Yo‘l poyining ustki qismi (ishchi qatlam)




Download 2,59 Mb.
bet17/35
Sana21.05.2024
Hajmi2,59 Mb.
#248915
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
Bog'liq
ShNQ-2.05.02-07 lotin

Yo‘l poyining ustki qismi (ishchi qatlam)


6.11. Yo‘l poyining ustki qatlamini va yo‘l to‘shamasining mustahkamligini va barqarorligini ta’minlash uchun qoplama yuzasining yer osti suvlarining hisobiy sathidan, yer yuzasidagi suvlar yoki uzoq muddat (30 sutkadan ortiq) turuvchi yer yuzasi suvlaridan, shuningdek yuzasidan oqib ketish ta’minlanmagan yer qismlaridan yoki qisqa muddat (30 sutkadan kam) turuvchi yuza suvlari sathidan ko‘tarilishi qiymati 31-jadval talablariga javob berishi lozim.
6.12. Lessimon tuproqlarda yo‘l to‘shamasi qoplamasi yuzasining yer osti suvlari sathidan ko‘tarilishi ularning zichlanishidagi namligi va talab qilingan zichlik koeffitsientiga qarab 32-jadval bo‘yicha qabul qilinadi.
6.13. Yonbag‘ir nishabliklari 1:1,5 dan kam, shuningdek bermalar bilan loyihalanayotgan ko‘tarmalar qoplama yuzasining ko‘tarilishini hisob asosida aniqlashga ruxsat etiladi.
Ishchi qatlamda turli tuproqlar mavjud bo‘lganda ko‘tarilish eng yuqori ko‘tarilish qiymati talab qilinadigan tuproq bo‘yicha qabul qilinadi.
31-jadval

Ishchi qatlam tuprog‘i

Yo‘l-iqlim mintaqalar doirasida qoplama yuzasining eng kam ko‘tarilishi, m

I

II

III

IV

Mayda qum, yengil yirik supes, yengil supes

0,5/0,3

0,6/0,4

0,4/0,2

0,9/0,7

Changsimon qum, changsimon supes

0,8/0,5

1,0/0,6

,7/0,4

1,2/0,9

Yengil suglinok, og‘ir suglinok,
loylar

1,1/0,8

1,3/1,0

1,0/0,7

1,5/1,2

Og‘ir changsimon supes, yengil changsimon suglinok, og‘ir changsimon suglinok

1,2/0,8

1,4/1,0

1,1/0,7

1,6/1,2

Izohlar: 1. Suratda - qoplama yuzasining yerosti suvlari sathidan, yer yuzasidagi suvlardan yoki uzoq muddat (30 sutkadan ortiq) turadigan yer yuzasidagi suvlardan ko‘tarilishi, maxrajda - xuddi shunday, oqib ketish ta’minlanmagan qismlar yoki qisqa muddat (30 sutkadan kam) turuvchi yer yuzasidagi suvlar sathidan ko‘tarilishi.
2. Yerosti suvlarining hisobiy sathi deb qoplamalar mustahkamligini tiklash (mukammal ta’mirlash) o‘rtasidagi davrga to‘g‘ri keluvchi bahor paytidagi (dalalarni yuvishdan keyingi) eng katta sathni olish kerak. Yerosti suvlarning hisobiy sathini viloyatlardagi ilmiy-tadqiqot va yo‘l-loyiha institutlarning qidirish ishlari davrida qisqa muddatli bir marta o‘lchangan ma’lumotlari va bashoratlari bo‘yicha belgilash lozim. Bunday ma’lumotlar bo‘lmaganda, shuningdek eng katta suv mavjud bo‘lsa hisobiy sath uchun tuproqlarning loylanishi ustki chizig‘ida bo‘yicha aniqlangan sathni olishga ruxsat etiladi.

Download 2,59 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Download 2,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yo‘l poyining ustki qismi (ishchi qatlam)

Download 2,59 Mb.