33
Avtomatik rostlash sistemalarining statik va dinamik xossalari ulardagi
tarkibiy elementlarning harakteristikalari orqali aniqlanadi.
Element yoki sistemaning statik harakteristikasi deb o’rnatilgan rejim
jarayonidagi chiqish va kirish parametrlarining nisbatiga aytiladi.
Bu nisbat
analitik yoki grafik metod bilan ifodalanadi va hisoblash yoki tajriba usullari bilan
aniqlanadi.
Chiziqli va chiziqli bo’lmagan tizimlarning statik harakteristikalari mavjud
bo’lib ular chiziqli tenglamalar orqali to’g’ri chiziq bilan tasvirlansa, ular
tizimning
chiziqli statik harakteristika hisoblanadi. Chiziqli statikaga ega bo’lgan
element (yoki sistema)
chiziqli element (yoki sistema) deyiladi. Agar o’rnatilgan
ish rejimida zvenoning tavsifi chiziqli bo’lmagan tenglama orqali berilsa va
harakteristikasi egri yoki siniq chiziqlar bilan tasvirlansa,
bu zveno chiziqli
bo’lmagan harakteristikaga ega bo’ladi. Tizimni ishlash davrida hosil bo’ladigan
lyuft va quruq ishqalanishlar uni statik harakteristikalarini chiziqli bo’lmagan
ko’rinishga olib keladi. Bu o’z navbatida chiziqli bo’lmagan avtomatik
sistemalarni hisoblashni murakkablashtiradi.
Sistemaning statik harakteristikasini analitik usulda aniqlashda uning
turg’unlik holati uchun energetik va moddiy balans tenglamalari to’zi ladi. Balans
tenglamalaridan noma’lum kattaliklar topilib, ARS dagi rostlanuvchi ob’ekt yoki
zvenoning chiqish va kirish parametrlarining nisbati aniqlanadi.
Ob’ektning statik harakteristikasini tajriba orqali aniqlashning aktiv va
passiv usullari mavjud.
Aktiv usulda modda yoki energiya’ni ob’ektga
uzatuvchi
liniyada o’rnatilgan ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organi yordamida
ob’ektning bir necha muvozanat holati birin-ketin o’rnatiladi, bunda kattalikning
kirish qiymati har hil bo’lib, tegishli chiqish koordinatalari o’lchanadi. Olingan
ma’lumotlarga ko’ra to’zi lgan grafikdan ob’ektning kuchayish koeffisienti
aniqlanadi. Ob’ektning
chiqish kattaligi, odatda, bir necha kirish kattaliklariga
bog’liq, bu holda statik harakteristikalar to’plami har bir kanal bo’yicha aniqlanadi.
Statik harakteristikani eksperimental aniqlashning
passiv usuli ehtimollik
nazariyasi va matematik statistikaga asoslangan. Bu usulni qo’llab, ob’ektlarning
34
normal ekspluatasiyasi sharoitlarida kirish va chiqish kattaliklarining o’zgarishi
haqida juda ko’p ma’lumotlar to’planadi. Statistik material tegishli algoritmlar
bo’yicha ishlanadi. Bu sermehnat masala bo’lib markazlashtirilgan kontrolning
informasion sistemasi yoki EDM yordamida yechilishi mumkin.
ARS ning faqat statik harakteristikasini bilishning o’zi
kamlik qiladi, uning
dinamik harakteristikasini ham bilish zarur.
Element yoki sistemaning
dinamik harakteristikasi deb, vaqt o’tishi bilan
chiqish kattaligining o’zgarishi o’rnatilgan rejimda bo’zi
lish davridagi kirish
kattaligining o’zgarishiga bog’liqligigi tushiniladi. Kirish kattaligining o’zgarishi
turlicha bo’lishi rostlanuvchi ob’ektning dinamik harakteristikalarini ifodalovchi
grafiklarniham turlicha bo’lishiga odib keladi.
Element va sistemalarning dinamik harakteristikalarini solishtirish
maqsadida
kirish
kattaliklari
o’zgarishining
namunali
qonunlaridan
foydalaniladi.Tizimlarni dinamik harakteristikalari
analitik usullar bilan ham
aniqlanadi. Dinamik hususiyatlar analitik ravishda differensial
tenglamalar orqali
tavsiflanadi. Agar sistema yoki bir zvenoning harakati mustaqil o’zgaruvchilarning
yakuniy miqdorda borliq bo’lsa, u
parametrlari mujassamlangan ob’ekt bo’ladi.
Bunday
ob’ektlarning erkinlik darajasi miqdori sistemaning mustaqil
o’zgaruvchilari miqdoriga teng. Bu sistemalarning dinamik hususiyatlari tavsifi
to’liq hosilali tenglamalar orqali beriladi.