Turli transport vositalari harakat jadalligini yengil avtomobilnikiga keltirish koeffitsientlari 3-jadval bo‘yicha qabul qilinadi. 1.4




Download 2,59 Mb.
bet4/35
Sana21.05.2024
Hajmi2,59 Mb.
#248915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
ShNQ-2.05.02-07 lotin

1.3. Turli transport vositalari harakat jadalligini yengil avtomobilnikiga keltirish koeffitsientlari 3-jadval bo‘yicha qabul qilinadi.
1.4. Hisobiy harakat jadalligi sifatida, iqtisodiy izlanish ma’lumotlari asoslanib ikki yo‘nalish yig‘indisini qabul qilish lozim. Bunda hisobiy deb yo‘lning belgilangan vazifasiga qarab hisobiy mavsum (yoz, kuz, bahor) yoki oy istiqbol davrining oxirgi yilidagi sutkalik o‘rtacha harakat jadalligi qabul qilinadi. Shuningdek, hisobiy harakat jadalligi sifatida istiqbol davrning ohirgi yilidagi 50 soat ichida yetishiladigan (yoki oshadigan) bir soatlik eng katta jadallikni hisobiy yengil avtomobillar jadalligiga keltirilgani qabul qilinadi.
1.5. Hisobiy harakat jadalligi va vazifaviy belgilanishi bo‘yicha tur­li yo‘l toifasi talab qilinsa, loyihada nisbatan yuqori bo‘lgan yo‘l toifasi qabul qilinishi lozim.

3-jadval


Transport vositalarining turi

Keltirish koeffitsenti

Yengil avtomobillar

1,0

Kajavali motosikllar

0,75

Motosikl va mopedlar

0,5

Yuk avtomobillari, ko‘tarish imkoniyatiga ko‘ra, t:




2,0

1,5

6,0

2,0

8,0

2,5

14,0

3,0

14,0 dan ortiq

3,5

Avtopoezdlar, ko‘tarish imkoniyatiga ko‘ra, t :




12,0

3,5

20,0

4,0

30,0

5,0

30,0 dan ortiq

6,0

G‘ildirakli traktor poezdlari:




1 ta tirkamali

3,0

2 ta tirkamali va qishloq xo‘jaligi mashinalari

3,5

3 ta tirkamali

5,5

4 ta tirkamali

9,0

Izoh: 1. Transport vositalari yuk ko‘tarish imkoniyatining oraliq qiymatidagi keltirish koef­fitsientini interpolyatsiya usuli bilan aniqlanishi lozim.
2. Avtobuslar va maxsus avtomobillar yuk ko‘tarish imkoniyatining keltirish koeffitsi­enti yuk ko‘tarish imkoniyati muvofiq keladigan asosiy avtomobillarnikidek qabul qilinishi lozim.
3. Tog‘li va past-baland joylar uchun yuk avtomobillari, avtomobil va traktor tirkamalari uchun keltirish koeffitsenti 1,2 marotaba oshirilishi lozim.
1.6. Yo‘lning toifasini belgilashda, reja, bo‘ylama va ko‘ndalang kesimlar elementlarini loyihalashda istiqbol davrni 20 yilga teng deb qabul kilish lozim.
Yo‘l to‘shamasini loyihalashda istiqbol davrini ta’mirlasharo muddatlarni hisobga olib qabul qilish lozim.
Hisobiy istiqbol davrining boshlang‘ich yili deb yo‘l (yoki uning alohida qismi) qurilishining boshlanish yili qabul qilinadi.
1.7. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari quyidagi o‘lchamli transport vositalarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan: uzunligi bo‘yicha - yakka avtomobillar 12 m gacha, avtopoezdlar va g‘ildirakli traktor poezdlari 24 m gacha, kengligi bo‘yicha - 2,5 m gacha, balandligi bo‘yicha - 4 m gacha.
1.8. Loyihalarda yo‘lni joyda o‘tkazish, reja, bo‘ylama va ko‘ndalang kesimlar elementlari va ularning o‘zaro uyg‘unlashishi, kesishmalar va tutashmalarning turlari, yo‘l to‘shamasi va yo‘l poyi tuzilmalari bo‘yicha qabul qilinayotgan asosiy texnik yechimlar mehnat unumdorligini oshirish, qurilish materiallari va yoqilgi-energetik manbalarni tejashga zamin yaratishi lozim. Ularni texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari taqqoslanadigan variantlar ishlab chiqish bilan asoslab berish kerak: qurilish bahosi, yo‘lni ta’mirlash va saqlash xarajatlari, qurilishda va foydalanishda atrof tabiiy muhitga ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlar, transport xarajatlari (avtomobil shinasi va qismlarining yeyilishi, yoqilg‘i sarfi), tashish tannarxi, harakat xavfsizligi va qulayligi, yo‘llar xizmat ko‘rsatayotgan xo‘jalik va yo‘l bo‘yidagi hududlarning ishlab chiqarish sharoitlarining o‘zgarishi va boshqa omillar. Yangi yo‘llarni mavjud yo‘llar yoki ularning ayrim qismlaridan foydalanib loyihalashda mavjud yo‘llarning keyingi foydalanilmaydigan bo‘laklari band qilib turgan yerlarni qishloq xo‘jaligida foydalanishga yaroqli qilish uchun sarflanadigan xarajatlarni inobatga olish kerak.
1.9. Yo‘l qurilishi murakkab muhandis-geologik sharoitda olib borilganda, yo‘l poyining mustahkamlanish muddati yo‘l qurilish muddatidan ortiq bo‘lsa yo‘l to‘shamasini qurish bosqichma-bosqich amalga oshirilishiga ruxsat beriladi.
1.10. I-III toifali avtomobil yo‘llari asosan aholi punktlarini aylanib o‘tgan holda, ularga kirish yo‘llari qurish bilan o‘tkaziladi. Bunda aylanma yo‘lning poyi qoshidan aholi punkti qurilish chizig‘igacha bo‘lgan masofa bosh reja asosida, lekin kamida 200 m uzunlikda qabul qilinishi lozim.
Ayrim hollarda texnik-iqtisodiy hisoblar asosida I-III darajali yo‘llarni aholi punktlaridan olib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lsa, ularni ShNQ 2.07.01-03 talablari asosida loyihalash lozim.
1.11. Magistrallarning shaharlarga kirish qismlari uzunligi (magistrallarning bosh qismi) shahar aholisining soniga karab quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniklanishi lozim:
shahar aholisining soni, mln. odam: 0,5-1,0 1,0-2,0 2,0-4,0
magistrallar bosh qismining uzunligi, km: 5-10 10-15 15-20.
1.12. Ko‘p tasmali yo‘llardagi harakat tasmalari soni, atrof-muhitni himoya qilish tadbirlari, yo‘llarning kesishma va tutashmalari, yo‘l to‘shamasi tuzilmalari, jihozlash elementlari, muhandislik jihozlari (shu jumladan to‘siklar, velosiped yo‘lakchalari, yoritish va aloqa vositalari), yo‘l va avtotransportga xizmat qiluvchi bino va inshootlar tarkibi, bir vaqtda bo‘ladigan xarajatlarni kamaytirish maqsadida, harakat jadalligining o‘sishi va ularni bosqichma-bosqich qurilishini inobatga olib qabul qilinishi kerak.
1.13. Avtomobil yo‘llarini loyiha­lashda shakllangan geologik, gidrogeologik, ekologik va boshqa tabiiy sharoitlarga iloji borishcha zarar keltirmaydigan atrof-muhitni muhofaza qi­lish tadbirlarini ko‘zda tutish zarur. Tadbirlarni ishlab chiqishda qimmatbaho qishloq xo‘jalik yerlari, mozorlar, machitlar va boshqa diniy imoratlap va inshootlar, shuningdek dam olish mintaqalari, qo‘riqxonalar, davolash-prafilaktika muassasalari va sanatoriylar joylashgan joylarni hisobga olish kerak.
Transport vositalarining atrof-muhitga ta’sirini (shovqin, titrash, is gazi va faralarning ko‘zni qamashtiruvchi ta’siri) hisobga olish lozim. Avtomobil yo‘li trassasini tanlash, keng ko‘lamdagi bir-biriga uzviy bog‘lik bo‘lgan texnik, iqtisodiy, ergonomik, estetik, ekologik va boshqa omillarni hisobga olgan variantlarni solishtirishga asoslanishi zarur.
1.14. Avtomobil yullari, yo‘l va avtotransport xizmati bino va inshootlari, suvni chetga chiqaruvchi, himoya va boshqa inshootlar, yo‘l bo‘ylab ketadigan kommunikatsiyalar uchun mintaqa ajratish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan amalga oshiriladi.
Avtomobil yo‘li qurilishi davrida trassabo‘yi konlari va zahiralari, quruvchilarning vaqtinchalik shaharchasi, ishlab chiqarish korxonalari, shahobcha yo‘llar va qurilish uchun boshqa zaruratlarni joylashtirishga ajratilgan yer maydonlari yo‘l qurilishi, qurilish materiallarini ishlab chiqarish va boshqa ishlar vaqtida buzilgan yerlarni tiklash bo‘yicha amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos holatga keltirilgandan co‘ng yerdan foydalanuvchilarga qaytarilishi lozim.



Download 2,59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Download 2,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turli transport vositalari harakat jadalligini yengil avtomobilnikiga keltirish koeffitsientlari 3-jadval bo‘yicha qabul qilinadi. 1.4

Download 2,59 Mb.