|
VIII. KO‘PRIKLAR, QUVURLAR VA TONNELLAR
|
bet | 29/35 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,59 Mb. | | #248915 |
Bog'liq ShNQ-2.05.02-07 lotinVIII. KO‘PRIKLAR, QUVURLAR VA TONNELLAR
8.1. Avtomobil yo‘llaridagi ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, viaduklar, estakadalar va quvurlarni QMQ 2.05.03-97 talablari asosida loyihalash zarur.
8.2. Avtoyo‘l tonnellarini SNiP II-44-78 va GOST 24451-80 talablari asosida loyihalash zarur.
8.3. Avtoyo‘l tonellaridagi hisobiy harakat jadalligini 1.6; 1.7-bandlarga asosan aniqlanadi. Avtoyo‘l tonnellari uchun istiqboldagi davr 30 yil olinishi kerak.
8.4. Avtomobil yo‘llaridagi ko‘prik va tonnellarni, shunindek ularga kelish qismlarini, yo‘llardagi harakat sharoitining bir xilliligi talablariga rioya qilgan holda loyihalash kerak.
8.5. Tonnellarga kelishdagi yo‘l qatnov qismini tonnel peshtog‘idan kamida 250 m masofada, qatnov qismi cheti bo‘ylab tushiriladigan uzluksiz chiziqli belgi bilan ajratish zarur.
IX. YO‘LNI JIHOZLASh VA HIMOYaLOVChI YO‘L INShOOTLARI.
9.1. Yo‘lni jihozlashga yo‘ldagi harakatni tashkil qiluvchi texnik vositalar (to‘siqlar, belgilar, chiziqli belgilar, yo‘naltiruvchi qurilmalar, yoritish tarmoqlari, svetoforlar, xarakatni boshqaruvchi avtomatlashtirilgan tizimlar) ko‘kalamzorlashtirish, kichik arxitektura shakllari kiradi.
9.2. Yo‘l to‘siqlari qo‘llanish sharoitiga qarab ikki guruxga bo‘linadi.
Birinchi guruh to‘siqlarga transport vositalarining yo‘lning xavfli qismlaridan, ko‘priklardan, yo‘l o‘tkazgichlardan majburiy tushib ketishlari, shuningdek qarama-qarshi oqim transport vositalarining to‘qnashishi, katta to‘siq va inshootlarga urilishlarini oldini oladigan (kamida 0,75 m) balandlikdagi g‘ov tuzilmalar va g‘ildirakni qaytaruvchi (kamida 0,6 m) balandlikdagi brus parapetlar kiradi.
Ikkinchi guruh to‘siqlariga piyodalar harakatini tartibga soluvchi, hayvonlarni yo‘l qatnov qismiga chiqishini oldini oluvchi (0,8-1,5 m) balandlikdagi panjara turidagi tuzilmalar, sim to‘qimalar va boshqalar kiradi.
9.3 Birinchi guruxga mansub to‘siqlar I - IV toifali avtomobil yo‘llarining quyidagi qismlari yoqalarida o‘rnatilishi kerak:
yonbag‘ir qiyaliklari 1:3 va undan ortiq bo‘lgan ko‘tarmalarda 57 jadvalda keltirilgan talablarga asosan;
57-jadval
Avtomobil yo‘llarining qismlari
|
Bo‘ylama nishablik, ‰
|
Istiqboldagi harakat jadalligi, kamida kelt.dona/ sut
|
Ko‘tarmaning eng kichik balandligi, m
|
To‘g‘ri chiziqli radiusi 600m.dan ortiq rejadagi egrilikda va radiusi 600m. dan kam rejadagi egrilikning ichki tomonida, tushishda yoki undan keyin
|
40 gacha
|
2000
1000
|
3,0
4,0
|
Huddi shunday
|
40 va undan ortiq
|
2000
1000
|
2,5
3,5
|
Radiusi 600m dan kam rejadagi egrilikning tashqi tomonida, tushishda yoki undan keyin
|
40 gacha
|
2000
1000
|
2,5
3,5
|
Bo‘ylama kesimda algebraik farqi 50‰ va undan ko‘p bo‘lgan uchrashuvchi nishabliklarni tutashtiruvchi botiq egrilikda
|
-
|
2000
1000
|
2,5
3,5
|
Radiusi 600m. dan kam rejadagi egrilikning tashqi tomonida, tushishda yoki undan keyin
|
40 va undan ortiq
|
2000
1000
|
2,0
3,0
|
Izoh: Yo‘l to‘siqlarini o‘rnatish o‘rniga-yerdan foydalanuvchi bilan kelishib, jadallik 2000 kelt.dona/sut dan ortiq bo‘lganda nishabligi 1:4 qiyalikdagi va harakat jadalligi kelt.dona/sut va undan kam bo‘lganda nishabligi 1:3 qiyalikdagi ko‘tarma yonbag‘irlarini qurish mumkin.
temir yo‘l izlari, chuqurligi 2 m va undan ortiq bo‘lgan suv oqimlari, jarliklar va tog‘ daralariga parallel joylashgan qismlarda, istiqboldagi harakat jadalligi kamida 4000 kelt.dona/sut bo‘lganda qatnov qism chetidan 25 m gacha va istiqboldagi harakat jadalligi kamida 4000 kelt.dona/sut dan kam bo‘lganda - 15 mgacha bo‘lgan masofada;
istiqboldagi harakat jadalligi kamida 4000 kelt.dona/sut, qiyaligi (yonbag‘ir tomondagi) 1:3 dan katta bo‘lgan joylardan o‘tganda;
turli sathlardagi murakkab kesishma va tutashmalarda;
rejadagi yo‘l yo‘nalishi o‘zgarganda, ko‘rinish yetarlicha bo‘lmagan joylarda;
sun’iy inshootlarga yaqinlashishda, ko‘tarma balandligi 3 m va undan ortiq bo‘lgan yo‘l qismlarida, ko‘tarma balandligi kam bo‘lganda esa, sun’iy inshootning oraliq qurilma uzunligi 10 m dan oshsa, inshootning boshi va oxiridan har ikki tomonga kamida 18 m masofada o‘rnatiladi.
Qatnov qismi chetidan 4 m dan kam masofada joylashgan axborot-ko‘rsatuv belgilari, aloqa va yoritish tarmoqlari tayanchlarini to‘siqlar bilan muhofaza qilishni ko‘zda tutish kerak.
Birinchi guruh to‘siklari, tuzilmaning qattiqligiga qarab, yo‘l poyi qoshidan 0,5 m va ko‘pi bilan 0,85 m masofada joylashtirilishi kerak.
Avtomobil yo‘llarining yoqasida quyidagi to‘siqlar o‘rnatilishi tavsiya etiladi:
I va II toifali yo‘llarda, radiusi 600 m dan kam bo‘lgan rejadagi egrilikning tashqi tomonida ustunchalar qadami 1 m bo‘lgan urilish quvvatini yutuvchi bir tomonli;
I va II toifali yo‘llarda, radiusi 600 m dan kam bo‘lgan rejadagi egrilikning ichki tomonidan boshqa joylarida, ustunchalar qadami 2 m bo‘lgan urilish quvvatini yutuvchi g‘ov turidagi bir tomonli metall to‘siqlar;
I va II toifali yo‘llarda, radiusi 600 m dan kam bo‘lgan rejadagi egrilikning boshqa joylarida, ustunchalar qadami 3 m bo‘lgan urilish quvvatini yutuvchi bir tomonli, g‘ov turidagi metall to‘siqlar;
I va II toifali yo‘llarda, radiusi 600 m dan kam bo‘lgan rejadagi egrilikning ichki tomonidan, ustunchalar qadami 4 m bo‘lgan bir tomonlama, urilish quvvatini yutuvchi bir tomonli g‘ov turidagi metall to‘siqlar;
I va II toifali yo‘llarda, radiusi 600 m dan kam bo‘lgan rejadagi egrilikning ichki tomonidan boshqa joylarida, III toifali yo‘llarning to‘g‘ri qismlarida va radiusi 600 m dan ortiq bo‘lgan rejadagi egriliklarda qattiq metall ishlangan bir tomonli g‘ov turidagi to‘siqlar;
I va II toifali yo‘llarda, radiusi 600 m dan kam bo‘lgan rejadagi egrilikning ichki tomonidan va III toifali yo‘llarda temir beton tayanchda metall plankali g‘ov turidagi bir tomonli to‘siqlar;
IV toifali yo‘llarda, radiusi 600 m dan kam bo‘lgan rejadagi egrilikning ichki tomonida, ustunchalar qadami 1,25 m bo‘lgan g‘ov turidagi bir tomonli temirbeton to‘siqlar;
III toifali yo‘llarda radiusi 600 m dan ortiq bo‘lgan rejadagi egrilar va to‘g‘ri qismlarda, IV toifali yo‘llarda ustunchalar qadami 2,5 m bo‘lgan g‘ov turidagi bir tomonli temirbeton to‘siqlar;
III toifali yo‘llarda, radiusi 600 m dan kichik bo‘lgan rejadagi egrilikning ichki tomonida va IV toifali yo‘llarda, g‘ov turidagi bir tomonli tross to‘siqlar;
tog‘li joylarning, I - IV toifali yo‘l qismlarida - parapet turidagi to‘siqlar.
9.4. I toifali yo‘llarning ajratuvchi tasmalarida birinchi guruh to‘siqlari 58-jadvalda ko‘rsatilgan sharoitlarni hisobga olgan holda o‘rnatilishi kerak.
Birinchi guruh to‘siqlar ajratuvchi tasmaning o‘qi bo‘ylab; xavfli g‘ovlar bor joylarda - ajratuvchi tasma o‘qi bo‘ylab qatnov qism chetidan kamida 1 masofada joylashtirilishi kerak.
58-jadval
Ikkala yo‘nalishdagi harakat tasmalari
|
Ajratuvchi tasmadagi xavfli g‘ovlar
|
Ajratuvchi tasma kengligi, m, bo‘lganda istiqboldagi harakat jadalligi, kamida
|
3-4
|
5-6
|
4
|
yo‘q
bor
|
30000
20000
|
40000
30000
|
6
|
yo‘q
bor
|
40000
30000
|
60000
50000
|
Ajratuvchi tasma kengligi 3 m dan ortiq bo‘lganda ikki tomonli metall to‘siqlar; kengligi 3 m va undan kam bo‘lganda parapet turidagi temirbeton to‘siqlar, shu jumladan sirti maxsus yuzalik to‘siqlar o‘rnatish tavsiya etiladi.
|
| |