• O’tish jarayonlari.
  • Boshqarish tizimlarining matematik tasnifi




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/88
    Sana31.01.2024
    Hajmi8,74 Mb.
    #149272
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   88
    Bog'liq
    AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK

    Boshqarish tizimlarining matematik tasnifi. 
    Odatda BO da va BT elementlarida turli harakatlantiruChi kuchlar 
    (vozmuщeniya) mavjud bo’ladi. Tashqi harakatlantiruvChi kuchlar kirish 
    o’zgaruvChilari, kirish funksiyalari yoki kirish signallari deyiladi. 
    1.8 –rasm. Avtomatik tizim. 
    1.9 – rasm. Boshqaruv tizimining matematik ko’rinishi. 
    Ko’pincha boshqaruvvazifalari haqida ma’lumot beruvchi turli o’lchov 
    asboblarining signallari ABT da kirish o’zgaruvchisi bo’lib keladi. ABTmutloq 
    aniq hollarda boshqaruv vazifalari haqida signal beruvchi o’lchov asboblaridan BT 
    ga kiritilgan signallar avtomatik tizimning foydali kirish signallari deyiladi. 
    Yuqorida aytilgan muloxazalardan EHM larning zamonaviy avtomatikadagi 
    roli yaqqol ko’rinadi. Murakkab boshqaruv tizimlarini, ayniqsa ko’p sonli 
    ob’ektlarni, yoki turli murakkab jarayonlarni boshqarishga mo’ljallangan 
    boshqaruv tizimlarini tezkor hisoblash mashinalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. 
    SHuning uchun ham bugungi kunda avtomatikaning taraqqiyoti bilan uzviy 
    bog’langan. Avtomatikada hisoblash texnikasidan murakkab avtomatik 
    X
    Y
    X
    Y
    Boshqaruv 
    maqsadi 
    haqidagi 
    ma’lumotlar 
    manbai
    Ma’lumotlarn
    i qayta ishlash 
    qurilmasi. 
    (EHM)
    Bajaruvchi 
    qurilma
    Boshqaruv 
    ob’ekti
    Boshqaruv 
    natijalari 
    haqidagi 
    ma’lumotlar 
    manbai 


    31 
    tizimlarning bosh elementlaridan biri sifatida, qolaversa turli avtomatik tizimlarni 
    ishlab chiqish va ularda olingan natijalarni qayta ishlash maqsadida foydalaniladi. 
    O’tish jarayonlari. 
    Agar sistemaga ta’sir etuvchi g’alayonlanishlar bo’lmasa va rostlanuvchi 
    kattalikning hozirgi hamda berilgan qiymatlari teng bo’lsa, rostlash sistemasi 
    muvozanat holatda bo’ladi. G’alayonlovchi ta’sirlar esa sistemani muvozanat 
    holatdan chiqaradi. yopiq, chetga chiqishlar prinsipi bo’yicha ishlaydigan 
    avtomatik rostlash sistemasilarda avtomat rostlagich sezadigan tengsizlik paydo 
    bo’ladi. Avtomat rostlagich rostlanuvchi ob’ektga nisbatan rostlovchining ta’sirini 
    ishlab chiqaradi, bu esa o’z navbatida modda yoki energiya sarfining o’zgarishiga 
    olib keladi. O’zgarish ma’lum vaqt davomida sodir bo’ladi, bu vaqt rostlash vaqti 
    deyiladi. Rostlanuvchi kattalikning vaqt mobaynida o’zgarishi o’tish jarayoni 
    bo’lib, uning grafigi rostlash jarayonining egri chizig’i deyiladi. O’tish 
    jarayonining shakli rostlash sifatining asosiy ko’rsatkichlaridan biridir. 
    Rostlanuvchi kattalikning chetga chiqishlarsiz kamayib tebranishlarsiz, ravon 
    o’tadigan egri chizig’i davriy bo’lmagan turg’un jarayonga xos bo’lib, odatda 
    bunday xollarda rostlash jarayoni sekin o’tadi. Rostlanuvchi kattalikning qiymati 
    berilgan qiymatidan ancha chetga chiqsa bu xol o’tish jarayonining bunday 
    ishlashini maqsadga muvofiq emasligini ko’rsatadi. So’ngra avtomatik rostlash 
    sistemasi harakatining tezligi oshirilsa, uning turg’unligi kamayadi, chunki 
    signallarning sistemadan o’tishida kechikishi va tarkibiy elementlar dinamik 
    hususiyatlarining nomuvofiqligi ko’zatiladi. 
    Agar rostlanuvchi kattalikning chetga chiqish amplitudasi nol
    :
    gacha 
    kamaytirilsa, uning egri chizig’i so’nuvchi tebranishli jarayonga tegishli bo’ladi. 
    O’tish jarayonining bunday shakli qulaydir. Bu holda rostlash vaqti kam va 
    rostlanuvchi kattalikning chetga chiqish amplitudasi kichik bo’ladi. Agar sistema 
    harakati yanada tezlashtirilsa, o’tish jarayoni so’nmas tebranishli jarayon shakliga 
    kirishi mumkin. Unda sistema hech qachon muvozanat holatiga kelmaydi, 
    o’lchanayotgan kattalik esa doim berilgan qiymat atrofida tebranib turadi. 
    Avtomatik rostlash sistemalarining vazifasi rostlanuvchi kattalikning chetga 


    32 
    chiqishini yo’qotishdan iboratligini e’tiborga olinsa, yoyiluvchi tebranishlar hosil 
    bo’lishiga yo’l qo’yish mumkin emasligi ma’lum bo’ladi. Bunda chetga chiqish 
    amplitudasi vaqt o’tishi bilan oshib boradi. 

    Download 8,74 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   88




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqarish tizimlarining matematik tasnifi

    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish