190
ISSN 2181-8274
4-son, 2023-yil
Ta’lim, fan va innovatsiya
sa, ularning komil inson tarbiyasiga oid fikrlari kundalik
hayotimizdan oʻrin olmadi. Yaqin vaqtlargacha axloqiy
tarbiyaning maqsad va vazifalari, xususan, milliy oʻzlik-
ni anglash, milliy gʻurur, eʼtiqod kabi maʼnaviy-axloqiy
qadriyatlarimiz siqib chiqarilib, xalqimizga tamomila yot
boʻlgan kommunistik mafkura manfaatlariga boʻysindi-
rilib kelingan edi. Mustaqillikning dastlabki davridanoq
Birinchi Prezident I.Karimov ajdodlarimizning maʼnaviy
merosini chuqur oʻrganish va xalqimizga yetkazish masa-
lalariga katta eʼtibor qaratdilar.
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta
yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasida Yangi
Oʻzbekistonni barpo etish
va Uchinchi Renessans poy-
devorini yaratishdek buyuk vazifalar strategik maqsad
qilib qoʻyildi. Oʻzbekiston zamini qadimda ikki buyuk
uygʻonish davriga — Birinchi (maʼrifiy — IX-XII asrlar)
va Ikkinchi (Temuriylar — XIV-XVI asrlar) Renessansiga
beshik boʻlgan.
“Renessans” soʻzi fransuzcha “Renaissonce”, italyan-
cha “Rinascimento” — qayta yuzaga kelmoq, yangidan
tugʻilmoq, qayta tirilish, uygʻonish degan maʼnolarni an-
glatadi.
Akademik A.Saidov Renessans davrlarini tahlil qilar
ekan, Birinchi Sharq Uygʻonish davri — IX-XII asrlarda
mintaqamizda yuz bergan “Maʼrifiy Renessans”, Ikkinchi
Renessans — XIV-XVI asrlar eʼtirof etilib Temuriylar davri-
ga toʻgʻri keladi. Shu bois tarixda Ikkinchi Sharq Uygʻonish
davri “Temuriylar Renessansi” deb yuritiladi [2].
Ilk uygʻonish davrining oʻziga xos xususiyati shaxs
kamolotini taʼminlashga oid sharqona taʼlimotning vu-
judga kelganligidadir. Bu davrda yashab ijod etgan Muso
al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy,
Ahmad Fargʻoniy, Abu Ali
ibn Sino, Yusuf Xos Hojib,
Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Mahmud Qoshgʻariy kabi
qomusiy allomalr merosi jahon ilm-fan rivojiga ulkan
hissa boʻlib qoʻshildi va oʻzlarining bebaho durdona asar-
larida taʼlim-tarbiyaga doir qarashlarni ilgari surganlar va
fanlarning keyingi rivojiga ilk sharoitni yaratdilar.
Yuqorida nomlari keltirilgan allomalar Sharq xalqlar-
ining oʻziga xos taʼlim-tarbiya maktabi asoschilari boʻl-
ganlar hamda oʻzlaridan keyingi davr maʼrifatparvarla-
rining bu sohadagi ilgʻor gʻoyalari shakllanishiga katta
taʼsir koʻrsatdilar. Mutafakkirlarimizning ilmiy merosi-
da insonning aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik takomili
masalalariga katta eʼtibor berganlar. Shuning uchun ham
Sharq mutafakkirlarining maʼnaviy merosini oʻrganishda
ulardan ayrimlarining taʼlim-tarbiya sohasidagi qarashlar-
iga toʻxtalib oʻtishimiz oʻrinli.
Muso al-Xorazmiy insonning kamolga yetishi va in-
soniy munosabatlarda ilm-fanning muhim ahamiyati
gʻoyasini ilgari surgan holda pedagogik fikr taraqqiyoti-
da munosib oʻrin egallaydi. Bu fikrni al-Xorazmiyning
ilmiy merosi yuzasidan tadqiqot olib borgan olimlar —
A.Ahmedov, S.Nishonova, F.Babashev, S.Hasanov va
boshqalar ham taʼkidlaydilar.
Ayniqsa, u matematika sohasida yangilik yaratgan
nazariyotchi hamda pedagog-uslubiyotchi olim sifatida
tarixda qolgan. Qomusiy olim matematika fani bilan birga
falakiyot, jugʻrofiya va tarix fanlari bilan ham shugʻullan-
gan. Olimning “Kitob surat al-arz” (“Yer surati”), “Kitob
at-tarix” va boshqa asarlarining fan va maʼrifiy pedagogik
tafakkur tarixida tutgan oʻrni kattadir. Uning asarlari
Sharq va Gʻarb olimlari uchun tekshirish-kuzatish ishla-
rini olib borishda muhim qoʻllanma boʻlib xizmat qiladi
[6, 91].
Uning didaktik qarashlarini pedagog olim B.Xodjayev
quyidagicha tasniflaydi:
– Muso al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa
qoʻshdi. U birinchilardan boʻlib induksiya, deduksiya, si-
nov-kuzatish va
sinov metodlariga asos soldi;
– birinchi boʻlib insonlar oʻrtasidagi munosabatlarni
matematik shakllarda ifodaladi;
– hindlarning oʻnlik raqamlari Xorazmiy tufayli “Arab
raqamlari” nomi bilan butun dunyoga yoyildi;
– Xorazmiy hindlarning falakiyot jadvallarini tahlil
etib, “Xorazmiy ziji” nomi bilan mashhur astronomik jad-
vallar tuzdi [11, 204].
Shaxsning bilish faoliyati va uni rivojlantirish nazari-
yasiga alohida hissa qoʻshgan mutafakkirlardan biri Abu
Nasr Forobiy (873-950)dir. Allomaning inson kamoloti
haqidagi taʼlimoti taʼlim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga
egadir. Mashhur yunon faylasufi Arastudan keyin Sharq da
oʻz bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan
Forobiyni ulugʻ mutafakkir — “Muallimi soniy” —“Ik-
kinchi muallim” deb ataydilar [7, 80]. Abu Nasr Forobi-
yning asarlari “Baxt-saodatga erishuv toʻgʻrisida”, “Fozil
odamlar shahri”, “Aql maʼnolari haqida”, “Shaharlarni
oʻrganish haqida” va boshqalar.
Forobiy taʼlim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat ta-
lablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat
qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Forobiy taʼlim-tarbiyaga birinchi marta taʼrif bergan olim
sanaladi. Taʼlim — insonga oʻqitish, tushuntirish asosida
nazariy bilim berish; tarbiya — muayyan hunarni egallash
uchun zarur boʻlgan axloq normalari va amaliy malakalar-
ni oʻrgatishdir, deydi olim [9, 156].
Forobiy oʻz didaktik qarashlarida shaxs fazilatlarini
ikki guruhga ajratib koʻrsatgan. Ular: tugʻma va insonning
hayotiy faoliyati davomida shakllanadigan fazilatlari.
Forobiyning fikricha, tugʻma fazilatlarga insonning oʻta
oʻtkir zehnliligi, biror narsani bilishga oʻta qobiliyatliligi
kiradi. Asosiy axloqiy fazilatlarni shaxs hayotiy faoliyati
davomida egallaydi. Yuksak aql-zakovat egasi boʻlgan in-
sonlar ham taʼlim-tarbiyaga ehtiyoj sezadilar. Taʼlim-tar-
biya jarayonida ularning bilish imkoniyati kengayadi
degan gʻoyani ilgari suradi. Bunday insonlarning bilish
layoqatlarini taʼlim-tarbiya jarayonida kengaytirib, ularni
faollashtirishga erishish lozim deya uqtiradi mutaffakkir
[3, 289-290]. Forobiy musiqani inson aql-zakovatini rivo-
jlantiruvchi omillardan biri sifatida eʼtirof etgan.
191
ISSN 2181-8274
4-son, 2023-yil
Ta’lim, fan va innovatsiya
Forobiyning fikricha, taʼlim-tarbiya insonni ham aqliy,
ham axloqiy tomondan yetuk, mukammal qilib yetishtir-
ishga qaratilmogʻi, taʼlim tarbiyaning asosiy vazifasi —
mehnat talablariga javob bera oladigan va uning farovon-
ligi uchun kurashadigan insonni voyaga yetkazishdan ibo-
rat boʻlmogʻi lozim. Forobiy taʼlimotida mehnat tarbiyasi
mehnatsevar, insonparvar, aqlli va fazilatli insonni tarbi-
yalashning eng muhim shartlaridan biri boʻlib, axloqiy
tarbiya bilan uzviy bogʻliq. U mehnatni, mehnat natijalar-
ini qadrlaydigan, pok va halol, sof vijdonli, mehnatsevar,
barcha maʼnaviy fazilatlarni oʻzida mujassamlashtirgan
insonlarni qoʻllab-quvvatlaydi. Ularning hayoti davomida
sogʻlom turmush kechirishiga ishonadi [8, 102].
Abu Nasr Forobiy oʻz davridayoq pedagogika fani-
ning vazifalarini ajratib koʻrsatgan edi. U taʼlim-tarbi-
yaning metodlari, usullari va vositalarini aniqlab, nazariy
jihatdan tavsiflagan. Forobiy tomonidan taʼlim-tarbiya-
da ragʻbatlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlari
koʻrsatib oʻtilgan. Mutafakkir ilgari surgan taʼlim-tarbiya
usullari bugungi kunda ham taʼlim tizimi uchun alohida
ahamiyatga ega.
Beruniy sogʻlom avlodni rivojlantirishni butun bor-
liq, koinot bilan bogʻliq holda oʻrganishni tavsiya etadi.
U “toʻgʻrilik va haqiqat”, “yaxshilik va yomonlik”, “rost-
goʻylik va yolgʻonchilik”, “faxrlanish va gʻamginlik”,
“gʻazab va ilmsizlik”, “halollik va harom”, “doʻstlik va
dushmanlik” kabi axloqiy kategoriyalarni kishilarning
tabiati bilan bogʻlaydi, taqvodorlik, toʻgʻrilik, oʻzini
saqlash, dindorlik, odillik, insoniy kamtarlik, latofat, so-
bitqadamlik, ehtiyotkorlik, saxiylik, muloyimlik, siyosat
va boshqarish ishlarida bilimdonlik, tadbirkorlik, toʻgʻri
taxmin qila bilish sifatlari haqida ham toʻxtalib oʻtadi.
Shuningdek, koʻpgina xalqlarning urf-odatlarini, turmush
tarzini chuqur tahlil etadi [4, 28-29].
Beruniy oʻz ijodida taʼlim-tarbiya amaliyotida ax-
loq-odob, tarbiya masalalariga ham katta eʼtibor bergan
va bu sohaga oid qimmatli fikrlar bildirib,
yoshlar tar-
biyasida hozirgacha foydalanib kelinayotgan usullar-
ga zamin yaratgan. Mutafakkir tarbiya oldidagi birinchi
vazifa oʻzidan tashqari butun jamoatchilikka xizmat qila
oladigan shaxsni tarbiyalashdan iborat, deb hisoblaydi.
Oilaga asosiy tarbiya maskani sifatida qaragan mutafak-
kir bu jarayonda tarbiyalovchi shaxslar obroʻsini, ayniqsa,
yuksak baholaydi va unga komil inson shakllanishining
birlamchi sababchisi sifatida qaraydi.
Butun dunyoga mashhur va maʼlum Abu Ali ibn Sino
ham boshqa mutafakkirlar kabi oʻzining taʼlim-tarbiyaga
oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bogʻla-
gan holda ifodalagan yoki maxsus risolalarda talqin etgan.
Abu Ali ibn Sino ham yoshlarning mantiqiy tafakkuri-
ni rivojlantirish, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish
kerakligi haqidagi fikrlarni ilgari surgan. U guruhda oʻqi-
tishga oid qimmatli fikrlarni ilgari surgan. Chunki guruh
aʼzolari bilim olish jarayonida oʻzaro hamkorlikka kirish-
adilar. Natijada ularning bilish imkoniyatlari kengayadi.
Taʼlim oluvchilar oʻrtasida sogʻlom raqobat, muvaf-
faqiyatlardan qoniqish hissini shakllantirish ham ularda
oʻquv-bilish faoliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat-
ga egaligini taʼkidlaydi. Oʻzaro muloqot jarayonida taʼlim
oluvchilarning soʻz boyligi, mustaqil fikrlash faoliyati va
shaxslararo munosabatga kirishish imkoniyatlari kengay-
ishini ham mutafakkir alohida koʻrsatib oʻtgan [10, 73].
Sharq Uygʻonish davrida maʼnaviy-maʼrifiy sohada
asosiy masala inson muammosi edi. Insoniylik, insonni
uluglash gʻoyasi taʼlim-tarbiyaga atalgan asarlarning aso-
siy oʻzagi sanalagan. Axloq masalasi faylasuflarning ham,
tarixchi-yu shoir hamda adiblarning ham birdek diqqat
markazida boʻldi. Taʼlimiy-axloqiy asarlar paydo boʻlib,
axloqning ham nazariy, ham amaliy masalalari tahlil etil-
di. Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig”, Kaykovusning
“Qobusnoma”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqo-
yiq” asarlari insonning maʼnaviy kamolga erishishi yuk-
sak axloqqa ega boʻlish, ilm-fanni
egallash asosidagina
amalga oshishi mumkin, degan gʻoya ilgari surildi.
Yusuf Xos Hojib oʻzining durdona asari “Qutadgʻu
bilig” orqali Sharqning axloqiy-taʼlimiy hamda badiiy
tafakkuri tarqqiyotiga qoʻshgan hissasi beqiyos. Mazkur
asar turkiy tildan tarjima qilinganda “Saodatga eltuvchi
bilim” deb nomlanib, pand-nasihat, taʼlim-tarbiya, yetuk
insonni tarbiyalash masalalariga oid yetuk didaktik asar-
dir. Yusuf Xos Hojib faylasuf qomusiy olim sifatida oʻz
asarida tibbiyot, tarix, geografiya, handasa, adabiyot, fala-
kiyot, riyozat, falsafa, fiqh va taʼlim-tarbiya sohalariga oid
fikrlarni bayon etadi
“Qutadgʻu bilig”da inson qadri bilimdonligida ekanli-
gi haqida bir hikmat mavjud: “Odamzod naslining ulugʻli-
gi-bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni yechish-
ga qodir. Oʻquv idrok va bilim egasi boʻlgan har qanday
odam sharaflidir: Bilimni buyuk bil, oʻquvni ulug, shu
ikkov ulugʻlar kishini tulug” [5, 15].
Alloma ilmsiz kishilarni johillar, maʼrifatsizlar qatori-
da sanaydi. Bu haqda shunday deydi:
Bilimsiz kishida kasallik boʻlar,
Kasal emlanmasa, yashamas, ular!
Kel-u kasalingni tuzatgin, nodon.
Bilimsiz tubandir, bilimdon shodon [5, 15].
Mutafakkirning uqtirishicha, jami yaramasliklar ilm-u
maʼrifat bilan poklanadi, tozalanadi. Tugun
tushgan har
bir ish ham ilm tufayli yechiladi, oʻz maromiga yetiladi.
Oʻquv-idrokli inson oʻngdan ham, soʻldan ham, yaʼni so-
dir boʻlgan hamma voqea-hodisalardan xabardor. Uning
qoʻli hamma joyga yetadi. Butun buzuq va yaroqsizliklar
u tufayli tozalanadi, but boʻladi. Oʻquvsiz kishi doimo
oʻkinch bilan yashaydi va gʻam-alamlarga chulgʻana-
di. Axir oʻquv-idrokdan ulush olmagan kishi tirik emas,
oʻlikdir deydi.
Hozirgi kunda ilmu maʼrifat orqali inson maʼnan
yuksaklikka erishishi va turli zararli odatlardan saqla-
nib, hartomonlama yetuk shaxs sifatida kamol topishligi
haqida kitoblarda, ommaviy axborot vositalarida va turli
192
ISSN 2181-8274
4-son, 2023-yil
Ta’lim, fan va innovatsiya
davralarda tez-tez gapiriladi. Yusuf Xos Hojib “Qutadgʻu
bilig” asari orqali ilm, bilim egallash baxt-saodatning ka-
liti ekanligini 1000 yil oldin ilmiy asoslab bera oldi.
Tadqiqotimizning mazkur qismiga yakun yasar ekan-
miz, tahlil etilayotgan davrdagi oʻrta asr Sharq mutafak-
kirlarining maʼnaviy merosida aks ettirilgan taʼlim-tarbi-
yaning shakl va usullari, oʻziga xos xususiyatlariga doir
quyidagi xulosalarga keldik:
1. Ilk uygʻonoish davrida Markaziy Osiyoda, ayniqsa,
Movarounnahrda madaniy-maʼnaviy hayot yuksak dara-
jada taraqqiy etdi. Ushbu taraqqiyot mintaqa hayotiga ijo-
biy taʼsir koʻrsatish bilan birga, keyingi davrlar ijtimoiy
va maʼnaviy hayotida ham muhim oʻrin tutdi.
2. Qomusiy allomalarimiz birgina fanni yoki birgina
sohani oʻrganish bilan cheklanib qolmasdan, bir necha
fanlarni oʻrganib ilmiy asarlar yozdilar. Mazkur asarlard-
agi gʻoyalardan bugungi kunda nafaqat yurtimiz ilm-fani
taraqqiyoti yoʻlidagi izlanishlarda balki, koʻplab rivojlan-
gan mamlakatlar olimlari tadqiqot ishlarida foydalanadilar.
3. Taʼlimda koʻrgazmalilik, amaliyot bilan bogʻliq-
lik, jamoa boʻlib oʻqish kabi hozirgi davr talablariga ham
javob beradigan usullar, sinf-dars tizimi aynan oʻrta asr
Sharq mutafakkirlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Fo-
robiy, Abu Ali ibn Sinolar tomonidan ilgari surilgan peda-
gogik gʻoyalar hozirgacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.
4. Ajdodlarimizning maʼnaviy merosi tarbiya nazari-
yasi taraqqiyotiga ham katta hissa qoʻshgan, uning keying
rivojiga zamin hozirlagan.
Xulosa qilib aytganda, taʼlim-tarbiya tarixini yanada
chuqurroq oʻrganish, bu sohaga oid darsliklar, oʻquv qoʻl-
lanmalari yaratish, ularning davr talablariga mos boʻlishini
taʼminlash pedagog-olimlarimiz oldida turgan asosiy vazi-
falardan biridir. Shuningdek, qomusiy allomalarimizning
maʼnaviy merosni chuqur va hartomonlama oʻrganish ham
ilmiy, ham amaliy jihatdan katta ahamiyatga egadir.