|
Шаҳарсозлик нормалари ва қоидалари
|
bet | 33/35 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,59 Mb. | | #248915 |
Bog'liq ShNQ-2.05.02-07 lotin3. Davlat ahamiyatidagi yo‘llarda uzunligi 300 m.dan kam bo‘lgan ko‘priklarda ham zaruriyat tug‘ilganda qo‘riqlash joylarini tashkil qilish mumkin.
4. Yo‘ldan foydalanish xizmati tuzilmasini, mavjud inshootlardan foydalanishni hisobga olib, loyihalanayotgan avtomobil yo‘li qismidan foydalanish talablariga.asosan aniqlanadi.
10.7. Avtovokzallar va yo‘lovchi avtobekatlarning sig‘imi, avtomobil transportining rivojlanish sxemasi bo‘yicha yoki tegishli korxonaning topshirig‘iga asosan joylashtirilishi va yuk avtobekatlaridan jo‘natiladigan yuklarning o‘rtacha kunlik hajmi bo‘yicha qabul qilinishi lozim. Transport xizmat bino va inshootlarining yer o‘lchami - yo‘lovchi avtobekatlar va avtovokzallarni loyihalash me’yorlari bo‘yicha yuk avtobekatlari uchun esa avtotransportning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha qabul qilinishi lozim.
10.8. Yo‘lovchilar uchun to‘xtash va chiqish maydonchalari va shiyponlarini avtobus bekatlarida joylashtirishni ko‘zda tutish lozim.
To‘xtash maydonchalari kengligini qatnov qismining asosiy tasmasiga teng qilib, uzunligini esa bir vaqtda to‘xtaydigan avtobuslar soniga qarab, lekin kamida 10 m qabul qilish zarur.
I-a toifali yo‘llardagi avtobus bekatlarini yo‘l poyi chegarasidan tashqarida joylashtirish lozim va xavfsizlik nuqtai nazaridan uni qatnov qismidan ajratish kerak.
Ib- III toifali yo‘llardagi to‘xtash maydonchalari qatnov qismdan ajratuvchi tasma bilan ajratilishi zarur.
Avtobus bekatlaridagi chiqish maydonchalari to‘xtash maydonchalari yuzasidan 0,2 m ga ko‘tarilgan bo‘lishi kerak. Chiqish maydonchalarining yuzasi kamida 10x2 m o‘lchamda va shiyponlarga kelish maydonchalari qoplamaga ega bo‘lishi kerak. Yo‘lovchilar shiyponining yaqin chekkasi to‘xtash maydoni chekkasidan kamida 3m masofada joylashgan bo‘lishi kerak.
Avtobus bekatlaridagi hoshiya toshini to‘xtash tasmasi va unga yondosh tezlikni o‘egartirish tasmasi qismining chekkasi bo‘ylab siljitmasdan joylashtariladi. Chiqish maydonchasidan yo‘lovchilarning asosiy oqimi yo‘nalishida mavjud ko‘cha trotuarlari yoki piyodalar yo‘lakchalari ular bo‘lmaganda - kamida yon qo‘rinish ta’minlangan masofada piyodalar yo‘lakchalari va trotuarlar loyihalanashi lozim.
10.9. Aholi yashash joylari tashqarisidagi avtobus bekatlarini yo‘lning to‘g‘ri qismlarida yoki rejadagi radiusi kamida 1000 m bo‘lgan I va II toifali yo‘llar, radiusi kamida 600 m bo‘lgan III toifali yo‘llar va radiusi kamida 400 m bo‘lgan IVtoifali yo‘llar egriligida va bo‘ylama nishabligi ko‘pi bilan 40 ‰ bo‘lgan qismlarda joylashtirilishi lozim. Bunda tegishli toifali yo‘llardagi ko‘rinish me’yori ta’minlanishi kerak.
I toifali yo‘llardagi avtobus bekatlarini bir-birining qarshisida, II-IV toifali yo‘llarda ularning harakat yo‘nalishi bo‘yicha surib, pavil’onlar yaqinidagi devorlar orasi kamida 30 m bo‘lgan masofada joylashtirish lozim.
Yo‘llarning kesishma va tutashmalaridagi avtobus bekatlarini yo‘nalish bo‘yicha kesishma va tutashmadan 14 jadvalda keltirilgan ko‘rinish masofasida joylashtirilishi lozim.
I-III toifali yo‘llardagi avtobus bekatlarini 3 km, dam olish maskanlari va aholi zich joylashgan mintaqalarda esa - 1,5 km dan ortiq bo‘lmagan oraliqda joylashtirish lozim.
10.10. Avtoservis bino va inshootlarini joylashtirishda, ularni elektr suv va xizmat ko‘rsatish xodimlari bilan ta’minlanishini, shuningdek istiqboldagi rivojlanish imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
10.11. Dam olish maydonchalarini I va II toifali yo‘llarda har 15-20 km da, III toifali yo‘llarda 25-35 km da va IV toifali yo‘llarda har 45-55 km da ko‘zda tutish zarur.
Dam olish maydonchalari hududida avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish binolari va savdo shahobchalarini joylashtirishni ko‘zda tutish mumkin.
Dam olish maydonchalari sig‘imini harakat jadalligi 30000 amaldagi dona/sut gacha bo‘lgan I toifali yo‘llarda bir vaqtning o‘zida kamida 20-50 avtotransport to‘xtashiga, II va III toifali yo‘llarda 10-15 va IV toifali yo‘llarda – 10 ta avtotransport to‘xtashiga mo‘ljallab hisoblash lozim.
I toifali yo‘llardagi dam olish maydonchalari ikki tomonda joylashtirilganda - ularning sig‘imi yuqorida ko‘rsatilgandan ikki marta kamaytiriladi.
10.12. Avtomobillarga yonilg‘i quyish va texnik xizmat ko‘rsatish shahobchalari iqtisodiy va statistik izlanish asosida joylashtirilishi kerak.
Avtomobillarga yonilg‘i quyish shaxobchalari (AYoQSh) quvvatini (bir sutkadagi yonilg‘i quyishlar soni) va ular orasidagi masofani harakat jadalligiga qarab 64-jadvaldan qabul qilish tavsiya etiladi.
64-jadval
Xarakat jadalligi dona/sut
|
AYoQSh quvvati, sutkada yonilg‘i quyish
|
AYoQSh lar orasidagi masofa, km
|
AYoQSh larning
joylashtirilishi
|
1000 - 2000
|
250
|
30-40
|
bir tomonlama
|
2000 - 3000
|
500
|
40-50
|
bir tomonlama
|
3000 - 5000
|
750
|
40-50
|
bir tomonlama
|
5000 - 7000
|
750
|
50-60
|
ikki tomonlama
|
7000 - 20000
|
1000
|
40-50
|
ikki tomonlama
|
20000 dan ortiq
|
1000
|
20-25
|
ikki tomonlama
|
Izoh: AYoQSh kesishma xududida joylashtirilganda, uning quvvatiga xizmat ko‘rsatadigan atrofdagi yo‘llarning uzunligi, harakat jadalligi va shu qismlardagi boshqa hisobiy ko‘rsatkichlarni ettiborga olib aniqlik kiritilishi kerak.
10.13. AYoQSh larni bo‘ylama nishabligi 40 ‰ dan oshmagan qismlarda, radiusi 1000 m dan ortiq rejadagi egriliklarda, radiusi 10000 m dan ortiq bo‘ylama kesimdagi qabariq egriliklarda, temir yo‘llaridan o‘tishda kamida 250 m, ko‘priklardan o‘tishda kamida 1000 m. masofada, ko‘tarma balandligiga 2 m dan ortiq bo‘lmagan qismlarda joylashtirish lozim.
10.14. TXKSh lardagi postlar soni, ularning orasidagi masofa va harakat jadalligiga qarab, 65-jadvaldan qabul qilish tavsiya etiladi.
65-jadval
Harakat jadalligi dona/sut
|
TXKSh orasidagi masofaga qarab, km, postlar soni, dona
|
TXKSh
joylashishi
|
80
|
100
|
150
|
200
|
250
|
1000
|
1
|
1
|
1
|
2
|
Z
|
bir tomonlama
|
2000
|
1
|
2
|
2
|
3
|
3
|
bir tomonlama
|
3000
|
2
|
2
|
3
|
3
|
5
|
bir tomonlama
|
4000
|
3
|
-
|
-
|
-
|
-
|
bir tomonlama
|
2
|
2
|
2
|
2
|
3
|
ikki tomonlama
|
6000
|
2
|
2
|
2
|
3
|
3
|
ikki tomonlama
|
8000
|
2
|
3
|
3
|
3
|
5
|
ikki tomonlama
|
10000
|
3
|
3
|
3
|
5
|
5
|
ikki tomonlama
|
15000
|
5
|
5
|
5
|
8
|
8
|
ikki tomonlama
|
20000
|
5
|
5
|
8
|
Maxsus hisob
|
ikki tomonlama
|
30000
|
8
|
8
|
Maxsus hisob
|
|
TXKSh larida AYoQSh joylashtirishni ko‘zda tutish maqsadga muvofiqdir.
10.15. Tranzit motel va kempinglar sig‘imini (yotoq joylarining soni) o‘tuvchi avtosayohatchilarning soni, halqaro va shaharlararo qatnaydigan avtomobillar harakat jadalligini hisobga olib qabul qilish lozim.
Motel va kempinglar orasidagi masofa 100 km dan ortmasligini ko‘zda tutish lozim.
Motellarni, TXKSh, AYoQSh, ovqatlanish va savdo shahobchalari bilan birgaliqda loyihalash maqsadga muvofiqdir.
|
| |