Bo‘ylama va ko‘ndalang, siqilishga va cho‘zilishga ishlaydigan choklar V12,5 va yuqori sinf betonli asoslarda ko‘zda tutilishi zarur. 7.13




Download 2,59 Mb.
bet24/35
Sana21.05.2024
Hajmi2,59 Mb.
#248915
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Bog'liq
ShNQ-2.05.02-07 lotin

7.12. Bo‘ylama va ko‘ndalang, siqilishga va cho‘zilishga ishlaydigan choklar V12,5 va yuqori sinf betonli asoslarda ko‘zda tutilishi zarur.
7.13. Temirbeton, armobeton va beton plitalardan yig‘ma qoplamali yo‘l to‘shamasi tuzilmalarini mustahkamligi teng bo‘lgan boshqa turdagi qoplamalar qurish uchun yaroqli mahalliy yo‘l qurilish materiallari bo‘lmagan murakkab muhandislik-geologik, gidrogeologik va iqlim sharoitlarida texnik-iqtisodiy asoslash natijasida qabul qilish ruxsat etiladi.
7.14. Yig‘ma qoplama plitalarini namunaviy loyihalardan qabul qilish yoki g‘ildirak bosimiga va ilgaklaridan ko‘tarib transport vositalariga ortish, taxlash va montaj qilishda o‘z og‘irliklari ta’siriga chidamliliklari va yorilmasliklari sharti bo‘yicha loyihalash zarur.
7.15. IV toifali yo‘llarda qumli asosga yotqaziladigan yig‘ma qoplamalar tagiga qoplamaning butun kengligida ikki tomonidan 0,5 m li zahira bilan va qoplamaning ko‘ndalang choklaridan yonbag‘irlar tomonga 0,75 m kenglikda chiqarilgan geotekstil materiallaridan qatlamlar yotqazishni ko‘zda tutish maqsadga muvofiqdir.
Kengligi 1,5 m dan ortiq plitalardan qoplamalar quriladigan bo‘lsa choklar va qoplama chetlari tagiga kengligi 0,75 m dan kam bo‘lmagan tasma ko‘rinishida qatlamlar qurishga ruxsat etiladi.
Texnik-iqtisodiy asoslanganda shunday tuzilmalarni III toifali yo‘llarda ham ko‘zda tutish mumkin.
7.16. I-III toifali yo‘llarning balandligi Zm.dan ortiq bo‘lgan qoya-tog‘ jinslaridan tashkil topgan ko‘tarmalarida, ko‘tarma balandligidan qat’iy nazar temir yo‘llardan o‘tadigan yo‘l o‘tkazgichlar oldidagi, 200 m. gacha masofada, shuningdek yo‘l poyining bir tekisda cho‘kmasligi kutiladigan yo‘l qismlarining individual loyihalarida, to‘rsimon armaturali sementobeton qoplamalari qurish tavsiya etiladi.
7.17. Quyma sementbeton qoplamalar qalinligini hisoblash avtomobillar og‘irligidan tushadigan jami yuklanishning kattaligi va qaytarilishini, hamda haroratni e’tiborga olgan holda bajarilishi lozim.
7.18. Quyma va yig‘ma qoplamali qattiq yo‘l to‘shama asoslari qalinligining hisobi, yo‘l poyi va yo‘l to‘shamasining har bir qatlamidagi siljishning chegaraviy muvozanati sharti bo‘yicha olib borilishi kerak. III va IV toifali yo‘llarda qattiq yo‘l to‘shamasini elastiklik chegarasidan tashqarida ishlashiga ruhsat etilishi mumkin. Bunday hollarda siljishdagi chegaraviy muvozanat sharti buyicha asos qalinligini hisoblash talab qilinmaydi.
Asos qalinligini, mustahkamlik shartidan kelib chiqib, yo‘l to‘shamasini qurish davri uchun alohida (asosni - quruvchi transport harakati uchun foydalanish maqsadida) va avtomobil yo‘lidan foydalanish davri uchun alohida hisoblash lozim. Hisoblash natijasida katta qalinlikdagi asos qabul qilinadi.
7.19. Beton asosli asfaltbeton qoplamalar hisobini ikki shart bo‘yicha bajarish lozim:
qishning eng sovuq oyida asfaltbeton qoplamasining yorilishga chidamliligi;
avtotransport vositalaridan ko‘p marta qaytariladigan og‘irlik ta’siriga qoplama va asos mustahkamligining chegaraviy qarshiligi.
Asfaltbeton qoplamasi va sementbeton asosining mustahkamligini yilning eng noqulay davri - asfalbetonning elastiklik moduli eng kichik bo‘lgan yozning issiq oylari uchun hisoblash lozim.

Download 2,59 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Download 2,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bo‘ylama va ko‘ndalang, siqilishga va cho‘zilishga ishlaydigan choklar V12,5 va yuqori sinf betonli asoslarda ko‘zda tutilishi zarur. 7.13

Download 2,59 Mb.