Шаҳарсозлик нормалари ва қоидалари




Download 2,59 Mb.
bet11/35
Sana21.05.2024
Hajmi2,59 Mb.
#248915
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
Bog'liq
ShNQ-2.05.02-07 lotin

Landshaftli loyihalash


4.33. Yo‘lning o‘q chizig‘ini reja, bo‘ylama va ko‘ndalang kesimlar zlementlarini o‘zaro va atrof landshafti bilan fazodagi ravon chiziq singari uyg‘unlashtirib, ularni yo‘ldagi harakat sharoitlari va ko‘rinishiga ta’sirini baholab loyihalash kerak. Ko‘rish yaqqolligini baholash uchun yo‘lning uch o‘lchamdagi perspektiv tasvirlarini qurish tavsiya etiladi.
I-II toifali yo‘llarda bo‘ylama nishabliklar, rejadagi va bo‘ylama kesimdagi egriliklar birga kelishi “o‘prilish” taassurotini paydo qilsa, bunday o‘lchamlarning birga ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
4.34. Rejadagi va bo‘ylama kesimdagi egriliklar birgalikda joylashishi lozim. Bunda rejadagi egriliklar bo‘ylama kesimdagi egriliklardan 100-150 m uzun bo‘lib, egrilik cho‘qqilarining siljishi kichik egrilikning 1/4 uzunligidan katta bo‘lmasligi kerak.
Rejadagi egrilik oxiri bilan bo‘ylama kesimdagi egrilik boshining tutashishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ular orasidagi masofa 150 m dan kam bo‘lmasligi shart. Agar uzunligi 500 m dan va qiyaligi 30 ‰ dan ortiq bo‘lgan rejadagi egrilik tushishning oxirida joylashgan bo‘lsa, uning radiusini 14-jadvalda keltirilgan qiymatlarga nisbatan 1,5 marotaba oshirib, tushish oxirida rejadagi egrilik bilan bo‘ylama kesimdagi botiq egrilikning birligini ta’minlash zarur.
4.35. Rejadagi to‘g‘ri qismlar uzunligini 19-jadvalga asosan chegaralash zarur.
Rejadagi tutashuvchi kichik egriliklar orasidagi to‘g‘ri qismlar uzunliklari yig‘indisini ham chegaralash lozim.
19-jadval

Yo‘l toifasi





Rejadagi to‘g‘ri qismning chegaraviy uzunligi, m

tekis joyda

past-baland joyda

I
II - III
IV - V

3500-5000
2000-3500
1500-2000

2000-3000
1500-2000
1500

Izoh: Katta uzunlikdagi to‘g‘ri qismlar aksariyat yengil avtomobillar harakatida, kichigi - yuk avtmobillari harakatida ruxsat etiladi.
4.36. Rejadagi yonma-yon joylash­gan egrilik radiuslarining farqi 1,3 martadan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Egriliklar tutashuvidagi yonma-yon o‘tish egriliklarini bir xil o‘lchamda belgilash tavsiya etiladi
4.37. Yo‘lning rejadagi kichik burilish burchaklarida aylanma egrilik radiuslarini 20-jadval bo‘yicha qabul qilish tavsiya qilinadi:
20-jadval

Burilish burchagi, grad.

1

2

3

4

5

6

7-8

Aylanma egrilikning eng kichik radiusi, m

30000

20000

10000

6000

5000

3000

2500



4.38. Rejada bir tomonga yo‘nalgan ikki egrilik orasida o‘lcham kichik to‘g‘ri qism joylashtirish tavsiya etilmaydi. Uning uzunligi 100 m dan kam bo‘lganida ikkala egrilikni katta radiusli bitta egrilik bilan almashtirish, uzunligi 100-300 m bo‘lganida to‘g‘ri qismni katta uzunlikdagi o‘tish egriligi bilan almashtirish tavsiya etiladi. To‘g‘ri qism yo‘l o‘qining alohida elementi sifatida uning uzunligi I va II toifali yo‘llar uchun 700 m dan ortiq, III va IV toifali yo‘llar uchun 300 m dan ortiq bo‘lganda ruxsat etiladi.

Download 2,59 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Download 2,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Шаҳарсозлик нормалари ва қоидалари

Download 2,59 Mb.