|
Bo‘ylama kesimda uzun to‘g‘ri qismlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaslik kerak. Ularning chegaraviy uzunligi 21-jadvalda keltirilgan.
21-jadval
|
bet | 12/35 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,59 Mb. | | #248915 |
Bog'liq ShNQ-2.05.02-07 lotin4.39. Bo‘ylama kesimda uzun to‘g‘ri qismlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaslik kerak. Ularning chegaraviy uzunligi 21-jadvalda keltirilgan.
21-jadval
Bo‘ylama kesimda botiq egriliklar radiusi, m
|
Bo‘ylama nishabliklarning algebraik farki, ‰:
|
20
|
30
|
40
|
50
|
60
|
80
|
100
|
bo‘ylama kesimdagi to‘g‘ri qismning eng katta uzunligi, m
|
I va II toifali yo‘llar uchun:
|
4000
|
150
|
100
|
50
|
-
|
-
|
-
|
-
|
8000
|
360
|
250
|
200
|
170
|
140
|
110
|
-
|
12000
|
680
|
500
|
400
|
350
|
250
|
200
|
-
|
20000
|
-
|
-
|
850
|
700
|
600
|
550
|
-
|
25000
|
-
|
-
|
-
|
-
|
900
|
800
|
-
|
III va IV toifali yo‘llar uchun:
|
2000
|
120
|
100
|
50
|
-
|
-
|
-
|
-
|
6000
|
550
|
440
|
320
|
220
|
140
|
60
|
-
|
10000
|
-
|
-
|
680
|
600
|
420
|
300
|
200
|
15000
|
|
-
|
-
|
-
|
-
|
800
|
600
|
Velosiped yo‘lakchalari va yo‘lkalar
4.40. Harakat jadalligi kamida 4000 kelt.dona/sut ga yetganida yo‘ldan foydalanishning birinchi besh yilligida eng ko‘p harakat jadalligi paytida bir yo‘nalishda harakatlanayotgan velosiped yoki mopedlarning jadalligi 30 daqiqa ichida 200 velosiped (moped)dan ortiq bo‘lganida yoki ularning soni 1000 dona/sut bo‘lganida qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan avtomobil yo‘llarining qismlari yoni bo‘ylab velosiped yo‘lakchalari loyihalanadi.
Bir tomonlama harakatga mo‘ljallangan velosiped yo‘lakchalari kengligi 2,2 m dan kam bo‘lmagan alohida yo‘l poyida, ko‘tarma etagida yoki o‘yma yon bag‘ridan tashqarida, shuningdek maxsus quriladigan “berma”larda (istisno tariqasida qatnov qismi chetidan 1 m dan kam bo‘lmagan masofada) loyihalanishi zarur.
Bir tasmali velosiped yo‘lakchalari yo‘lning shamol keladigan tomonida (yoz shamolining ustuvor yo‘nalishini hisobga olgan holda), ikki tasmalisi esa yo‘lning ikki tomonida joylashtirilishi kerak.
Qiyin sharoitlarda va sun’iy inshootlapra kelishda velosiped yo‘lakchalarini yo‘l yoqasida qurishga ruxsat etiladi. Bunday holatlarda yo‘l yoqasi qatnov qismidan 0,2-0,25 m balandlikdagi hoshiya toshi bilan ajratiladi, yo‘lakchalar esa hoshiya toshining qirrasidan kamida 0,75 m masofada joylashtiriladi.
4.41. Velosiped yo‘lakchalari qoplamasini bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan materiallar, shuningdek chaqiq tosh, shag‘allar, tuproqli chaqiq tosh, g‘ish parchalari, kuygan jinslar va kuyundi, bunday materiallar bo‘lmaganda texnik-iqtisodiy asoslarga muvofiq asfaltobeton va sementobetondan qurish ko‘zda tutiladi.
4.42. Aholi punktlarida va ularga kelishdagi yo‘l qismlarida hisobiy harakat jadalligi 4000 kelt.dona/sut va undan ortik bo‘lganda yo‘l poyi chegarasidan tashqarida joylashtirgan piyodalar uchun yo‘lkalar qurilishini ko‘zda tutish kerak.
Yo‘lkalarni ShNK 2.07.01-03 talablariga muvofiq loyihalash zarur.
V. KESIShMA VA TUTAShMALAR
5.1. Avtomobil yo‘llarining kesishma va tutashmalari kesishuvchi va tutashuvchi yo‘llarning to‘g‘ri qismlarida va bo‘sh maydonlarda joylashtirilishi lozim.
Kesishmaga yaqinlashgan qismda avtomobil to‘xtashi uchun ko‘rish masofasi uzunligidagi yo‘lning bo‘ylama nishabligi 40 ‰ dan oshmasligi kerak.
5.2. Avtomobil yo‘llarining turli sathlarda kesishma va tutashmalari (transport yechimlari) asosan quyidagi holatlarda qabul qilinishi zarur:
Ia toifali yo‘llarda barcha toifali yo‘llar bilan, Ib va II toifali yo‘llarda II va III toifali yo‘llar bilan;
III toifali yo‘llarning o‘zaro kesishish joylarida istiqboldagi harakat jadalligi (jami kesishuvchi yo‘llarda) 8000 kelt.dona/sut dan ortiq bo‘lsa.
Transport yechimlarini I, II toifali yo‘llarda chapga burilish, hamda asosiy yo‘nalishlardagi oqimlarning bir sathda kesishishlariga yo‘l qo‘yadigan chapga burilib kirish va chiqishlar bo‘lmasligini hisobga olib loyihalash kerak.
I, II toifali yo‘llarning IV toifali yo‘llar bilan kesishma va tutashmalarini bir sathda chapga burilishi surilgan holda qurishga ruxsat etiladi (asosiy oqimlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri kesishuvlarisiz).
I va II toifali yo‘llarning IV toifali yo‘llar bilan kesishgan joylarida “romb” turidagi kesishmani qo‘llash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir.
Kesishmalarni qimmatbaho qishloq xo‘jaligi yerlari joylashgan tumanlarda va tor sharoitlarda loyihalashda siqilgan “romb” qurilishiga ruxsat etiladi. Bunda ikkinchi darajali yo‘ldagi chiqishning qo‘shilish joylarini chapga burilishi surilgan bir sathdagi kesishmalar kabi loyihalanadi.
5.3. Turli sathlardagi piyodalar yo‘lkalari (yer ostki va ustki) piyodalar harakati jadalligi Ib toifali yo‘llar uchun 100 odam/soat va undan ortiq, II toifali yo‘llar uchun 250 odam/soat va undan ortiq bo‘lganda loyihalash lozim. Quruq va issiq iqlim sharoitlari uchun yer ostki piyodalar yo‘lkalari loyihalanishi lozim.
Piyodalar yo‘lkalari loyihalangan joylarda piyodalar uchun to‘siqlar ko‘zda tutilishi zarur.
5.4. Ib-III toifali avtomobil yo‘llarida kesishmalar va tutashmalar soni iloji boricha kamroq bo‘lishi kerak. Ib toifali yo‘llarda kesishmalar va tutashmalar aholi punktlaridan tashqarida 10-5 km oraliqda, II-III toifali yo‘llarda 5-2 km da ko‘zda tutilishi lozim.
Yirik va o‘rta aholi punktlarida, ularning uzunligi 3 km gacha bo‘lganda, Ib, II, III toifali yo‘llarda kesishmalar va tutashmalar sonini kamaytirish maqsadida, asosiy yo‘lga parallel va ko‘kalamzorlashtirilgan tasma bilan ajratilgan, aholi punktining boshlanishi va oxirida asosiy yo‘ldan chiqish va kirishlar ko‘zda tutilgan mahalliy o‘tish yo‘llari loyihalanadi.
Aholi punktining boshlanishi va oxirida harakat jadalligiga qarab bir yoki turli sathlarda aylanib olish joylari quriladi. Yo‘l yoqalab mahalliy o‘tish yo‘lini qurish imkoni bo‘lmasa, uni aholi punkti ichida yo‘lga parallel holda qurish mumkin.
5.5. I-III toifali yo‘llariga kelishdagi barcha kirish va chiqish yo‘llari quyidagi masofalarda qoplamali bo‘lishi kerak:
qumli, supes, yengil suglinokli tuproqlarda - 100 m;
qora unumdor loytuproq, og‘ir va changli suglinok tuproqlarda - 200 m.
IV toifali yo‘llarga kirish yo‘llarida qoplamali masofa I-III toifali yo‘llarnikiga nisbatan ikki marotaba kam bo‘lishi ko‘zda tutilishi lozim.
Kirish va chiqish yo‘l yoqalari mazkur bandda belgilangan uzunlikda 0,5-0,75 m dan kam bo‘lmagan kenglikda mustahkamlanishi zarur.
5.6. Dala yo‘llari va chorva o‘tish joylari I-III toifali yo‘llar bilan kesishganda ularni yaqin joylashgan sun’iy inshootlar tagiga burib, tegishlicha jihozlash kerak. Yo‘lning 2 km dan ortiq qismida bunday inshootlar bo‘lmagan va zarurat tug‘ilganda ularni qurishni ko‘zda tutish lozim.
Dala yo‘llari va chorva o‘tish joylari uchun sun’iy inshootlar o‘lchamlari manfaatdor tashkilotlarning maxsus talabi bo‘lmaganda 22-jadval bo‘yicha qabul qilinishi lozim.
22-jadval
Inshootning ahamiyati
|
Kengligi, m
|
Balandligi, m
|
Dala yo‘llari uchun
Chorva o‘tish joylari uchun
|
6
4
|
4,5
2,5
|
5.7. Bir sathdagi kesishmalar va tutashmalarda istiqboldagi jami harakat jadalligi 2000 dan 8000 gacha kelt.dona/sut bo‘lganda harakat yechimi sxemalari orolchalar va xavfsizlik mintaqalari (kanallashtirilgan holda) bilan qabul qilinadi.
Istiqboldagi jami harakat jadalligi 2000 kelt.dona/sut dan kam bo‘lganda bir sathdagi oddiy kesishmalar va tutashmalar loyihalanishi kerak.
III-IV toifali uch va undan ortiy yo‘llar kesishgani yoki tutashganida, shuningdek kesishayotgan barcha yo‘llarning chapga buriladigan oqimlardagi avtomobillar soni kamida 40 % ni tashkil qilsa, bir sathdagi halqasimon kesishmalar loyihalashga ruxsat etiladi. II toifali yo‘llarda halqasimon kesishmalarni loyihalashda bo‘sh yerlar bo‘lganda asosiy yo‘ldagi tezlikning eng kam kamayishiga imkon beruvchi cho‘zilgan xalqa qabul qilinishi lozim. Halqasimon kesishma elementlarining eng kichik o‘lchamlari 23-jadvalda keltirilgan.
23-jadval
Halqasimon kesishma elementlari
|
Yuk tashuvchi avtomobillar turi:
|
yengil
|
o‘rtacha
|
og‘ir
|
avtopoezd
|
Markaziy orolcha diametri, m
|
8
|
10
|
14
|
18
|
Harakat tasmasi kengligi, m
|
4
|
6
|
7
|
6
|
Halqaga kirishda va halqada harakat jadalligiga qarab, lekin kamida ikkita tasma hisobida qabul qilinadi.
Halqadagi harakat tasmalari halqa ichiga 20-40 ‰, o‘ngga buriladigan tasmalarda esa halqaning tashqi tomoniga 30 ‰ ko‘ndalang nishabliklarda loyihalanadi.
Bunda halqadan suvni chetga chiqarishni ta’minlash zarur. Halqada baland hoshiya toshlar qurish tavsiya etilmaydi, suvni chetga chikaruvchi novlar chetidan 1-2 m masofada to‘siqlar o‘rnatishga ruxsat etiladi.
Chapga burilish joyi surilgan kesishma va tutashmalarni Ib, II, III toifali yo‘llar (shaharga kelish va halqa yo‘llarda) IV toifali yo‘llar bilan kesishganda va harakat jadalligi nisbati 1:5 dan katta bo‘lganda qabul qilish mumkin.
Istiqboldagi jami harakat jadalligi 6000 kelt.dona/sut dan ko‘p bo‘lganda uzluksiz harakatli aylanib olish joylari, kam bo‘lganda esa to‘xtalib aylanib olish joyi loyihalanishi kerak. Aylanib olish joyi elementlarining eng kichik o‘lchamlari 24-jadvalda keltirilgan.
24-jadval
Aylanib olish joyi radiusi, m
|
10
|
15
|
20
|
Qatnov qism kengligi, m
|
7,0
|
6,5
|
6,0
|
Oqim tarkibida og‘ir avtomobillar va avtopoezdlar bo‘lganda aylanib olish joyi radiusi 15 m dan ortiq qilib belgilanadi.
Aylanib olish joyining surilish uzunligi bo‘ylama nishablikga qarab 25-jadvalda keltirilgan.
5-jadval
Bo‘ylama nishablik, ‰
|
30
|
20
|
0
|
-20
|
-30
|
Aylanib olish joyining surilish
uzunligi, m
|
650
|
600
|
550
|
480
|
430
|
Izoh: Aylanib olish joyining surilgan kesishma elementlarining to‘la hisobi MShN 25-05 da keltirilgan.
5.8. Asosiy yo‘llardagi harakat tasmasini qatnov qism yuzasidan ko‘tarilmagan yo‘naltiruvchi orolchalar bilan ajratishni tegishli mintaqaning belgi chiziqlarini chizish sifatida qabul qilish kerak.
5.9. Yo‘llarning bir sathda kesishma va tutashmalarini kesishish tuzilmasi qanday bo‘lishidan qatiy nazar, to‘g‘ri burchak yoki unga yaqin burchak ostida bajarish tavsiya etiladi. Agar transport oqimlari kesishmasdan qo‘shilsa yoki ajralsa, yo‘llar kesishmasini ko‘rish imkoniyati ta’minlangan turli burchaklar ostida bajarilishi mumkin.
5.10. Bir sathda kesishayotgan yoki tutashayotgan yo‘llarning qo‘shilishidagi egrilikning eng kichik radiusi chiqish sodir bo‘layotgan yo‘l toifasiga asosan, kesishish va tutashish burchagiga bog‘lanmagan holda, qabul qilinadi: I-II toifali yo‘llardan chiqishda kamida 25 m, III toifali yo‘llardan - 20 m va IV toifali - 15 m.
Chiqishlar egrilik radiusini avtopoezdlarning muntazam harakatiga (oqim tarkibida 25 % dan ortiq bo‘lsa) hisoblashda 30 m ga oshirish kerak.
Yo‘llarning bir sathda qo‘shilishi o‘tish egriliklari orqali bajarilishi lozim.
5.11. Avtomobil yo‘llarining bir sathda kesishma va tutashmalari kesishuvchi yoki qo‘shiluvchi yo‘nalishlardagi ko‘rinish 14-jadvalda ko‘rsatilgan masofalarda taminlanishi kerak.
5.12. Transport yechimida qo‘shiluvchi tarmoqlar elementlari joylashtiriladigan umumiy maydon yuzasini kamaytirish maqsadida, ularni harakat tezligi o‘zgarishidan kelib chikqan holda loyihalanadi.
Turli sathlarda kesishmalarda o‘ng tomonga chiqishlari I va II toifali yo‘llarda ulardagi hisobiy harakat tezligini 60 km/soat va III toifali yo‘llarda 50 km/soat dan kam bo‘lmasligini ta’minlagan holda loyihalanadi, ayni holda yo‘llarning o‘tkir burchak ostida tutashuvini to‘g‘ri qismsiz bitta egrilik bilan bajarish lozim. Teskari egriliklar bilan qo‘shiluvlar favqulodda hollarda ruxsat etiladi.
Transport yechimi elementlari “beda bargi” turidagi bo‘lgan kesishma va tutashmalarning chapga chiqish egriliklarining radiuslari I-II toifali yo‘llar uchun kamida 60 m ga va III toifali yo‘llar uchun kamida 50 m ga teng deb qabul qilinishi zarur. Chapga chiqish to‘g‘ri yo‘nalishdagi qismlar bilan o‘tish egriliklari orqali birlashishi kerak.
Izoh: Juda tor sharoitlardagi IV toifali yo‘llar kesishma va tutashmalari “siqilgan” transport yechimlari (“beda bargi” turidagi ) chapga chiqish radiuslarini 30 m gacha kamaytirish bilan qurishga ruxsat etiladi.
I–III toifali yo‘llardan chiqish va kirishlar 5.22-5.26-bandlarga asosan tezlikni o‘zgartirish tasmalari qurish bilan loyihalanadi.
5.13. Turli sathlardagi kesishma va tutashmalardagi chapga chiqishlarning butun uzunligida qatnov qismi kengligini 5,5 m, o‘ngga chiqishlarniki esa egrilikda qo‘shimcha kengaytirishsiz 5,0 m qabul qilish lozim.
Burilish ichki tomonidagi yo‘l yoqasining kengligi kamida 1,5 m, tashqi tomondagisi 3,0 m bo‘lishi kerak.
Yo‘l yoqalari butun kengligida 7.50-bandda ko‘rsatilgan materiallardan qoplamaga ega bo‘lishlari shart.
Chiqishlardagi bo‘ylama nishabliklar ko‘pi bilan 40 ‰ qabul qilinishi kerak.
Bir tasmali chiqishlarda loyihalash bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar hisobga olingan, ko‘ndalang nishabliklari 20-60 ‰ bo‘lgan virajlar qurilishini ko‘zda tutish kerak.
Chiqishlarning bo‘ylama kesimida qabariq egriliklarning eng kichik radiuslari 14- jadvaldan hisobiy tezliklarga asoslanib qabul qilinishi kerak.
I toifali yo‘llar uchun har bir tasmasi kengligi 3,75 m bo‘lgan ikki tasmali chiqishlar loyihalanadi va egriliklarda 13-jadvalga asosan kengaytirish ko‘zda tutiladi.
5.14. Barcha toifali yo‘llar transport yechimlaridagi yo‘lo‘tkazgichlarni QMQ 2.05.03-97 bo‘yicha loyihalash kerak.
Inshootlarning yaqinlashishini belgilashda yo‘lning istiqboldagi rivojlanishini hisobga olish lozim.
Ko‘priklar, yo‘lo‘tkazgichlarning yo‘l poyi bilan tutashgan joylarida I guruh to‘siqlarini GOST 23457-86 bo‘yicha o‘rnatilishini ta’minlash uchun, ularni ko‘priklar, yo‘lo‘tkazgichlar va temir yo‘lni kesib o‘tish joylaridagi avtomobil yo‘l poyi tutashgan yerdan 30 m masofadan kam bo‘lmagan oraliqda o‘rnatish lozim.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bo‘ylama kesimda uzun to‘g‘ri qismlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaslik kerak. Ularning chegaraviy uzunligi 21-jadvalda keltirilgan.
21-jadval
|