|
Avtomobil yo‘llari qurilishi jarayonida buzilgan yerlar qayta tiklanishi lozim.
3.9
|
bet | 7/35 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,59 Mb. | | #248915 |
Bog'liq ShNQ-2.05.02-07 lotin3.8. Avtomobil yo‘llari qurilishi jarayonida buzilgan yerlar qayta tiklanishi lozim.
3.9. I va II toifali yo‘llar yovvoyi hayvonlar, parrandalar va suvda yashovchilarning hayoti va ko‘payishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini hisobga olib loyihalanishi kerak.
3.10. Bog‘lanmagan tuproqli (sahrolar) va tez-tez shamol bo‘lib turadigan joylarda tuproq yuzasining barqaror holati buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
OVOS tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek ZVOS loyihasini tuzishdagi hisob, baholash va bashorat qilish ma’lumotlari ”O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiat qo‘mitasi tizimida amal qiluvchi huquqiy va me’yoriy hujjatlar ko‘rsatkichi”da berilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiat qo‘mitasi tizimida amal qiluvchi me’yoriy va uslubiy hujjatlarga asoslanishi zarur. Qo‘shimcha tarzda ensiklopedik va tarixiy harakterdagi materiallar, turli vazirliklar, muassasalar va tashkilotlarning ekologiya sohasidagi ilmiy-texnik ishlanmalari va statistik ma’lumotlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
IV. ASOSIY TEXNIK ME’YoRLAR VA TRANSPORT-FOYDALANISh
KO‘RSATKIChLARI
Hisobiy tezlik va og‘irliklar
4.1. Hisobiy tezlik deb ob-havo va avtomobil shinasining yo‘l qatnov qismi yuzasi bilan tishlashishning odatdagi sharoitlarida yo‘l elementlarining ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlari mos keladigan eng noqulay bo‘laklarida yakka avtomobillarning mumkin bo‘lgan eng katta (xavfsiz va barqarorlik sharti bo‘yicha) harakat tezligi ga aytiladi.
Izoh: Avtomobil shinasining qatnov qismi yuzasi bilan me’yoriy tishlashish sharti quruk yoki namlangan toza yuza uchun 60 km/soat tezlikdagi bo‘ylama tishlashish koeffitsienti quruq holat uchun 0,6, namlangan holat uchun kamida 0,45 - havo harorati 20 0S bo‘lgan yilning yoz faslida, nisbiy namlik 50 %, metereologik ko‘rinish masofasi 500 m dan ortiq, atmosfera bosimi 760 mm simob ustuniga teng bo‘lgan shamolsiz sharoitda ta’minlanadi.
Reja va bo‘ylama kesim elementlarini loyihalash uchun hisobiy harakat tezliklarini yo‘lning toifasiga ko‘ra 4-jadval bo‘yicha qabul qilish kerak.
Past-baland va tog‘li joyning murakkab qismlari uchun 4-jadvalda belgilangan hisobiy tezliklarni loyihalanayotgan yo‘lning har bir aniq qismi uchun mahalliy sharoitni hisobga olgan tegishli texnik-iqtisodiy asoslash natijasida qabul qilishga ruxsat etiladi.
4-jadval
Yo‘lning toifaasi
|
Hisobiy tezlik, km/soat
|
asosiylari
|
joyning murakkab qismlarida ruxsat etilganlari:
|
past-baland
|
tog‘li
|
Ia
|
150
|
120
|
80
|
Ib
|
120
|
100
|
60
|
II
|
120
|
100
|
60
|
III
|
100
|
80
|
50
|
IV
|
80
|
60
|
40
|
V
|
60
|
40
|
30
|
Izoh: 1. Past-baland joyning murakkab qismlariga yon bag‘irlari mustahkam bo‘lmagan chuqur dara va jarliklari mavjud, 0,5 km dan uzun bo‘lmagan masofadagi balandlik belgisi farqi 50 m dan katta bo‘lgan, tez-tez takrorlanib turadigan chuqur vodiy va suv ayirgichlar bilan kesilgan relef kiradi. Tog‘li joyning murakkab qismlariga tog‘ cho‘qqilaridan o‘tgan dovon qismlar va murakkab, egri-bugri yoki mustahkam bo‘lmagan yon bag‘irli tog‘ daralari kiradi.
2. Shaharga kirish yo‘llarini loyihalashda avtomobil yo‘li trassasi bo‘yida qimmatli kapital inshootlar, o‘rmon massivlari, shuningdek qimmatbaho qishlok xo‘jalik ekinlari va bog‘lar mavjud bo‘lgan hollarda, tegishli texnik-iqtisodiy asoslarga muvofiq (1.8-bandga asosan) 4-jadvalda past-baland joylar uchun belgilangan hisobiy tezliklarni qabul qilishga ruxsat etiladi.
Avtomobil yo‘llarining yonma-yon qismlarida hisobiy tezliklar 20 % dan ko‘pga farq qilmasligi kerak.
4.2. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari yo‘l to‘shamasining mustahkamligini hisoblashda avtomobilning eng ko‘p yuklangan yakka o‘qidagi og‘irlik I-II toifa uchun 130 kN (13 ts), III-V toifa uchun 100 kN (10 ts) qabul qilinadi.
4.3. Yo‘l to‘shamasi mustahkamligining 4.2-bandda ko‘rsatilgan og‘irliklarga hisoblash yo‘l to‘shamasi tuzilmasini belgilash va hisoblash bo‘yicha qo‘llanmalarga binoan va 7-bo‘lim ko‘rsatmalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
|
| |