|
Шаҳарсозлик нормалари ва қоидалари
|
bet | 19/35 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,59 Mb. | | #248915 |
Bog'liq ShNQ-2.05.02-07 lotinO‘ymalar
6.32. Individual loyihalanadigan ob’ektlarga kirmaydigan o‘yma yonbag‘ri qiyaligini 35-jadvalga asosan belgilash lozim.
35-jadval
Tuproqlar
|
Yonbag‘ir balandligi, m
|
Yonbag‘irning eng katta qiyaligi
|
Qoya tog‘ jinslari:
kam nuraydiganlar
yengil nuraydiganlar
suvda yumshamaydiganlar
suvda yumshaydiganlar
|
16 gacha
16 gacha
6 gacha
6 - 12
|
1:0,2
1:0,5 - 1:1,5
1:1
1:1,5
|
Yirik bo‘laklilar
|
6 - 12
|
1:1 - 1:1,5
|
Bir xil qattiq, yarim qattiq va qiyin yumshaydigan loysimon va qumsimonlar
|
12 gacha
|
1:1,5
|
Mayda barxan qumlar
|
2 gacha
2 - 12
|
1:4
1:2
|
Lesslar
|
12 gacha
|
1:0,1+1:0,5
1:0,5-1:1,5
|
Izohlar: 1. Chiziq ustida quruq iqlimli mintaqalarda, quruq iqlimli mintaqalardan tashqaridagi yonbag‘ir qiyaliklari keltirilgan.
2. Less tuproqli tog‘ yog‘bag‘rining yuqorigi 1,5 m ni yonbag‘irning asosiy qismi qiyaligiga nisbatan 1:0,2 - 1:0,3 dan yotiqroq qilinishi kerak.
3. Kam nuraydigan qoya tog‘ jinslarda tik yon bag‘irlarga ruxsat etiladi.
4. O‘simliklar bilan mustahkamlangan qumli hududlarda yon bag‘ir balandligi 12 m bo‘lganda eng katta qiyalikni 1:2 qabul qilishga ruxsat etiladi.
5. O‘yma yonbag‘rining balandlig ustki va ostki qosh belgilari farqi bilan aniqlanadi. Tog‘ yonbag‘irlari mavjud bo‘lganida ushbu jadvaldan foydalanilganda hisob uchun ust yonbag‘ir olinadi.
6.31. Chuqurligi 1 m gacha bo‘lgan o‘ymalarni qor uyumi bosishidan himoyalash maqsadida yonbag‘ir qiyaliklarini 1:1,5 dan 1:10 gacha ochiq yoki ko‘tarma ko‘rinishida loyihalash zarur. Chuqurligi 1 m dan 5 m gacha bo‘lgan o‘ymalarning qor bosadigan qismini tik yonbag‘irli qilib (1:1,5 - 1:2) va 4 m dan kam bo‘lmagan kenglikdagi yo‘l yoqalari yoki qo‘shimcha tokchalar bilan loyihalash zarur.
6.32. Mayda va changsimon qumlar, o‘ta namlangan loysimon tuproqlar, yengil nuraydigan yoki yoriqli qoya tog‘ jinslarda 2 m dan chuqur bo‘lgan o‘ymalarni ariqorti tokchalari bilan loyihalash lozim. Ariqorti tokchalar kengligi mayda va changsimon qumlarda 1 m, yuqorida ko‘rsatilgan boshqa tuproqlarda yonbag‘ir balandligi 6 m gacha bo‘lganda 1 m, yonbag‘ir balandligi 12 m gacha bo‘lganda (qoya tog‘ jinslari uchun 16 m gacha) 2 m qabul qilish kerak. I-III toifaali yo‘l o‘ymalari yengil nuraydigan qoya tog‘ jinslaridan loyihalanganda kengligi kamida 3 m, chuqurligi kamida 0,8 m ariq zovurlari ko‘zda tutilishiga ruxsat etiladi.
Ariqorti tokchalari yuzasiga 20-40 ‰ da ariq tomonga qaratib nishablik beriladi. Qoya tog‘ jinslarida, shuningdek quruq iqlim sharoitlaridagi qumlarda nishablikni ko‘zda tutmaslik mumkin.
6.33. Individual loyihalanadigan ob’ektlarga taalluqli o‘ymalarni loyihalashda yonbag‘irlarning umumiy va ichki barqarorligini baholash hisoblarini bajarish, uni ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘ndalang kesimni belgilash, drenajlar, himoya qatlamlari qurish, yonbag‘irlarni mustahkamlash turlari va boshqalarni o‘z ichiga olgan tadbirlar ishlab chiqish lozim.
|
| |