Tezlikni o‘zgartirish tasmalari




Download 2,59 Mb.
bet14/35
Sana21.05.2024
Hajmi2,59 Mb.
#248915
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
ShNQ-2.05.02-07 lotin

Tezlikni o‘zgartirish tasmalari


5.22. Tezlikni o‘zgartirish tasmalari I-III toifali yo‘llarning bir sathda kesishmalari va tutashmalaridan chiqishda, shuningdek yo‘l bo‘yida joylashgan bino va inshootlarga kelish joylarida quyidagi holatlarda ko‘zda tutilishi lozim:
Ia toifali yo‘llarda barcha holatlarda; Ib toifali yo‘llarda chiqayotgan yoki kirayotgan harakat jadalligi 50 kelt.don/sut va ortiq bo‘lganda (tezlikni kamaytirish yoki oshirish tasmalari uchun mos ravishda); II va III toifali yo‘larda 100 kelt.dona/sut va ortiq bo‘lganda.
Harakat jadalligidan qat’iy nazar turli sathlardagi transport yechimlarida tezlikni o‘zgartirish tasmalari, I-III toifali yo‘llapga chiqish yo‘llari uchun majburiy element hisoblanadi.
I-IV toifali yo‘llar tezlikni o‘zgartirish tasmalarini avtobus va trolleybus bekatlari joylashtirilgan maydonchalaplarda, I-III toifali yo‘llarda esa avtomobillapga yonilg‘i quyish joyi va dam olish maydonchalari yaqinida ham joylashtirishni ko‘zda tutish lozim.
HXDXO postlari va nazorat-dispetcherlik punktlari yaqinida 4.5-bandga asosan uzunligi tezlikni oshirish va kamaytirish tasmalarining me’yorlaridagi to‘xtash tasmalari ko‘zda tutilishi kerak.
5.23. Tezlikni o‘zgartirish tasmalari uzunligi 28-jadval bo‘yicha qabul qilinadi.
Sekinlashish tasmalarini 0,5 m kattalikdagi chekinish bilan to‘g‘rilab boriladi. Chiqishda tezlikni o‘zgartirish tasmasi oxirining ko‘rinishi ta’minlanishi kerak.

28-jadval



Yo‘l toifasi



Bo‘ylama nishablik, ‰

To‘liq kenglikdagi tasma uzunligi, m

Tezlashish va sekinlashish tasmalarini to‘g‘rilash
uzunligi, m

tushishda

ko‘tarilishda

tezlashishda

sekinlashishda

I va II

40
20
0
-
-

-
-
0
20
20

140
160
180
200
230

110
105
100
95
90

80
80
80
80
80

III

40
20
0
-
-

-
-
0
20
40

110
120
130
150
170

85
90
75
70
65

60
60
60
60
60

IV

40
20
0
-
-

-
-
0
20
40

30
35
40
45
50

50
45
40
35
30

30
30
30
30
30

Izoh: Tezlikni o‘zgartirish tasmalarining burilayottan avtomobillar uchun alohida qatnov qismiga ega bo‘lgan chiqishlar bilan tutashishida to‘liq kenglikdagi tezlikni o‘zgartirish tasmalarining uzunligini chiqishdagi hisobiy tezliklarga ko‘ra Ib va II toifali yo‘llarida kamida 50 m ga va III toifali yo‘llarida 30 m ga qisqartirishga ruxsat etiladi.


5.24. “Beda bargi” turidagi transport yechimlarining I va II toifali yo‘llardagi chapga chiqishlar uchun tezlikni o‘zgaptirish tasmalarini murakkab chiqishlar ko‘rinishida - yo‘lo‘tkazgich bilan birgalikdagi yagona uzunlikda loyihalash lozim.
Ia toifali avtomobil yo‘llarining rejadagi to‘g‘ri va gorizontalga yaqin qismida sekinlashishish tasmalari uzunligi 29-jadvaldan aniqlanishi kerak.
5.25. Tezlikni o‘zgartirish tasmalari kengligini qatnov qismning asosiy tasmalari kengligida qabul qilish zarur.
Tezlikni o‘zgartirish tasmalariga yondosh yo‘l yoqasining mustahkamlangan tasmalari 5-jadvalga asosan bajarilishi kerak.
5.26. I-III toifali yo‘llarda kesishma va tutashmalar joylarida tutashuvchi egriliklardan oldin va avtobus bekatlarida to‘xtash maydonchalari tashqarisida 20 m uzunlikda tezlikni o‘zgartirish tasmalarini asosiy harakat tasmalaridan I va II toifali yo‘llar uchun 0,75 m va III toifali yo‘llap uchun 0,5 m kenglikdagi ajratuvchi tasma bilan ajratiladi.
Bu ajratuvchi tasmalar yondosh harakat tasmalari bilan bir sathda ko‘zda tutilishi va belgi chiziqlari bilan ajratilishi lozim.
II va III toifali yo‘llarning bir sathda kesishma va tutashmalarida chapga burilishlar uchun sekinlashish tasmalarini yondosh tasmalar sathida joylashtirilgan va belgi chiziqlari bilan ajratilgan yo‘naltiruvchi orolchalar bilan qurishni ko‘zda tutish tavsiya qilinadi.



Download 2,59 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Download 2,59 Mb.