Шаҳарсозлик нормалари ва қоидалари




Download 2,59 Mb.
bet10/35
Sana21.05.2024
Hajmi2,59 Mb.
#248915
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Bog'liq
ShNQ-2.05.02-07 lotin

Reja va bo‘ylama kesim


4.23. Yo‘lning reja va bo‘ylama kesimini loyihalashni tezlikning o‘zgarishi va cheklanishini iloji boricha kamaytirish, harakat xavfsizligi va qulayligini ta’minlash, 1.8-bandga asosan istiqbol davridan keyin yo‘lni rekonstruksiya qilish sharoitlaridan kelib chiqqan holda bajarish zarur.
Reja va bo‘ylama kesim elementlari belgilanayotganda asosiy ko‘rsatkichlar sifatida quyidagilar qabul qilinishi kerak:
bo‘ylama nishabliklar - eng ko‘pi bilan 30‰;
avtomobilning to‘xtashi uchun ko‘rish masofasi - kamida 450 m;
rejadagi egrilik radiuslari - kamida 3000 m;
bo‘ylama kesimdagi egrilik radiuslari:
qabarikda - kamida 70000 m;
botiqda - kamida 8000 m;
bo‘ylama kesimdagi egrilik uzunligi:
qabarikda - kamida 300 m;
botiqda - kamida 100 m.
Bo‘ylama kesim loyiha chizig‘i singan joyida nishabliklarning algebraik farqi I va II toifali yo‘llarda 5 ‰ va undan ortiq, III toifali yo‘llarda 10 ‰ va undan ortiq, IV, V toifali yo‘llarda 20 ‰ va undan ortiq bo‘lsa bo‘ylama egrilik hisoblanishi va loyhalanishi lozim.
Mahalliy sharoitlar sababli yo‘l atrofidagi joylardan yo‘lga odamlar va hayvonlar chiqib qolishi mumkin bo‘lsa, yo‘l katnov qismi chetidan I-III toifali yo‘llarda 25 m, IV, V toifali yo‘lda 15 m li masofada yon ko‘rinishni ta’minlab berish lozim.
4.24. Agar joy sharoitlari bo‘yicha 4.23-band talablarini bajarishga imkoniyat bo‘lmasa, yoki ularni bajarish katta qurilish xarajatlariga va ish hajmining oshishiga olib kelsa, loyihalash vaqtida 1.8-bandda ko‘rsatilganlarni hisobga olgan holda, texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida me’yorlarni kamaytirishga ruxsat etiladi. Bunda chegaraviy ruxsat etilgan me’yorlarni 4-jadvalda ko‘rsatilgan yo‘l toifasi bo‘yicha 14-jadvaldagi hisobiy harakat tezligidan kelib chiqib qabul qilish lozim.
Izohlar: 1. Agar tog‘li sharoitda II-IV toifali yo‘llar yo‘nalishini keskin o‘zgartirish zaruriyati tug‘ilsa, serpantin qurilishiga ruxsat etiladi.
2. Tog‘li joyning ayrim murakkab sharoitlarida (absolyut belgisi dengiz sathidan 3000 m dan baland bo‘lgan joylar bunga kirmaydi) uzunligi 500 m gacha bo‘lgan qismlar uchun tegishli asoslash natijasida, 1.8- bandni hisobga olgan holda, 14-jadvaldagi me’yoriy eng katta bo‘ylama nishabliklarni ko‘pi bilan 20 ‰ gacha oshirishga ruxsat etiladi.
3. I toifali yo‘llarning qatnov qismi tog‘li va past-baland joylarda ko‘tarilish va tushish yo‘nalishlari uchun alohida loyihalanayotganida tushish yo‘nalishi uchun bo‘ylama nishabliklarni ko‘tarilish nishabligiga nisbatan oshirishga ruxsat etiladi, lekin bu oshirish 20 ‰ dan oshmasligi kerak.
4. Tog‘li joylarda yo‘lning tonnellarga kelish qismi loyihanayotganda tonnel peshtog‘idan 250 m masofada yo‘lning bo‘ylama ke­sim nishabligi eng ko‘pi bilan 45 ‰ dan osh­masligi kerak.
4.25. Rejadagi egrilik radiusi 2000 m va undan kam, kelish yo‘llarining barcha toifalari uchun esa 400 m va undan kam bo‘lsa o‘tish egriliklari ko‘zda tutilishi lozim. Bunda “Manzaraviy loyihalash” bo‘limi ko‘rsatmalarini hisobga olish zarur. O‘tish egriligining eng kichik uzunligini 15-jadvaldan qabul qilish lozim.
4.26. Rejaning kichik radiusli qismlaridagi eng katta bo‘ylama nishabliklar 14-jadvaldagi me’yoriy nishabliklarga nisbatan 16-jadval asosida kamaytirilishi kerak.
4.27. Rejadagi egrilikning ichki tomonidagi ko‘rish masofasini ta’minlash maqsadida o‘rmon va butazorlardan tozalanadigan tasma kengligi, o‘yma yonbag‘rining kesilish qiymati va binolarini ko‘chirish masofasi hisoblash asosida aniqlanadi, bunda o‘yma yonbag‘ri qirqimining sathi yo‘l poyi qoshining sathi bilan bir tekislikda qabul qilinishi kerak.
4.28. Tog‘ sharoitlarida nishabligi uzoqqa cho‘zilgan qismlar uzunligini nishablikning qiymatiga qarab, lekin 17-jadvalda keltirilgan qiymatdan oshmagan holda belgilanadi.


14-jadval

Hisobiy tezlik,
km/soat

Eng katta bo‘ylama
nishablik-lar, ‰

Eng kichik qo‘rish masofasi, m

Egrilikning eng kichik radiuslari, m

rejada

bo‘ylama kesimda

To‘xtash uchun

qarama-
qarshi
avtomobilni

asosiy

tog‘li
joylarda

qabarik

botiq

asosiy
joyda

tog‘li
joylarda

150

30

300

-

1200

1000

30000

8000

4000

120

40

250

450

800

600

150008

5000

2500

100

50

200

350

600

400

10000

3000

1500

80

60

150

250

300

250

5000

2000

1000

60

70

85

170

150

125

2500

1500

600

50

80

75

130

100

100

1500

1200

400

40

90

55

110

60

60

1000

1000

300

30

100

45

90

30

30

600

600

200

Izoh: To‘xtash uchun ko‘rishning eng kichik masofasi avtomobil haydovchisi ko‘zining qatnov qism yuzasidan 1,2 m bo‘lgan balandlikdan, harakat tasmasining o‘rtasida joylashgan, balandligi 0,2 m va undan katta bo‘lgan barcha predmetlarni ko‘rishni ta’minlash kerak.
15-jadval

Aylanma egrilik radiusi, m

30

50

60

80

100

150

200

250

300

400

500

600-1000

1000-2000

O‘tish egriligi uzunligi, m

30

35

40

45

50

60

70

80

90

100

110

120

100

16-jadval



Rejadagi egrilik radiusi, m

50

45

40

35

30

Eng katta bo‘ylama nishabliklarni 14-jadvalda keltirilgan me’yorlarga nisbatan kamaytirish, ‰, kamida

10

15

20

25

30



4.29. Tog‘ yo‘llarning murakkab qismlarida uzoqqa cho‘zilgan qiyaliklarni (60 ‰ dan ortiq) bo‘ylama nishabliklari (20% va undan kam) kamaytirilgan qismlar yoki avtomobillar to‘xtashi uchun maydonchalarni kiritish, ular orasidagi masofalarni 17-jadvalda ko‘rsatilgan qiymatdan oshmaslik shartlari bilan ruxsat etiladi.
Avtomobillar to‘xtashi uchun maydonchalar o‘lchami hisoblab aniqlanadi, lekin kamida 3-5 ta yuk avtomobillariga mo‘ljallanishi kerak. Ularni joylashtirish o‘rni o‘pirilish, tosh tushish to‘xta­shi uchun xavfsiz sharoitni aniqlab va suv manbai yaqinida tanlanadi.
Nishabligi 50 ‰ dan ortiq tushish yunalishlarida, maydonchalar borligidan katiy nazar, tushish oxirida joylashgan kichik radiusli egriliklar oldida, shuningdek tushishning to‘g‘ri qismlarida har 0,8-1,0 km da avariyadan saqlovchi chiqish yo‘li ko‘zda tutilishi lozim. Avariyadan saqlovchi chiqish yo‘li elementlari avtopoezdning xavfsiz to‘xtash shartidan kelib chiqqan holda hisoblab topiladi.

17-jadval



Bo‘ylama nishablik, ‰

Dengiz sathidan balandda, m, qism uzunligi, m

1000

2000

3000

4000

60

2500

2200

1800

1500

70

2200

1900

1600

1300

80

2000

1600

1500

1100

90

1500

1200

1000

-



4.30. Serpantinlarning loyihalash me’yorlarini 18-jadval bo‘yicha qabul qilish zarur.

18-jadval



Serpantin elementlarining o‘lchamlari

Serpantinni loyihalash me’yorlari,
hisobiy harakat tezligida, km/soat

30

20

15

Rejadagi egriliklarning eng kichik radiusi, m

30

20

15

Virajdagi qatnov qismning ko‘ndalang nishabligi, ‰

60

60

60

O‘tish egriligining uzunligi, m

30

25

20

Qatnov qismini kengaytirish, m

2,2

3,0

3,5

Serpantin chegarasidagi eng katta bo‘ylama nishablik, ‰

30

35

40

Izoh: Radiusi 30 m dan kichik bo‘lgan serpantin faqat IV toifali yo‘llarda, uzunligi 11 m dan bo‘lgan avtopoezdlar harakati taqiqlangan sharoitdagina ruxsat etiladi.


4.31. Bir serpantinni tutashtiruvchi egrilik oxiri va keyingi serpantin­ni tutashtiruvchi egrilik boshi orasida­gi masofani iloji boricha kattaroq qabul kilish kerak, lekin bu masofa II-III toifali yo‘llar uchun 400 m dan va IV toifali yo‘llar uchun 300 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
4.32. Serpantinning qatnov qismini tashqi yo‘l yoqasi hisobidan 0,5 m ga kengaytirish ruxsat etiladi, qolgan qismini esa ichki yo‘l yoqasi va yo‘l poyini qo‘shimcha kengaytirish orqali amalga oshirish kerak.



Download 2,59 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Download 2,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Шаҳарсозлик нормалари ва қоидалари

Download 2,59 Mb.