Шаҳарсозлик нормалари ва қоидалари




Download 2,59 Mb.
bet16/35
Sana21.05.2024
Hajmi2,59 Mb.
#248915
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Bog'liq
ShNQ-2.05.02-07 lotin

Tuproqlap


6.5. Yo‘l qurilishida yo‘l poyining ustki qismida qo‘llaniladigan tuproqlar tarkibi, sho‘rlanish xususiyati va darajasi, ko‘pchishi, nisbiy cho‘quvchanligi, muzlaganda ko‘pchishga moyilligi, shunigdek muz hajmi va erish vaqtidagi cho‘kuvchanligi bo‘yicha 2-majburiy ilovaning 2-10 jadvallariga asosan bo‘linadi.
Ko‘tarmalar va ishchi qatlamni qurishda ishlatiladigan tuproqlar namlanish darajasi bo‘yicha majburiy 2-ilovaning 11-jadvaliga asosan bo‘linadi. Bunda ruxsat etilgan namlikdagi tuproqlar jumlasiga majburiy 2-ilovaning 12-jadvali talablariga muvofiq namlikka ega bo‘lgan tuproqlar kiritilishi lozim.
6.6. Maxsus tuproqlarga quyidagilar kiritiladi: loyqa; lessimon tuproqlar; loyli mergellar; to‘rtlamchi davrga mansub loy tuproqlar, loyli slaneslar, barxan qumlari, texnogen tuproqlar (sanoat chiqindilari).
6.7. Bo‘sh tuproqlarga tabiiy sharoitdagi siljishga mustahkamligi 0,075 MPa dan kam (aylanma qirqish asbobi bilan sinalganda) yoki 0,25 MPa qiymatda yuklgangandagi cho‘kish moduli 50 mm/m dan ortiq (deformatsiya moduli 5,0 MPa dan kam) bo‘lgan birikkan tuproqlar kiradi. Sinov ma’lumotlari bo‘lmaganda bo‘sh tuproqlarga loyqa, loyli tuproqlar (shu jumladan konsistensiya darajasi 0,5 dan yuqori lessimon tuproqlar), tarkibida xlorli tuzlar bo‘lgan nam tuproqlarni kiritish lozim.
6.8. Tarkibida 50 % ortiq (0,05-0,005 mm o‘lchamli) chang zarralari bo‘lgan, yengil va o‘rtacha eriydigan tuzlar va kalsiy karbonati bo‘lgan chang-loyli tuproqlarni lessimon tuproqlarga kiritish lozim. Lessimon tuproq bir xil tarkibli, tabiiy holatda ko‘pincha yirik g‘ovakli, kam namlangan sharoitda tik yonbag‘irlikni saqlash xususiyatiga ega. Kam namli lessimon tuproqlar namlanganida cho‘kadi, oson iviydi va yuviladi, suvga to‘yinganda esa oquvchan holatga o‘tish mumkin.
6.9. Suv o‘tkazuvchan tuproqlarga andozaviy shibbalangan eng katta zichlikda sizish koefitsienti 0,5 m/sut dan kam bo‘lmagan tuproqlar kiritiladi.
6.10. Har xillilik darajasi 3 dan kichik bo‘lgan qumlar, shuningdek tarkibida 0,1-0,25 mm o‘lchamli zarralari umumiy og‘irlikka nisbatan 90 % dan kam bo‘lmagan mayda qumlarni bir xil tarkibli deyiladi.



Download 2,59 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Download 2,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Шаҳарсозлик нормалари ва қоидалари

Download 2,59 Mb.