Murakkab sharoitlardagi yo‘l poyi




Download 2,59 Mb.
bet20/35
Sana21.05.2024
Hajmi2,59 Mb.
#248915
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Bog'liq
ShNQ-2.05.02-07 lotin

Murakkab sharoitlardagi yo‘l poyi


6.34. Tog‘ yonbag‘irlaridagi yo‘l po­yi tuzilmasini o‘sha tog‘ yonbag‘ri­ning ham tabiiy ham yul qurilgandan keyingi barqarorligini tegishli hisoblar bilan asoslash lozim.Qiyaligi 1:3 dan katta mustahkam tog‘ yonbag‘irlarida yo‘l poyini, odatda tog‘ yonbag‘irlarida kesilgan tokchalarda joylashtirish lozim.
Qiyaligi 1:10-1:5 bo‘lgan yonbag‘irlarda yo‘l poyini odatda asoslarda pog‘onalar qurilmaydigan ko‘tarmalar ko‘rinishida loyihalash lozim.
Qiyaligi 1:5-1:3 bo‘lgan yonbag‘irlarda yo‘l poyini ko‘tarma, yarim ko‘tarma, yarim o‘yma ko‘rinishida yoki tokchalarda qurish lozim.
Ko‘tarma va yarim ko‘tarma, yarim o‘yma asoslarida kengligi 3-4 m va balandligi 1 m gacha bo‘lgan pog‘onalar qurish lozim.
Kam nuraydigan qoya tog‘ jinsli yonbag‘irlarda pog‘onalar qurilmaydi.
Zaruriyat bo‘lganida yo‘l poyi va u joylashgan yonbag‘irlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha odatda tadbirlar majmui ko‘zda tutilishi lozim (drenaj qurilmasi, yuza suvlarini chetlatish, tirgovchi inshootlar, yonbag‘ir shaklini o‘zgartirish va boshqalar).
6.35. Yo‘l poyi o‘piriluvchan tog‘ yonbag‘irlarida loyihalanganda mahalliy sharoitlarni hisobga olib, oqizoq va o‘pirilish jarayonlarining kelib chiqishi va rivojlanishiga kelishiga sabab bo‘luvchi tabiiy omillarni o‘piriluvchi massivlarga zararli ta’sirlarini kamaytirishni yoki bartaraf etishni ko‘zda tutish lozim.
O‘pirilishga qarshi tadbirlarni loyihalash oldin o‘piriluvchi tog‘ yonbag‘irlarini aylanib o‘tish yoki ancha qulay sharoitlarda, shu jumladan estakadalar yoki tonnellar bilan kesib o‘tish variantlarini ko‘rib chiqish lozim.
Barqaror bo‘lmagan tog‘ yonbag‘irlarini aylanib o‘tish mumkin bo‘lmaganda yoki ularni aylanib o‘tish texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaganda yo‘l o‘qini bunday tog‘ yonbag‘irlarida joylashtirishga ruxsat etiladi.
6.36. Suv bosadigan qayir qismlar, suv havzalarini kesib o‘tish va ko‘prik inshootlariga kirishdagi ko‘tarmalarni suv bosish davrida suv to‘lqini ta’sirini, shuningdek gidrostatik va yemirilish ta’sirini hisobga olib loyihalash lozim.
Ekspluatatsiya davrida bunday joylardagi yonbag‘irlarni ta’mirlash va mustahkamlashni ta’minlash uchun texnik-iqtisodiy asoslanlanganda kengligi kamida 4 m bo‘lgan bermalar qurilishini ko‘zda tutish mumkin.
6.37. Ko‘tarmalarni bo‘sh asoslarda loyihalashda hisoblash asosida bo‘sh tuproqlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlovchi maxsus tadbirlar belgilanishi lozim (yonbag‘irlarning yotiqligini ta’minlash, yonbosh prizmalar qurish, vaqtinchalik ortiq yuklanish, ko‘tarma qurish tartibini reglamentlashtirish, tik drenajlar, tuproqli-qoziq drenajlar, qoziqli asoslar qurish, yengil ko‘tarmalar qurish, geotekistil qatlamlar bilan ko‘tarmani armaturalash va boshqalar).
6.38. Ayrim o‘zgacha tuproqlarda o‘yma yoki ayrim o‘zgacha tuproqlardan foydalanib ko‘tarmalarni loyihalashda yo‘l poyini buzilishdan saqlash bo‘yicha loyihada tadbirlar ko‘zda tutilishi lozim (bunday tuproqli qatlamlarni qalinligi va joylashishi bo‘yicha chegaralash, barqaror tuproqlardan himoyalovchi qatlamlar qurish, armaturalash, boshqa qatlam va hokazolar).
6.39. Sho‘r tuproqlar tarqalgan hududlarda yo‘l poyi majburiy 2-ilovaning 4-5-jadvallariga asosan aniqlanadigan sho‘rlanish darajasini hisobga olgan holda loyihalanishi kerak.
Sho‘rlanmagan tuproqlar me’yorlariga rioya qilinganida ko‘tarma va shu jumladan ishchi qatlam uchun kam va o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlardan foydanishga ruxsat etiladi.
Ishchi qatlamni o‘ta namlanishdan saqlovchi majburiy tadbirlar ko‘rilganida kuchli va o‘rta sho‘rlangan tuproqlar namlanishi bo‘yicha II-turga mansub mintaqalarda ko‘tarma, shu jumladan ishchi qatlami materiali sifatida foy-alanishga yaroqlidir.
Namlangan sho‘rxok tuproqli bo‘laklarda yo‘l poyini bo‘sh asosli ko‘tarmalarga qo‘yiladigan talablarga rioya qilgan loyihalash lozim.
6.40. Ko‘chma barxan qumli hududlarda yo‘l poyi tuzilmasini eng kam qum bosmaslik sharoitini ta’minlovchi joy relefini hisobga olib, aksariyat hollarda ko‘tarma ko‘rinishida loyihalash lozim. Bunda joyning relefi, shamolning tezligi va yo‘nalishi, yuzani o‘smliklar bilan mustahkamlanganligi, qum zarralari tarkibi va boshqa omillarga bog‘liq qumlarning ko‘chish darajasini hisobga olib kamida 50-150 m kenglikdagi tasmada yo‘l poyini sovrulmaslik va qum bosishidan saqlovchi tadbirlar ko‘zda tutilishi lozim.
Kichik ko‘chma shakldagi qumli tekis va yassi to‘lqinsimon relefda yo‘l poyini chuqurligi 0,2 m gacha bo‘lgan zahiralardan balandligi 0,5-0,6 m ko‘tarma ko‘rinishida loyihalash zapup.
Baland-past relefda yoki biror barxan tizimidan yo‘l poyi sifatida foydalanilganda ko‘tarmani himoya tasmasi chegarasida joylashgan ko‘proq ko‘tarilib turgan qo‘shni barxan tizimlari va atrofdagi barxanlardan past bo‘lmagan sathda loyihalash zapup..
Relefning yirik shaklli sharoitlarida yo‘l o‘qini yo‘lning yo‘nalishiga qarab relefning cho‘zilgan shakllari bo‘ylab 0,6-0,9 m balandlikdagi ko‘tarma ko‘rinishida, ko‘ndalang barxan qatorlari va tizimlari bo‘lganda almashinuvchi ko‘tarmalar va qisqa o‘ymalar ko‘rinishida loyihalash zarur.
Tekislik va barxanlar oralig‘idagi pastliklar chegarasida quyidagilar ko‘zda tutilishi kerak:
yo‘l poyining ikki tomonida 15-40 m kenglikdagi tasmani tekislash;
yo‘lga ajratilgan mintaqa chegarasi tashqarisidagi ko‘chma relefni 200 m gacha kenglikda mustahkamlash.
Balandligi 2 m gacha bo‘lgan ko‘tarmalar yonbag‘rini 1:3-1:4 qiyalikda loyihalash lozim. I-II toifali, shuningdek o‘ta yuqori faollikdagi shamol sharoitida boshqa toifadagi yo‘llar uchun yotiqroq yoki o‘zgaruvchan qiyalikli yonbag‘irlar belgilanadi. Balandligi 2 m dan ortiq ko‘tarmalar yonbag‘irlari odatda 1:2 qiyalikda loyihalanadi.
Yonbosh zahiralar shamolning faolligi, uning yo‘nalishi va qum yuzasini o‘simlik bilan mustahkamlanganlik darajasini hisobga olib quriladi. Shamol o‘ta faol bo‘lgan sharoitda va yuzasida o‘simlik o‘smagan qumlarda zahiralar yo‘l poyining har ikki tomonida quriladi. Shamol faol bo‘lgan sharoitda va yuzada kam o‘simlik o‘sgan qumlarda zahiralar bir tomonlama shamolga teskari tomondan quriladi; mavjud o‘simlik qatlamini ko‘proq saqlab qolish maqsadida zahira kengligi uni chuqurlashtirish hisobiga iloji boricha chegaralanadi.
Shamol o‘ta faol bo‘lgan sharoitda 2 m gacha chuqurlikdagi o‘ymalarni yonbag‘irlar qiyaligi 1:10 bo‘lgan ochiq ko‘rinishida loyihalash kerak.
Chuqurligi 2 m dan ko‘p bo‘lgan o‘ymalarni yonbag‘irlari 1:2 gacha bo‘lgan qiyalikda ko‘tarma yonbag‘irlari orasida tekislangan tasmalar qoldirib loyihalash lozim, tasmalar kengligi shamolning faolligini hisobga olib ko‘tarma uchun tuproq ehtiyojidan kelib chiqib shamol o‘ta faol bo‘lgan sharoitda tekislanadigan tasmalar kengligi kamida 20 m, shamol faol bo‘lganda kamida 10 m belgilanadi.
Yuza suvlarini chetlatish zarurati yoki qor bosishi mumkin bo‘lgan hududlarda o‘ymalar yo‘l tushamasi va himoya qatlamining birgalikdagi qalinligiga teng bo‘lgan balandlikdagi ko‘tarma ko‘rinishida bajarilib, ko‘tarma yonbag‘riga 1:4 qiyalik beriladi.
O‘simlik o‘sgan va kam o‘sgan qumlarda o‘simliklarni va yon atrofdagi tabiiy relefni ko‘proq saqlab qolishni ta’minlash zarur. Shu maqsadda tekis, yassi to‘lqinsimon va kichik do‘ng qumlarda yo‘l poyini yer yuzasi belgilarida va 0,3-0,4 m gacha balandlikdagi ko‘tarmalarda loyihalanadi. Ko‘tarmalarning yonbag‘ir qiyaliklarini 1:2 qilib belgilash zarur.
O‘simlik o‘sgan o‘rtacha, baland do‘ng va tizma qumlarda yo‘l poyi ko‘tarma va o‘yma hajmlarini to‘ldirish sharti bilan, o‘simlik kam o‘sgan kumlarda esa kengaytirilgan o‘ymalar qo‘llab loyihalanishi lozim. O‘simlik kam o‘sgan qumlarda ko‘tarma ko‘rinishidagi kengaytirilgan o‘ymalar ko‘rish tavsiya etiladi. Kengaytirish o‘lchamini ko‘tarma uchun tuproq ehtiyoji va tekislangan tasmani mexanik usulda tozalash imkoniyatini hisobga olgan holda 3 m atrofida belgilanadi.
Texnologik transportning yo‘l poyida yurishini ta’minlash uchun uning butun kengligida noorganik va organik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan changsimon-loysimon tuproqlar, qum-shag‘al, shuningdek anorganik va organik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan changsimon-loysimon va mayda qumlardan himoyalovchi qatlam qurish yoki asosni ostki qatlamini ko‘tarish bilan bir vaqtda geotekstil qatlamni yotqazishni ko‘zda tutish lozim.
6.41. Sug‘oriladigan joylarda yo‘l poyini sug‘orish tizimining unga suv-issiqlik rejimiga ta’sirini hisobga olib odatda ko‘tarma ko‘rinishida loyihalash lozim
Suvni yig‘ib-chiqarib tashlash kanallari tarmoqlari qoshlari va zahira yoki suvni chetlatuvchi ariqlar orasidagi masofa kamida 4,5 m olinishi kerak. Ariqlar, tog‘ ariqlaridan va suvni chetlatuvchi ariqlardan taqsimlovchi ariqlar sifatida foydalanish ruxsat etilmaydi.
Yer osti suvlarining hisobiy sathi sifatida eng katta yillik sath, yangi o‘zlashtiriladigan hududlarda esa suv xo‘jaligi tashkilotlarining istiqbol ma’lumotlariga asoslanib qabul qilinishi lozim.
6.42. Karst rivojlanishi kutiladigan joylarda yo‘lni loyihalash bunday yerlarni aylanib o‘tish mumkin bo‘lmaganida yoki texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmasa ruxsat etiladi.
Karstlap mavjud joylarda yo‘l poyini maxsus muhandislik-geologik materiallari asosida aksariyat ko‘tarma ko‘rinishida loyihalash lozim. Karstga qarshi tadbirlarni loyihalashda karst bo‘shliqlarining ta’sir mintaqasini hisobga olish zarur.
6.43. Yo‘llarning jarlar jadal rivojlanuvchi yerlarda joylashtirilganda quyidagilarni hisobga olish zarur:
jarlikning yuzaga kelish sharoiti va uning shakllanish bosqichlari;
yo‘l poyi qurilayotganda buziladigan yengil yuviluvchi tuproqlar mavjudligi;
jarlarning yonbag‘irlari va tubining muhandislik-geologik tuzilishi, joyning gidrogeologik sharoiti.
Yo‘l jarlik paydo bo‘lish xavfi bor joylarda yoki rivojlanishining har xil bosqichlaridagi jarliklardan kesib o‘tganida loyihada yo‘l poyi barqarorligini ta’minlovchi tadbirlarni ko‘zda tutish zarur.
6.44. Sel bo‘ladigan hududlardan avtomobil yo‘li o‘qini o‘tkazishda sel xavfi bor qismlarni aylanib o‘tkazish varinatini ko‘rib chiqish zarur, sel bo‘ladigan qismlar kesib o‘tilganida ko‘priklarga kelish oldida sel oqimi quvvatini kamaytirish va sellarning dinamik ta’siridan ko‘prik elementlarini himoya qiluvchi tadbirlarni ko‘zda tutish lozim.
6.45. Qoya tog‘ ko‘chkilari kuzatiladigan qismlarda yo‘llarni loyihalashda yonbag‘ir tub tog‘ jinslari butunligini buzmasdan yo‘l o‘qi o‘tkazish variantlariga afzallik berish lozim (ayniqsa, agar qoya tog‘ yonbag‘ri tez ko‘chuvchi jinslardan tashkil topgan bo‘lsa).
Katta balandlik yoki uzunlikdagi qiyaliklar, yonbag‘irlar bo‘sh qismlarining yaqqol ko‘rinmasligi, tarqoq joylashganligi va boshqa sabablar tufayli qurilgan mustahkamlovchi ishootlar transport harakati xavfsizligini zarur darajada ta’minlay olmasa, ko‘chkiga qarshi himoyalovchi inshootlarini qo‘llashda alohida toshlar tushishi, ko‘chkilar va uncha katta bo‘lmagan yemirilishlar bo‘lishini ko‘zda tutish lozim.
Qattiq qoya tog‘ jinslarida o‘yma va yarim o‘ymalarning ushlab qoluvchi yo‘l handaqlari va tokchalarini loyihalashda, yonbag‘ir qiyaligini aksariyat 1:0,2 dan 1:0;5 gacha qabul qilish, tog‘ oldi ushlab qoluvchi o‘ymalar va ko‘tarmalarni qiyaligi 25° gacha bo‘lgan tog‘ yon bag‘rida, yo‘l poyidan 30 m oshmagan balandlikda loyihalash maqsadga muvofiqdir.
Yonbag‘ir qiyaliklari 20°dan 25° gacha bo‘lsa yo‘l ko‘tarmalari yon bag‘riga 1:1 qiyalik berish zarur.
Tutib qoluvchi inshootlar rejada va bo‘ylama kesimda loyihalanayotganda keskin sinish va burilishlarga yo‘l qo‘yilmasligi ke­rak. Yemirilishga qarshi inshootlarning uzilish joylarida qo‘shimcha ushlab qoluvchi inshootlar qurish ko‘zda tutilishi zarur. Yonbag‘ir balandligi bilan chegaradosh inshootlar oxiri 5 m dan 10 m gacha uzunlikda bostirmada joylashtiriladi. Ushlab qoluvchi bo‘shliq tagiga kamida 3 ‰ qiyalik berilib, ajratilgan joyga yoki inshoot chekkalariga yo‘naltiriladi.
6.46. Tegishli texnik-iqtisodiy asoslashlarga muvofiq yo‘l poyi tuzilmasidan armaturalash, zaxni qochirish, filtrlash yoki ajratish vazifasini bajaruvchi geotekstil materiallari qatlamlaridan foydalanish mumkin.
Qatlamlar quyidagi hollarda ko‘zda tutiladi:
bo‘sh tuprokli ko‘tarma asosida;
yon bag‘ir mustahkamligini oshirish uchun ko‘tarma tanasida;
drenaj qurilmalarida himoya filtri sifatida;
suvga to‘yingan tuproq tarkibidan suvlarni chetlatishni ta’minlab beruvchi drenaj vazifasida;
tuprok qatlamlari yoki zarralar tarkibi turlicha bo‘lgan donador materiallar chegarasida qatlam materiallarini aralashishiga to‘sqinlik qiluvchi ajratuvchi qatlam sifatida;
ko‘tarish imkoniyati past bo‘lgan tuproklar asosidagi texnologik o‘tishlarda.
Noqulay tuproq-gidrogeologik sharoitlarida o‘ymalar qurilishida qurilish texnikalarini o‘tishini ta’minlash uchun geotekstil materialidan texnologik qatlam qurib, uni suv o‘tkazuvchi tuproq bilan yopish maqsadga muvofiqdir.
Tuproq sharoitlariga qarab yopish qatlami qalinligi 0,2-0,6 m ga teng qabul qilinadi.



Download 2,59 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Download 2,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Murakkab sharoitlardagi yo‘l poyi

Download 2,59 Mb.