|
Qattiq bo‘lmagan yo‘l to‘shamalari
|
bet | 25/35 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,59 Mb. | | #248915 |
Bog'liq ShNQ-2.05.02-07 lotinQattiq bo‘lmagan yo‘l to‘shamalari
7.20. I va II toifali yo‘llarning qattiq bo‘lmagan yo‘l to‘shamalarini, birinchi mukammal ta’mirgacha ( yoki rekonstruksiya qilishgacha) ulardan foydalanish davrida qoldiq deformatsiyalar yig‘ilmasligi sharti bilan loyixalash kerak.
Yo‘l to‘shamalari (III – IY toifali yo‘llarda) qatnov qismining ravonligiga ta’sir etuvchi ruxsat etilgan cheklashlardagi qoldiq deformatsiyalar bo‘lishini hisobga olib loyihalanishi lozim.
Ayrim hollarda qurilish xarajatlarini kamaytirish maqsadida, IY toifali yo‘llardagi yo‘l to‘shamalarini tegishli asoslashlarga muvofiq yilning noqulay davrida transport vositalarining yuk ko‘tarishi va jadalligi bo‘yicha xarakatni chegaralashni hisobga olib loyihalashga yo‘l qo‘yiladi.
7.21. Qatnov qismning harakat tasmalaridagi qattiq bo‘lmagan yo‘l to‘shamalarini harakatdagi yuklanishlarning qisqa vaqtda ko‘p marta takrorlanishini e’tiborga olgan mustahkamlikka hisoblash lozim. Yuklanish ta’siri davomiyligini 0,1 sek ga teng qabul qilib hisobga shu davomiylikka tegishli elastiklik modulining qiymati, material va tuproqlarning mustahkamlik tavsiflari kiritiladi.
Avtomobillar to‘xtab turadigan joylardagi va yo‘l chetlaridagi to‘shamalarni davomiy yuklanish (kamida 10 minut) ta’siriga, hisoblash lozim. Yuklanishning qaytarilishini hisobga olmaslikka ruxsat etiladi.
Jamoat transporti bekatlari, yo‘l chorrahalari va temir yo‘l bilan kesishuvga kirish joylaridagi to‘shamalarni yuklanishning qisqa vaqtda bir necha marta takrorlanish ta’siriga, shuningdek yuklanishning davomiyligiga hisoblab, mustahkam tuzilmalar qabul qilinadi.
7.22. Qattiq bo‘lmagan yo‘l to‘shamalari qisqa muddatli yuklanishda mustahkamlikning uch mezoni bo‘yicha hisoblanishi lozim: butun tuzilmani elastik egilishi bo‘yicha; tuproq va bo‘sh bog‘langan to‘shama qatlamlarining siljishga qarshiligi bo‘yicha; anorganik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan tosh materiallari va tuproqli to‘shama qatlamlarining egilishdagi cho‘zilishi bo‘yicha.
Qattiq bo‘lmagan yo‘l to‘shamalarini yuklanishning davomiy ta’siriga hisoblash tuproq va to‘shamaning bog‘lanmagan qatlamlaridagi siljish bo‘yicha bajarilishi lozim.
7.23. Qattiq bo‘lmagan yo‘l to‘shamasi va yo‘l poyining hisobiy yuklanish ta’siridan zo‘riqishi va deformatsiyasini ko‘p qatlamli tuzilmalar elastiklik nazariyasini qo‘llab, qatlamlar chegarasidagi mumkin bo‘lgan eng yomon tutashuv sharoitini hisobga olib aniqlash lozim. Ko‘p qatlamli yo‘l to‘shamalari va yo‘l poyini ikki va uch qatlamli hisobiy modelga keltirishga ruxsat etiladi.
7.24. Yo‘l to‘shamasining hisobiy mustahkamlik natijalari qanday bo‘lishidan qattiy nazar zich holatdagi tuzilma qatlamlari qalinliklarini 40-jadvalda keltirilgandan kam bo‘lmagan qiymatlarda qabul qilish lozim.
40-jadval
Yo‘l to‘shamasining qoplama va boshqa qatlamlari materiallari
|
Qatlam qalinligi, sm
|
Yirik donali asfaltbeton
|
6-7
|
Mayda donali asfaltobeton
|
3-5
|
Qumli asfaltbeton
|
3-4
|
Organik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh (shag‘alli) materiallar
|
8
|
Shimdirish usulida organik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh
|
8
|
Bog‘lovchilar bilan ishlov berilmagan chaqiq toshli, shag‘alli va chaqiq tosh qo‘shilgan shag‘alli materiallar:
qumli asosda
mustaxkam asosda (tosh yoki mustaxkamlangan tuproqda)
|
15
8
|
Organik yoki anorganik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan materiallar va tuproqlar
|
10
|
Izohlar: 1. Asfaltobetonli qoplamalarning katta qalinliklarini I va II toifali yo‘llar uchun kichigini esa III va IV toifali yo‘llar uchun qabul qilish lozim.
2.Tuzilma qatlam qalinligini barcha hollarda mineral material qatlamlarida ishlatilgan eng yirik tosh o‘lchamidan kamida 1,5 marta katta qilib olinishi kerak.
3. Toshli materiallarni loy va suglinkali tuproqlarga yotqizilganda qalinligi 10 sm. dan kam bo‘lmagan qum, chaqir qum, mustahkamlangan tuproq yoki boshqa suvga chidamli materiallar qatlamini ko‘zda tutish lozim.
|
| |