Шаҳарсозлик нормалари ва қоидалари




Download 2,59 Mb.
bet9/35
Sana21.05.2024
Hajmi2,59 Mb.
#248915
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
ShNQ-2.05.02-07 lotin

Izoh: Virajlar ko‘ndalang nishabliklarning kichik qiymatlari egrilikning katga radiusiga mos keladi va aksincha.

I toifali yo‘llarda virajlarni turli yo‘nalishdagi qatnov qismlar uchun alohida ko‘nda­lang nishabliklar bilan va ajratuvchi tasmalarning ko‘ndalang nishabligini zaruriy o‘zgartirishlar kiritgan holda loyihalash zarur.


Virajda yo‘l yoqasining ko‘ndalang nishabligi yo‘lning qatnov qismi nishabligi bilan bir xil qabul qilinishi lozim. Ikki nishabligi kesimdagi yo‘l yoqasining me’yoriy nishabligidan qatnov qism nishabligiga o‘tish virajga o‘tish boshlanishigacha 10 m masofada amalga oshiriladi.
Qatnov qismi tashqi chetining qo‘shimcha bo‘ylama nishabligi virajga o‘tish qismining loyhaviy bo‘ylama nishabligiga nisbatan quyidagi qiymatlardan oshmasligi kerak:
I-II toifali yo‘llar uchun - 5 ‰;
III-V toifali, tekis joyda - 10 ‰;
III-V toifali, tog‘li joyda - 20 ‰.
4.22. Rejadagi egrilik radiusi 1000 m va undan kam bo‘lganda qatnov qismining ichki tomonini yo‘l yoqasi hisobidan kengaytirishni, bunda yo‘l yoqasining kengligi I va II toifali yo‘llar uchun kamida 1,5 m ni va qolgan yo‘llar uchun kamida 1,0 m ni tashkil qilishi kerakligini ko‘zda tutish zarur.
Egriliklardagi ikki tasmali yo‘lning qatnov qismini to‘la kengaytirish qiymati 13-jadval bo‘yicha qabul qilinishi lozim.
Yo‘l yoqasi kengligi qatnov qismini kengaytirish uchun yetarli bo‘lmagan hollarda yo‘l poyini tegishlicha kengaytirish ko‘zda tutilishi lozim. Qatnov qismini kengaytirish o‘tish egriligi boshidan uning uzunligiga proporsional holda bajarilib, aylanma egrilik boshlanishida to‘liq kengaytirish qiymatiga erishilishi kerak.
To‘rtta va undan ortik harakat tasmasi bo‘lgan yo‘llar qatnov qismini to‘liq kengaytirish qiymati tasmalar soniga muvofiq 13-jadvaldagi me’yorga nisbatan oshirilishi kerak, bir tasmaligi uchun esa me’yorga nisbatan ikki marta kamaytiriladi.
Tog‘li joylarda, istisno, tariqasida rejadagi egrilikda qatnov qismini kengaytirish qisman egrilikning tashqi tomonida bajarilishi mumkin.
13-jadval

Rejadagi
egrilik radiuslari,
m

Avtomobil va avtopoezdlarning oldi bamperidan orqa o‘qigacha bo‘lgan masofadagi, m, kengaytirish qiymati, m

avtomobillar - 7 va kichik,
avtopoezdlar -11 va kichik

13

15

18

1000
850
650
575
425
325
225
140
95
80
70
60
50
40
30

-
-
0,4
0,5
0,5
0,6
0,8
0,9
1,1
1,2
1,3
1,4
1,5
1,8
2,2

-
0,4
0,5
0,6
0,7
0,8
1,0
1,4
1,8
2,0
2,2
2,8
3,0
3,5
-

-
0,4
0,5
0,6
0,7
0,9
1,0
1,5
2,0
2,3
2,5
3,0
3,5
-
-

0,4
0,5
0,7
0,8
0,9
1,1
1,5
2,2
3,0
3,5
-
-
-
-
-

Izoh: Agar transport oqimidagi qishloq xo‘jaligi mashinalari va traktor poezdlari 5 % dan ko‘p va egrilik radiuslari 650-250 m bo‘lganda 2-ustunda ko‘rsatilgan qiymatlarni 0,1-0,7 m ga oshirish lozim. Rejadagi egrilikning radiusi 250 m va undan kichik bo‘lsa, egrilik hududida yo‘l yoqasini butun kengligi bo‘yicha mustahkamlash kerak.

Qatnov qismi 2-3 m dan ko‘proq kengaytiriladigan egriliklarni qabul qilish maqsadga muvofiqligini, bunday kengaytirishlar talab qilinmaydigan oshirilgan rejadagi egrilik radiuslari bilan solishtirib loyihada asoslash lozim.



Download 2,59 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Download 2,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Шаҳарсозлик нормалари ва қоидалари

Download 2,59 Mb.