Sh. A. Saipnazarov biznes matematika




Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/73
Sana11.07.2024
Hajmi3,82 Mb.
#267361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
Biznes matematika

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish 
Biznes matematika – predmeti iqtisodiy ob‟ektlar va jarayonlarning 
matematik modellari va ularni tadqiq qilish metodlari bo„lgan nazariy va amaliy 
fan. 
Matematik fanlarning kelib chiqishi, shubhasiz, iqtisodiy ehtiyojlari bilan 
bog„liq bo„lganligini yaxshi tushunamiz. 
Ishlab chiqarishning taraqqiyoti va murakkablashishi bilan iqtisodning 
matematik hisoblashlarga bo„lgan ehtiyoji ortib bordi. Hozirgi ishlab chiqarish – 
ko„plab korxonalarning qat‟iy muvozanatga solingan faoliyatidan iboratki, u 
behisob matematik masalalarni yechish bilan ta‟minlanadi. 
Bu ish bilan iqtisodchilar, dasturchilar va ko„p sondagi buxgalterlar 
mashg„ul, minglab elektron hisoblash mashinalari esa hisob – kitoblar bilan band. 
Bunday masalalar qatoriga ishlab chiqarish rejasini tuzish ham, qurilish 
ob‟ektlarining optimal joylashuvini aniqlash ham, moliyaviy operatsiyalarning 
samaradorligini baholash ham kiradi. Biznes matematika, shuningdek, avvaldan 
ma‟lum iqtisodiy hodisalarning aniqlashtirilgan matematik tavsifi, iqtisodiy hisob 
– kitoblardan turli gipotezalarning tahlili, ularni ifodalovchi matematik 
munosabatlar bilan ham shug„ullanadi. 
Biznes matematikaning taraqqiyoti “matematik dasturlash” degan umumiy 
nom bilan birlashtiriluvchi bir necha matematika sohalari paydo bo„lishiga turtki 
bo„ldi. 
Biz biznes matematikani ikki qismga bo„lib o„rganamiz. Birinchi qismda 
“matematik dasturlashning” ba‟zi elementlarini, ikkinchi qismda esa “moliya 
matematikasi” elementlarini o„rganamiz. 




Download 3,82 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish