• Yo‘l poyi va suvni chetlatuvchi inshootlarni mustahkamlash, maxsus geotexnik tuzilmalar 6.49.
  • Suvni chetlatuvchi inshootlar




    Download 2,59 Mb.
    bet21/35
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,59 Mb.
    #248915
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
    Bog'liq
    ShNQ-2.05.02-07 lotin

    Suvni chetlatuvchi inshootlar


    6.47. Yo‘l poyining mustahkamligi va barqarorligiga yoki qurilish sharoitlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yer osti va ustki suvlarini ushlab qolish yoki drenaj qurilmalari yordamida pasaytirish lozim. Ajratuvchi tasmali ko‘p tasmali yo‘llar virajidagi qatnov qismdan yuzaki suvlarni chetlatish uchun suvni chetlatuvchi yer osti inshootlarini qurish lozim. Bir sathli halqa kesishmalarning qatnov qismidan suvlarni chetlatishda yer osti va ustki chetlatish tarmog‘ini ko‘zda tutish kerak.
    6.48. Kichik ko‘prik va quvurlarga kirishdagi yo‘l poyining qoshi suv ko‘tarilishini hisobga olgan hisobiy suv sathidan inshoot bosimsiz rejimda ishlaganda kamida 0,5 m, bosimli va yarim bosimli rejimda kamida 1 m ga baland bo‘lishi shart.
    Ko‘prikka kirishda ko‘tarmalarni loyihalashda toshqin sathining oshish ehtimoli I-III toifali yo‘llar uchun 1 %, IV-V toifali yo‘llar uchun 2 %, quvurlarga kirishda I toifali yo‘llar uchun 1 %, II -III toifali yo‘llar uchun 2 %, IV-V toifali yo‘llar uchun 3 % qabul qilish lozim.
    Yo‘l poyi va suvni chetlatuvchi inshootlarni mustahkamlash,
    maxsus geotexnik tuzilmalar


    6.49. Yo‘l poyi va suvni chetlatuvchi inshootlar yonbag‘irlarini mustahkamlash turlari mustahkamlanayotgan inshootning ish sharoitiga javob berishi, tuproq xususiyatlari, ob-havo iqlim omillarining, yo‘l poyi tuzilmalari xususiyatlarini hisobga olish va ishni mexanizatsiyalash imkoniyati, qurilish va ekspluatatsiyada eng kam xarajatlar bo‘lishini ta’minlash kerak. Mustahkamlash turlarini tanlashda variantlar ishlab chiqish va yo‘l poyini qurish va mustahkamlashdagi ishlab chiqarish sharoitlari va vaqtini hisobga olish zarur.
    Daryo yoki suv havzasining gidrologik rejimiga qarab ko‘tarmaning suv bosadigan yonbag‘irlarini tegishli mustahkamlash turlari bilan to‘lqin ta’siridan himoyalash lozim.
    Tegishli texnik-iqtisodiy hisoblar asosida mustahkamlash o‘rniga yonbag‘irlarni yotiq nishablikda (plyaj yonbag‘ri) qabul qilishga ruxsat etiladi. Yonbag‘irning suv ta’siriga barqaror qiyaligini gidrologik va iqlim sharoitlari, ko‘tarma tuprog‘i turiga qarab hisoblash orqali aniqlanadi.
    Plyaj yon bag‘ri taxminiy qiyaliklarini 36-jadvaldan qabul qilishga ruxsat etiladi.

    36-jadval



    Yon bag‘ir tuprog‘i

    Bosqinsiz to‘lqin balandligida, m, yonbag‘ir qiyaligi

    0,1

    0,2

    0,3

    0,4

    0,5

    0,6

    Mayda qum

    1:5

    1:7.5

    1:10

    1:15

    1:20

    1:25

    Yengil supes

    1:4

    1:7

    1:10

    1:15

    1:20

    1:20

    Suglinok, loy

    1:3

    1:5

    1:7.5

    1:10

    1:15

    1:15

    Less

    1:3

    1:4

    1:6

    1:9

    1:13

    1:12



    6.50. Texnik-iqtisodiy hisob asosida yonbag‘irlarni mustahkamlash uchun geotekistil materiallardan foydalanishga ruxsat etiladi. Geotekstil qatlamlari yonbag‘irni yemirilishdan himoyalovchi, armaturalangan chim va o‘tli yuzaning rivojlanishini yaxshilovchi, to‘suvchi, yonbag‘ir yuzasida tuproqni yemirilishdan saqlovchi qoplama vazifasini, shuningdek , suv bosadigan yonbag‘irlarni yig‘ma elementlar yoki tosh tashlash bilan mustahkamlashda teskari filtr vazifasini bajaradi.
    Ochiq sathga chiqadigan geotekstilni 0,5-1,0 kg/m2 sarfida organik bog‘lovchi (bitum emulsiyasi) bilan ishlov berib himoya qoplamasi qurish lozim. Suvni chetlatuvchi inshootlarni mustahkamlashda foydalanilgan geotekstil qoplamasi qattiqligini oshirish va suv o‘tkazuvchanligini kamaytirish zaruriyati tug‘ilganda geotekstilni bog‘lovchi bilan 2-3 marta ishlov berib qum sepishni ko‘zda tutish zarur.
    6.51. Yo‘l poyini ko‘tarishda qo‘llanadigan himoya va ushlab turuvchi inshootlarni maxsus me’yoriy hujjatlar asosida alohida loyihalash lozim. Bunda ularning qurish va ekspluatatsiya sharoitlarini hisobga olish zarur.



    Download 2,59 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




    Download 2,59 Mb.