|
Qo‘shimcha qatlamlar, mustahkamlangan yo‘l cheti tasmalari
|
bet | 26/35 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,59 Mb. | | #248915 |
Bog'liq ShNQ-2.05.02-07 lotinQo‘shimcha qatlamlar, mustahkamlangan yo‘l cheti tasmalari
va ajratuvchi tasmalar.
7.25. Tuproqlar mavsumiy muzlaydigan hududlarda joylashgan qattiq va qattiq bo‘lmagan yo‘l to‘shamali I - IV toifali yo‘llarda, talabdagi mustahkamlikni ta’minlash bilan bir qatorda, yo‘l poyi va to‘shamasini muzlashga yetarli darajada chidamliligini kafolatlovchi, ko‘pchishga qarshi tadbirlar ko‘zda tutilishi lozim.
7.26. Ko‘pchishga qarshi tadbirlar quyidagi hollarda talab qilinmaydi:
muzlash chuqurligi 0,6 m dan kam bo‘lgan tumanlarda;
ishchi qatlami 6.12 - 6.17–bandlar talablariga javob beruvchi yo‘l poyida;
mustahkamlik sharti bo‘yicha zarur bo‘lgan yo‘l to‘shamasining qalinligi muzlash chuqurligidan 2/3 ga katta bo‘lgan hollarda.
7.27. Yo‘l qismlari 7.26-band shartlariga javob bermaganida 6.28-bandga asosan ko‘pchishga qarshi tadbirlar ko‘zda tutilishi lozim.
7.28. Turli vazifalarga mo‘ljallangan, issiqlikdan muhofaza qiluvchi qatlamlar qalinligi (yo‘l poyining muzlashini to‘liq oldini olish uchun yoki muzlash chuqurligini ruxsat etilgan chegaralarida to‘xtatish uchun) teplotexnikaviy hisoblar bilan aniqlanishi kerak.
7.29. Loyli va lessimon tuproqlardan, changsimon qumlardan tashkil topgan yo‘l poylari qismlarida ishchi qatlam 3-sxema namlanishida, odatdagi donador (g‘ovak) materialli asoslar va qo‘shimcha qatlamlarda suvni chetlatuvchi qurilmalari bo‘lgan suv shimuvchi qatlam ko‘zda tutilishi lozim.
Yo‘l to‘shamasining asosi yoki qo‘shimcha qatlamlari bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan tuproq va tosh materiallaridan bajarilgan yo‘l qismlarida suv shimuvchi qatlamlar qurish zarurati ularni quritishni hisoblab belgilanadi.
Suv shimuvchi qatlam qalinligi, uni qurish uchun ishlatiladigan materiallarning zaruriy suv o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, granulometrik tarkibi va boshqa talablar, qatnov qismi asosida yig‘iladigan suv miqdoriga, uni chetlatish uslubiga, suvning va boshqa omillarga asoslanib hisoblash yo‘li bilan belgilanadi.
7.30. To‘xtash tasmalaridagi yo‘l to‘shamalarini hisoblashda jadallikni kamida 1/3 qismini yoki loyihada asoslanadigan tez yig‘iladigan qoldiq deformatsiyani istisno qiluvchi boshqa yuklanishni qabul qilish lozim.
7.31. Yo‘l yoqasining mustahkamlangan tasmasida (0,5-0,75 m) ajratuvchi tasma va to‘xtash tasmasida (2,5 m) aksariyat yirik bo‘lakli (25-45 mm gacha) chaqiq tosh ishlatilgan rangi bilan ajralib turuvchi sementbeton yoki asfaltbetondan, shuningdek bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan mahalliy tosh, shag‘allar, kuyundi va boshqa mineral materiallardan qoplamalar ko‘zda tutish tavsiya etiladi.
Yo‘l yoqasining qolgan qismi yuzasini, harakat jadalligi va tavsifiga yo‘l poyi tuprog‘i va iqlim xususiyatlariga qarab o‘t ekib, chaqiq tosh, shag‘al, kuyundi va boshqa arzonroq yirik donali mahalliy sochma materiallar yotqizib mustahkamlash lozim.
Yo‘l yoqasi va poyi yon bag‘irlarini bo‘ylama nishabligi 30 ‰ dan ortiq, ko‘tarma balandligi 4,0 m dan yuqori bo‘lgan qismlarida, bo‘ylama kesimning botiq egriliklarida yuvilishdan saqlash uchun qatnov qismidan oqib tushadigan suvlarni yig‘ish va chetga chiqarish uchun bo‘ylama nov va boshqa inshootlar qurish ko‘zda tutilishi lozim.
7.32. Ajratuvchi tasmalarni yo‘lning qatnov qismlari bilan, ajratuvchi tasmada mustahkamlangan tasma qurish yo‘li bilan tutashtirish lozim. Ajratuvchi tasmaning, qolgan qismini o‘t ekish va mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, qatnov qism chetidan 1,75 m dan kam bo‘lmagan masofada butalar ekish (yaxlit yoki harakat bo‘ylab ko‘ndalang tasma ko‘rinishida) bilan mustahkamlanishi zarur.
|
| |