|
Yo‘l to‘siqlarini o‘rnatishda istiqboldagi 5-yillikga mo‘ljallangan hisobiy xarakat jadalligi qabul qilinadi .
9.6
|
bet | 30/35 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,59 Mb. | | #248915 |
Bog'liq ShNQ-2.05.02-07 lotin9.5. Yo‘l to‘siqlarini o‘rnatishda istiqboldagi 5-yillikga mo‘ljallangan hisobiy xarakat jadalligi qabul qilinadi .
9.6. I va II toifali avtomobil yo‘llarida trossli to‘siqlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Parapet turidagi to‘siqlarni alohida bloklar ko‘rinishida qurishga ruxsat etilmaydi.Tog‘li joylarning juda qiyin sharoitlarida texnik jihatdan tegishlicha asoslanganda bo‘laklar orasi 10 m dan oshmagan, uzunligi kamida 50 m bo‘lgan parapet turidagi to‘siqlarni o‘rnatish lozim.
9.7. Urilish quvvatini yutuvchi metall yo‘l to‘siqlari ko‘prik to‘siqlari bilan tutashtirilganda, yo‘l to‘siq ustunchalari qadamini asta-sekin 1 m gacha yetkazishni ko‘zda tutish kerak. Bunda ustunchalar qadami bir xil bo‘lgan qismlar uzunligi 8 m ga teng bo‘lishi lozim.
Izohlar: 1. Ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar oraliq qurilmalarining yo‘l poyi bilan qo‘shilish joyidagi o‘tish plitalari chegarasidagi to‘siqlar tuzilmasini oraliq qurilmalarinikidek qabul qilishi kerak.
2. To‘siq to‘sinlarining tutashgan joylaridagi deformatsiya choklari, o‘zaro siljiydigan ko‘rinishda bajarilish lozim.
Ajratuvchi tasmasida yo‘lga parallel joylashgan yoki kesishma va tutashmalarning yo‘l yoqalarida joylashgan g‘ov turidagi bir tomonli ikkita metall to‘siqlarining tutashuvini 1 m dan kam bo‘lmagan radiusda bajarish lozim.
9.8. Rejadagi to‘siqlar chizig‘ini o‘zgartirish zaruriyati bo‘lganda uni kamida 10:1 nisbatda o‘tkaziladi.
9.9. Ikkinchi guruh to‘siqlari quyidagi holatlarda o‘rnatilishi zarur:
I toifali yo‘lning piyodalar yo‘lakchasi (shu jumladan yer ostki va ustki ) bo‘lgan avtobus bekatlari qarshisidagi ajratuvchi tasmada, bekatning butun uzunligi bo‘ylab va uning tashqarisida ikki tomonga kamida 20 m masofada;
chegara toshining (bordyur) oldi yuzasidan (panjara turidagi tuzilma ko‘rinishida) kamida 0,3 m masofada;
ajratuvchi tasma o‘qida, yo‘l o‘tkazgich va yoritish tarmog‘ining tayanchlari, axborot-ko‘rsatuvchi yo‘l belgilarining konsolli va romli tayanchlari bor bo‘lganda, ajratuvchi tasma o‘qi bo‘ylab qatnov qism chetidan sim to‘rlar kamida 1 m va panjara turidagi to‘siqlar kamida 0,5 m masofada.
9.10. I toifali avtomobil yo‘llari, shuningdek II-IV toifali yo‘llarning xavfli qismlarida, sun’iy yoritish va birinchi guruh to‘siqlarini o‘rnatish talab qilinmaganda, 0,75-0,8 m balandlikli ogohlantiruvchi ustunchalar ko‘rinishdagi yo‘naltiruvchi qurilmalar bilan jihozlanishi kerak.
9.11. II-IV toifali yo‘llarning yoqalarida ogohlantiruvchi ustunchalar quyidagi hollarda o‘rnatiladi:
bo‘ylama kesimdagi egriliklar chegarasida va ularga kelishda (har tomondan uchtadan ogohlantiruvchi ustunchalar) ko‘tarmaning balandligi 2 m dan kam bo‘lmaganda va harakat jadalligi kamida 2000 kelt.dona/sut bo‘lganda 59-jadvalda ko‘rsatilgan masofalarda;
59-jadval
Bo‘ylama kesimda egrilik radiusi, m
|
Ustunchalar orasidagi masofa, m
|
Egrilik
chegarasida
|
Egrilikga kirishda
|
boshidan
birinchisigacha
|
birinchisidan
ikkinchisigacha
|
ikkinchisidan
uchinchisigacha
|
100
|
5
|
8
|
17
|
34
|
200
|
7
|
12
|
23
|
47
|
300
|
9
|
15
|
30
|
50
|
400
|
11
|
17
|
33
|
50
|
500
|
12
|
19
|
37
|
50
|
1000
|
17
|
27
|
50
|
50
|
2000
|
25
|
40
|
50
|
50
|
3000
|
30
|
47
|
50
|
50
|
4000
|
35
|
50
|
50
|
50
|
5000
|
40
|
50
|
50
|
50
|
6000
|
45
|
50
|
50
|
50
|
8000
|
50
|
50
|
50
|
50
|
rejadagi egriliklar chegarasida va ularga kelishda (har tomondan uchtadan ogohlantiruvchi ustunchalar) ko‘tarma balandligi 1 m dan kam bo‘lmaganda 60-jadvalda ko‘rsatilgan masofalarda;
60-jadval
Rejadagi egrilik radiusi, m
|
Ustunchalar orasidagi masofa, m
|
egrilik chegarasida
|
egrilikga yondosh qismda
|
tashqi
tomonda
|
ichki
tomonda
|
boshidan
birinchisigacha
|
birinchisidan
ikkinchisigacha
|
ikkinchisidan
uchinchisigacha
|
20
|
3
|
6
|
6
|
10
|
20
|
30
|
3
|
6
|
7
|
11
|
21
|
40
|
4
|
8
|
9
|
15
|
31
|
50
|
5
|
10
|
12
|
20
|
40
|
100
|
10
|
20
|
25
|
42
|
50
|
200
|
15
|
30
|
30
|
45
|
50
|
300
|
20
|
40
|
40
|
50
|
50
|
400
|
30
|
50
|
50
|
50
|
50
|
500
|
40
|
50
|
50
|
50
|
50
|
600
|
50
|
50
|
50
|
50
|
50
|
yo‘lning to‘g‘ri chiziqli qismlaridagi ko‘tarma balandligi 2 m dan kam bo‘lmaganda va harakat jadalligi 2000 kelt.dona/sut dan kam bo‘lmaganda har 50 m da;
yo‘lning bir sathdagi kesishma va tutashmalardagi egriliklar chegarasida, egrilikning tashqi tomoni uchun 60-jadvalda ko‘rsatilgan masofada;
botqoqlik va chuqurligi 1 m dan 2 m gacha bo‘lgan suv havzalaridan 15 m.dan kam masofada joylashgan yo‘llarlarning har 10 metrida;
ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar oldida 3 tadan ustunchalar inshootdan oldin va keyin yo‘lning ikki tomonida har 10 m da;
suv o‘tkazuvchi quvurlar oldida, agar quvur diametri 1,5 m va undan katta bo‘lsa, quvur o‘qi bo‘ylab yo‘lning har tomonidan 1 tadan ustunchalar va yo‘lning har ikki tomonida inshootdan oldin va keyin har 10 m da 3 tadan ustunchalar; agar quvur diametri 1,5m dan kam bo‘lsa, 1 tadan ustunchalar o‘rnatilishi kerak.
Aholi yashash joylarida ko‘tarma balandligi 1 m dan kam bo‘lsa, shuningdek quvurlar ustida (kallagi bor bo‘lganda) ko‘tarma balandligi 1 m dan kam bo‘lsa ogohlantiruvchi ustunchalar o‘rnatish tavsiya etilmaydi.
9.12. Sun’iy yoritgichli ustunchalar aholi yashash joylaridagi, ajratuvchi tasmaning boshlanishida va transport tonnellari tirgak devorlarining yon qismlari oldida, hamda ko‘tarilib turuvchi yo‘naltiruvchi va xavfsizlik orolchalarida o‘rnatiladi.
Ko‘rsatilgan elemetlarda yoritilgan yo‘l belgilari yoki svetoforlar bo‘lganida ustunchalar o‘rnatilmasligi mumkin.
Yo‘naltiruvchi orolchalar yo‘nalishlar bo‘yicha transport oqimlari harakatini ajratish uchun mo‘ljallangan. Qatnov qismidan ko‘tarilgan orolchalarni 0,15-0,2 m balandlikda qilish lozim.
9.13. I toifali yo‘llarda ogohlantiruvchi ustunchalar quyidagi hollarda o‘rnatilishi kerak:
transport yechimlari orasidagi yo‘l qismining butun uzunligida, qatnov qismini to‘suvchi qurilmalar yo‘q bo‘lsa, har 50 m da;
chiqishdagi burilishlar chegarasida, har ikki tomonda 60-jadvalda keltirilgan masofalarda.
Ogoxlantiruvchi ustunchalarni yo‘l poyi qoshidan 0,35 m masofada, yo‘l yoqasining mustahkamlanmagan qismida o‘rnatish lozim.
9.14. Yo‘l belgilarini GOST 23457-86 talablariga binoan qo‘llanishi kerak. Yo‘l belgilari GOST 10807-78 talablariga, yo‘l belgilarining tayanchlari GOST 25458-82 va GOST 25459-82 talablariga, shuningdek mavjud namunaviy yechimlarga mos bo‘lishi kerak.
|
| |