|
Шаҳарсозлик нормалари ва қоидалари
|
bet | 22/35 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,59 Mb. | | #248915 |
Bog'liq ShNQ-2.05.02-07 lotinVII. YO‘L TO‘ShAMALARI
7.1. Yo‘l to‘shamasi transport inshootlari sifatida yo‘lga qo‘yiladigan umumiy talablarga javob berishi kerak. Bu talablar qatnov qismning qoplamalari, uni yo‘l yoqasi va ajratuvchi tasma bilan qo‘shilish tuzilmasi, hamda yo‘l yoqasini mustahkamlash turlari, ravon va g‘adir-budir yuzali qatnov qismi yaratish va boshqalarga mos keluvchi butun yo‘l to‘shamasi tuzilmasini tanlashni ta’minlashi kerak.
7.2. Yo‘l to‘shamasi va qoplama turini transport-foydalanish talablari, loyihalanayotgan yo‘lning toifasi, avtotransport harakat jadalligi va tarkibi, iqlim va tuproq-geologik sharoiti, sanitar-gigiena talablari, shuningdek yo‘l qurilayotgan hududlarni mahalliy qurilish materiallari bilan ta’minlanganligini hisobga olgan holda qabul qilish lozim.
7.3. Yo‘l to‘shamalari bir yoki bir nechta qatlamlardan iborat bo‘lishi mumkin. Bir nechta qatlamli yo‘l to‘shamasi qoplama, asos va asosning qo‘shimcha sovuq va issiqdan himoyalovchi, suv o‘tkazuvchi va boshqa qatlamlaridan iborat bo‘ladi (majburiy 2- ilova).
Avtotransport vositalaridan tushayotgan yuklanishga qarshiligi bo‘yicha va iqlim ta’siriga munosabati bo‘yicha yo‘l to‘shamalari qattiq qoplamali va asosli to‘shamalar (keyingi shartli ravishda - qattiq yo‘l to‘shamalari), hamda qattiq bo‘lmagan qoplamali va asosli to‘shamalar (qattiq bo‘lmagan yo‘l to‘shamalari) ga bo‘linadi.
7.4. Yo‘l to‘shamasining turlari, qoplamaning asosiy ko‘rinishlari va ularni qo‘llash doirasi 37-jadvalda keltirilgan.
37-jadval
Yo‘l to‘shamasi turlari
|
Qoplamaning asosiy ko‘rinishlari
|
Yo‘llar toifasi
|
Bandlarga muvofiq qabul qilinadi
|
Mukammal
|
Sementbetonli quyma
Temir betonli yoki armobeton va yig‘ma betonli
Asfaltbetonli
|
I-IV
I-IV
I-IV
|
7.8; 7.16; 7.33
7.10; 7.13
7.34
|
Yengillashti-rilgan
|
Asfaltbetonli
Bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh, shag‘al va qumli
|
III, IV va II toifali yo‘llarni ikki bosqichli qurilishining 1-bosqichida
IV-V
|
7.34
7.34
|
O‘tuvchi
|
Chaqiq tosh va chaqiq toshli shag‘al; bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan tuproqlar va mustahkamligi kam materiallar
|
IV-V va
III toifali yo‘llarni ikki bosqichli qurilishining 1-bosqichida
|
7.44; 7.45
7.37-7.39;
7.40
|
Oddiy
|
Qo‘shimchalar bilan mustahkamlangan yoki yaxshilangan tuproqlar
|
V va IV toifali yo‘llarni ikki bosqichli qurilishining 1-bosqichida
|
7.39; 7.40
|
|
| |