bug‘lari eng ko‘p bo‘lsa, qutbiy o‘lkalarda eng kam bo‘ladi. 
    Shuningdek, yil fasllariga bog‘liq holda atmosferadagi suv bug‘larini miqdori 
    1
    Xo'jjiyev S.O. Yuksak suv o'simliklarining oqova suvlarda o'sishi, rivojlanishi va ularni tozalashdagi mohiyati// 
    Ijodkor yoshlar va fan-texnika taraqqiyoti: Resp. ilm-amal konf. to'pl. –Buxoro, 2004. –B. 127-128 


    11 
    o‘zgaradi. Bulutlarda ko‘p namlik to‘plangan bo‘lib, ba’zilarida yuzlab tonna suv 
    bo‘ladi. Bu gigant suv massalaridan iborat bo‘lgan havo oqimlari yer yuzasida bir 
    yerdan ikkinchisiga ko‘chib joylarga namgarchilik keltiradi, bunda joyning havo 
    haroratiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Suv shunday qudratli kuchga egaki, yerning hozirgi 
    relyefi suvning bunday uzluksiz faoliyati natijasida shakllangan va bu relyef qiyofa 
    istiqbolda yanada o‘zgarib murakkablashdi. Suv qattiq jinslardan tuzilgan tog‘ 
    tizimlarini yemiradi. Toshlar orasidagi suvlar muzlaganda yoriqlarni kengaytirib 
    metindan mustahkam granit va bazaltlarni ham yorib yuboradi. Suv tog‘ jinslari 
    tarkibidagi minerallarni sekin–asta yemirib, ularni eritib vodiylarga yetkazadi. 
    Hozirgi kunda suvlarni toza saqlab qolish butun insoniyatni jiddiy tashvishga solib 
    turgan muammolardan bo‘lib qolmoqda. 
    Organik dunyoni va insoniyat jamiyatini suvsiz tasavvur qilish qiyin. Chunki 
    o‘simlik tanasini 80–90%, hayvon organizmining 75%i suvdan iborat. Yangi 
    tug‘ilgan chaqaloq tanasining 70 foizi, katta yoshdagi kishi organizmning 65 foizini 
    suv tashkil etadi. 70 kilogramm og‘irlikdagi o‘rta yoshdagi kishining 45 kg.mi suvdan 
    iborat. Suvsiz hayot yo`q. Yer yuzasidagi tabiiy chuqurliklarning suv bilan to‘lishi 
    natijasida ko‘llar hosil bo‘ladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 50 ta sug‘orish 
    kanallari va 16 ta suv omborlari mavjud. Ularning ko‘pchiligi (80 foizi) tekisliklarda 
    joylashgan. Dunyodagi chuchuk suv zaxirasining 3/4 qismi muz shaklida Artika, 
    Antarktida va baland tog‘ muzliklarida joylashgandir. 
    O‘rta Osiyo tog‘laridagi muzliklarning umumiy maydoni Katta Kavkaz 
    muzliklari maydonidan 9.5 marta, Oltoy muzliklaridan esa, qariyb 28 marta kattadir. 
    Dunyodagi eng yirik tog‘ muzliklaridan biri Fedchenko muzligida (muzlik uzunligi 
    77,8 km, eni 1500–3000 m., maydoni 907 km, qalinligi 700–1000 metr) chuchuk suv 
    zaxirasi 250 milliard m
    3
    ga tengdir. Keyingi yillarda xo‘jalik ehtiyojlari uchun yer osti 
    suvlaridan tobora ko‘proq foydalanilmoqda. Yer osti suvlari Rossiya, Qozog‘iston va 
    O‘rta Osiyo respublikalarida, ayniqsa, ko‘p. 
    Mutaxassislarning fikricha, sanoqli yillardan so‘ng “qora oltin” e’tibordan 
    chetda qolib, jahon bozorida yetakchi o‘rinni oddiygina chuchuk suv egallaydi. 
    Hozirning o‘zida 2,0 mlrd. dan ortiq aholi chuchuk suv yetishmasligi sharoitida 


    12 
    yashamoqda. 2025 yilga kelib, ularning soni 3 mlrd.dan ortishi, namlik 
    yetishmasligidan esa, yer sayyorasining 40% aholisi aziyat chekishi mumkinligi 
    ta’kidlanmoqda
    1

    Dunyo mamlakatlari aholisi sonining ko‘payishi xuddi shu sur’atda bo‘lsa, suv 
    resurslariga bo‘lgan talabning yildan–yilga ortib borishi aniqdir. O‘zbekiston ehtiyoji 
    uchun yiliga o‘rtacha qancha miqdorda suv zarur bo‘ladi? Ushbu savolga javob berish 
    uchun O‘zbekistonda suv resurslaridan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida foydalanish 
    to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilamiz. 
    Suvning inson hayotida qay darajada ahamiyatli ekanligini quyidagi oddiygina 
    misollar orqali ko‘rishimiz mumkin. Masalan, rivojlanayotgan davlatlarda chuchuk 
    suv zahirasining 70–90%i qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda foydalaniladi. 
    Sholining har 1 kg ni yetishtirish uchun 3000 l suv talab qilinadi. 
    Qayd etish lozimki, yiliga bir kishi o‘rta miqdorda 58 kg guruch iste’mol qiladi. 
    400 grammli non mahsuloti ishlab chiqarishga ketadigan bug‘doyni yetishtirish uchun 
    550 l, rivojlanayotgan davlatlarda 100 gramm go‘sht mahsulotini tayyorlash uchun 
    1500 l, rivojlangan davlatlarda esa, 7000 l suv kerak bo‘ladi. 
    Respublikada iste’mol qilinayotgan suv miqdorining 95% daryo va soylardan 
    olinadi. Suvni is’temolchilarga o‘z vaqtida va kerakli miqdorda yetkazib berish 
    maqsadida ko‘plab kanal va zovur, doimiy nasos stansiyalari qurilgan.
    Respublikamiz qishloq xo‘jaligi sug‘orma dehqonchilikga asoslangan. Suv
    xo‘jaligida umumiy suv sarfi sekundiga 2500 kub metrdan ortiq bo‘lgan 75 yirik 
    kanal, umumiy hajmi 18,6 kubmetr bo‘lgan 53 suv va 32, 4 ming kilometr xo‘jaliklar 
    aro kanallar, 4889 ta nasos agregatlari, 1479 ta doimiy nasos stansiyalari, 10180 ta tik 
    drenaj va suv chiqish quduqlari, 30,4 ming kilometr xo‘jaliklararo kollektorlar bor
    2

    Suv inshootlarini ishlatish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bilan bog‘liq 
    bo‘lgan barcha ishlarni O‘zbekiston Respublikasi suv va qishloq xo‘jaligi vazirligi va 
    uning joylardagi tashkilotlari bajaradi. Aholining dunyo miqyosida yildan–yil ortib 
    borishi yangidan–yangi, ilgari bo‘lmagan muammolarni yuzaga keltirmoqda. Ana 
    1
    Il`yasov A.S., Xo'jjiev S.O., Jumaboyev B.Y., Bakayev X.YU. Oqova suvlardagi ksenobiotiklarning tirik 
    organizmlarga ta'siri va ularni yuksak suv o'simliklari bilan tozalash/ Tavsiyalar.- Navoiy: NavDPI, 2008.– 16 b 
    2
    Ergashev S. A., Otaboyev Sh., Sharipov R. Suvning inson hayotidagi ekologik mohiyati. T.: Fan, 2009. 


    13 
    shunday dolzarb muammolardan yana biri ichimlik suv masalasidir. Masalaga yuzaki 
    qaraganda sayyoramizda suv behisob cheksiz–chegarasizdek bo‘lib ko‘rinadi. Lekin, 
    aslida unday emas. Agar jahondagi barcha suv zahiralari 1500 million kub km bo‘lsa, 
    uning 94 foizi okean, dengiz suvlaridir. Suv zahiralarining faqat 6 foizi esa, yer osti 
    suvlari va muzliklaridir. Jahondagi ichishga yaroqli suvlar esa, barcha suv 
    zahiralarining faqat 0,0221 foizini tashkil etadi, ko‘rinib turganidek, ichimlik suv 
    masalasi dunyodagi eng og‘ir muammolardan biri sifatida kun tartibida turibdi.
    Hududimizdagi daryolar, kanallar, suv omborlari va hatto yer osti suvlari ham 
    inson faoliyati ta’siriga uchramoqda. Sug‘oriladigan hududlarda suv tabiatning 
    bebaho in’omidir. Butun hayot suv bilan bog‘liq. Zotan suv tugagan joyda hayot ham 
    tugaydi. Shunday bo‘lsada Markaziy Osiyoda suv zahiralari juda cheklangan. Yiliga 
    78 kub kilometr suv keltiradigan Amudaryo va 36 kub kilometr keltiradigan Sirdaryo 
    asosiy suv manbalaridir.
    Suv zahiralarining kamayib ketishi va havzalardagi suvning sifati tobora 
    yomonlashib borishiga mintaqamizda 60–yillardan boshlab yangi yerlarning keng 
    ko‘lamda o‘zlashtirilishi, sanoat, chorvachilik komplekslarining rivojlantirilishi, 
    kollektor zovur tizimlari qurilishi hamda urbanizatsiya kuchayishi o‘zining salbiy 
    ta’sirini o‘tkazdi.

    Download 1,91 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 1,91 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi

    Download 1,91 Mb.
    Pdf ko'rish