• Qattiq yo‘l to‘shamalari 7.7.
  • Yo‘l to‘shamasining umumiy qalinligi va alohida qatlamlar qalinliklari butun tuzilma mustahkamligini va sovuqqa chidamligini ta’minlash kerak. 7.6




    Download 2,59 Mb.
    bet23/35
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,59 Mb.
    #248915
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
    Bog'liq
    ShNQ-2.05.02-07 lotin

    7.5. Yo‘l to‘shamasining umumiy qalinligi va alohida qatlamlar qalinliklari butun tuzilma mustahkamligini va sovuqqa chidamligini ta’minlash kerak.
    7.6. Yo‘l to‘shamalar mustahkamligini hisoblashda qatnov qismining eng ko‘p ishlaydigan tasmasiga ta’sir etuvchi teng qiymatli hisobiy og‘irlikdagi jadallikka keltiriladigan ikkala yo‘nalishdagi, turli turkumdagi avtomobillarning istiqboldagi harakat jadalligi hisobga olinishi lozim.
    Yengil avtomobillardan tashqari barcha transport vositalari hisobiy og‘irlikka ketirish lozim.
    Juda og‘ir yuklanishlarni hisobiyga keltirish IV toifaali yo‘llar uchun keltirilayotgan yuklanish hisobiydan 20 % dan ortiq bo‘lmaganda va tarkibida yuk avtomobillari, avtobuslari (trolleybuslar) oqimlari bo‘lgan shunday og‘irlikdagi transport vositalarning soni 5 % dan oshmagan shartda ruxsat etiladi.
    Qatnov qismi ko‘p tasmali avtomobil yo‘llari uchun barcha harakat tasmalaridagi yo‘l to‘shamasini bir xil, eng katta hisobiy og‘irlik uchun loyihalash lozim.


    Qattiq yo‘l to‘shamalari


    7.7. Qattiq yo‘l to‘shamalariga:
    sementobetonli quyma qoplamalar;
    sementobeton asosli asfaltbeton qoplamalar;
    temirbeton, armobeton va beton plitalardan yig‘ma qoplamalarga ega bo‘lgan to‘shamalar kiritiladi.
    7.8. Beton qoplamalar qalinligini, ularning asosini e’tiborga olib hisoblash, lekin 38-jadvalda keltirilgandan kam bo‘lmagan qiymatda belgilash lozim.

    38-jadval



    Asoslar

    Qoplama qalinligi, sm

    Yo‘l toifalari

    I

    II

    III-IV

    Hisobiy harakat jadalligi, kelt.dona/ sut

    20000 va ortiq

    14000-20000

    10000-14000

    6000-10000

    4000-6000

    1000-4000

    Anorganik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan tosh materiallari va tuproqlar

    24

    22

    22

    20

    18*

    18*

    Chaqiq toshli va chaqiq toshli shag‘al

    -

    -

    22

    20

    18

    18

    Qumli, qum-shag‘alli

    -

    -

    -

    22

    20

    18

    izoh: * - texnik-iqtisodiy asoslanganda ruxsat etiladi.


    7.9. Beton qoplamalarda ko‘ndalang va bo‘ylama choklar loyihalanishi kerak. Ko‘ndalang choklarga kengayish, siqilish, qayishishga ishlaydigan va ishchi choklar kiradi. Bo‘ylama va ko‘ndalang choklar odatda to‘g‘ri burchak ostida kesishishlari kerak.
    Siqilishga ishlaydigan choklar orasidagi masofani (plita uzunligi) hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi.
    Plita uzunligini qoplama qalinligiga qarab 39-jadvalga asosan belgilashga ruxsat etiladi.
    39-jadval

    Qoplama qalinligi, sm

    18

    20 - 22

    24

    Plita uzunligi, m

    3,5-4,0

    4,0-5,0

    4,5-6,0

    Izoh: Yig‘ma temirbeton plitali qoplamalarni texnik-iqtisodiy asoslanganda yo‘lning butun uzunligida qabul qilish tavsiya etiladi.


    7.10. I - IV toifali avtomobil yo‘llarida yig‘ma temirbeton plitali qoplamalarni murakkab iqlim sharoiti yoki yo‘l poyi barqarorligini ta’minlash qiyin bo‘lgan baland ko‘tarmalarda ko‘zda tutish lozim.
    7.11. Asfaltbeton qoplamani yorilishga chidamliligini ta’minlash uchun, harakat jadalligi 10000 kelt.dona/sut dan katta bo‘lganda, betonli asos va asfaltbeton qoplama qalinligini hisoblash orqali belgilash lozim. Asfaltbeton qoplamasi mavjud beton qoplamasi ustida qurilganda ko‘ndalang va bo‘ylama choklar ko‘zda tutilishi kerak. Ko‘ndalang choklar kengligini siqilishda 15 mm, kengayishda 20 mm, bo‘ylamanikini 10 mm olish lozim.

    Download 2,59 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




    Download 2,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yo‘l to‘shamasining umumiy qalinligi va alohida qatlamlar qalinliklari butun tuzilma mustahkamligini va sovuqqa chidamligini ta’minlash kerak. 7.6

    Download 2,59 Mb.