1.7 – rasm. Avtomatik tizimning fuknsional sxemasi.
Bunda x(t) – axborot manbaidan kelayotgan kirish signali, z(t) – BQ ishlab
chiqqan boshqaruvchi ta’sir, u(t) – chiqish signali.
Avtomatik tizim ochiq va yopiq bo’lishi mumkin. Ochiq AT yuqorida
ko’rilgan funksional sxema bo’la oladi.
Boshqaruv – bu ma’lum maqsadlarning erishuviga olib keladigan jarayonni
tashkil qilishdir.
Boshqacha aytganda boshqaruv – u yoki bu jarayonni tashkil qilish
natijasida ma’lum maqsadlarga erishishni ta’minlashdir.
Avtomatika,
elektronika
va
hisoblash
texnikasining
rivojlanishi
avtomatikaning inson faoliyatining barcha soxalariga kirib kelishiga olib keldi.
Avtomatika va avtomatlashtirish butun texnika rivojlanishining asosiy yo’nalishi
bo’lib kolmokda.
Hozirgi zamonda sanoatning rivojlanishini ishlab chiqarish jarayonlarining
mexanizasiyalashtirilgani va avtomatlashtirilganligi bilan tavsiflanadi.
Mexanizasiya– bu qo’l mehnati vositalarini mashina va mexanizmlar bilan
almashtirishdan iborat. Bunda inson og’ir va jismoniy mehnatdan ozod bo’ladi. U
faqat mashina va mexanizmlar ishini nazorat qiladi, xolos.
Avtomatizasiya – bu boshqaruv jarayonlaridagi inson mehnatini avtomatik
qurilma va asboblar bilan almashtirishdir.
Insonning bevosita aralashuvisiz boshqaruv vazifalarini bajaruvchi texnik
qurilmalar avtomatik qurilmalardeb ataladi.
x(t) z(t) y(t)
Axborot manbai
BO
BQ
28
Avtomatika– bu ilm va texnika yo’nalishi bo’lib, inson ishtirokisiz o’z
funksiyasini bajaruvchi qurilma, vosita va moslamalar yaratish bilan shug’ullanadi
va bunga tegishli boshqaruvning nazariya va amaliyotini yaratadi. Rostlanishi
zarur bolgan texnologik parametr, ya’ni miqdori va qiymati bir me’yorda ushlanib
turiluvchi yoki ma lum dastur bo’yicha o’zgartiriluvchi parametr rostlanuvchi
qiymatyoki rostlanuvchi parametr deb yuritiladi. Texnologik jarayon yoki
texnologik jihozning parametrlari rostlanadigan bo’lsa, ular rostlov obektlari (RO)
deb Yuritiladi.
Rostlov (boshqariluv) obekti va boshqaruv qurilmasi birgalikda o’zaro
aloqada bo’lib, avtomatik boshqaruv yoki avtomatik rostlash tizimini tashkil qiladi.
Avtomatik boshqaruv tizimi (ABT) – maxsus qurilmalar yordamida,
tashqaridan ta’sir ko’rsatmagan holda, ma’lum bir berilgan qonuniyat bo’yicha
boshqaruv obektida ro’y beruvchi jarayonlarni tavsiflovchi bir yoki bir nechta
parametrlarni boshqaradi.
Avtomatik rostlov tizimi (ART) – maxsus regulyator yoki reguyatorlar
yordamida tashqi ta’sirsiz, rostlovchi obektda ro’y beruvchi jarayonlarni
tavsiflovchi bir yoki bir nechta fizik qiymatlami mo’tadil, o’zgarmas qiymatda
ushlab turadi. Agar avtomotik rostlov tizimida g’alayonlovchi ta’sir bo’lib, uni
yo’qotishlik yoki ma’lum bir ruxsat etiluvchi ta’sirga keltirish talab etiladigan
bo’lsa, avtomatik boshqaruv tizimi berilgan signalni ma’lum bir qonuniyat bilan
o’zgartirib, kerakli aniqlik bilan bajarishi zarur. Binobarin, avtomatik boshqaruv
vazifasiga boshqaruv ta’sirini yaratish, eng yaxshi rejimni avtomatik ravishda
tanlash, avtomatik boshqaruvda o’zini o’zi sozlash va boshqalar kiradi. Avtomatik
rostlash avtomatik boshqaruvning xususiy holi hisoblanadi.
Hozirgi
paytda
ishlab
chiqarishning
alohida
oddiy
sohalarini
avtomatlashtiribgina qolmay, balki ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarish
jarayonini kompleks avtomatlashtirishga o’tilgan. Har xil avtomatik ishlab
chiqarish liniyalari, xatto yirik avtomatik ishlab chiqarish korxonasilar barpo
etilmoqda.
29
Shunday qilib, avtomatik tizim Boshqaruv Ob’ekti (BO) va Boshqaruv
Tizim (BT) idan tashkil topgan.
BT boshqaruv maqsadi va boshqaruv natijalari xaqidagi ma’lumotlar
manbaini, tizimga kiritilayotgan ma’lumotlarni analiz qiluvchi va boshqaruvchi
buyruqlar ishlab chiqaruvchi qurilma hamda boshqariladigan ishchi qurilmaga
buyruqlarni yetkazuvchi qurilmalarni o’z ichiga oladi.
Ma’lumotlar manbai bo’lib boshqaruv maqsadi hamda boshqaruv
ob’ektining xatti-harakatlarini harakterlovchi turli fizik kattaliklarni o’lchash
asboblari hizmat kiladi. Avtomatik boshqariladigan raketa bunga yaqqol misol
bo’lib, nishon va raketaning o’zaro holatlarini aniqlovchi lokator asosiy
ma’lumotlar manbai hisoblanadi.
Bu sxemadan ko’rinadiki, avtomatik tizimlar turli funksiyalarni bajaruvchi
bir necha elementlar yig’indisidan tashkil topadi. Avtomatik boshqaruv qurilma
(ABQ)lari odatda quyidagi elementlardan tashkil topadi:
1) Ko’pincha sezgir elementlar deb yuritiladigan turli fizik kattaliklarni o’lchovchi
qurilmalar (bu qurilmalar BT ga boshqaruv vazifalari va natijalari haqidagi
ma’lumotlarni berib turadi).
2) Funksional qayta ishlovchilar yoki hisoblash qurilmalari. Bu qurilmalar
boshqaruv parametrlarini aniqlash yoki ma’lumotlarni mukammalrok taxlil qilish
va boshqaruv signallari ishlab chiqarish ishlarini bajaradi.
3) Bajaruvchi qurilmalar. Bu qurilmalar ob’ektni bevosita boshqaradi. Tizim
qanchalik murakkab bo’lib borsa, tashkil etuvchilar soni qanchalik ortib borsa,
tizimning ishonchliligi shunchalik kamayib boradi, chunki har bir elementning
ishdan chiqib qolishi tizimning normal ishini to’xtatib qo’yadi.
Murakkab BT larining normal ishlashini ta’minlash uchun tizimni tashkil
etuvchi har bir element holatini nazorat qilib turish maqsadga muvofiqdir. Tizim
elementlarining holatlarini nazorat qiladigan va zarur hollarda nosozlik to’g’risida
ma’lumot signali beradigan o’lchagichlar, nazorat qiluvchi qurilmalar ichki nazorat
elementlari deyiladi. Bunday nazorat avtomatik BT ning sifatini va ishonchliligini
oshiradi.
|