Шаҳарсозлик нормалари ва қоидалари




Download 2,59 Mb.
bet28/35
Sana21.05.2024
Hajmi2,59 Mb.
#248915
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Bog'liq
ShNQ-2.05.02-07 lotin

2. Tajribalar Xojayli-Nukus-Qarantaqir chizig‘ining shimolida yo‘l qurilayotgan tumanlar uchun o‘tkaziladi.
3. Tog‘li joylarda mustahkamlangan tuproqlardan foydalanishda, muzlatib-eritish davrlari ning soni va muzlatish harorati loyihalanayotgan yo‘lning joylashish balandligini va shu balandlikdagi tabiiy sharoitni z’tiborga olib aniqlanishi lozim.


7.43. Qumli sement qorishmasi bilan mustahkamlangan chaqiq toshli asoslarni loyihalashda o‘lchami 40-70 (70-120) va 5-40 mm bo‘lgan chaqiq tosh ishlatilishi bo‘lishi lozim.
Chaqiq toshning mustahkamligi va sovuqga chidamliligi GOST 8267-82; GOST 3344-83; va 51-jadval talablariga javob berishi kerak.
Qumli sement qorishmasining hususiyati va uning sarfi GOST 23558-94 va 52-jadval talablariga javob berishi zarur.
51-jadval

Chaqiq tosh xususiyatlarining ko‘rsatkichlari

Avtomobil yo‘li toifasi

I - II

III

IV

Suvga to‘yingan holatda silindrdagi siqilish bo‘yicha mustahkamlik markasi, kamida:
magmatik, metomorfik tog‘ jinslari, qora va rangli metallurgiya kuyundilari
cho‘kindi tog‘ jinslari

800
600



600
600



600
200



Ishqalanish bo‘yicha markasi, kamida

I III

I III

I IV

Eng sovuq oyda o‘rtacha oylik havo harorati °S bo‘lgan tumanlar uchun sovuqga chidamlilik markasi:
0 dan minus 5 gacha
minus 5 dan minus 15 gacha
minus 15 dan minus 30 gacha
minus 30 dan past

15
25
50
75

-
15
25
50

-
-
15
25

52-jadval



Ko‘rsatkichlar

Yo‘l toifasi

I- II

III

IV -V

Qumli sementning siqilishga mustahkamligi bo‘yicha markasi

60-100

60-75

40-60

Mustahkamlash chuqurligi, sm

10-15

5-10

5-10

Qumli sement aralashmasining sarfi, m3 / 100m2

4-9

3-6

3-6



7.44. Zichlash usulida quriladigan chaqiq toshli qoplama va asosni loyihalashda GOST 8267-82, GOST 3344-83 bo‘yicha 40-70 va 70-120 mm kattalikdagi chaqiq toshlarni asosiy material sifatida; 20-40, 10-20 va 5-10 mm kattalikdagilarini esa zichlanganda orasini to‘ldiruvchi sifatida ishlatish lozim. Asos qurilishida GOST 25607-94 ning 12-13 raqamli qorishmalarni to‘ldiruvchi sifatida ishlatishga ruxsat etiladi.
Tosh materiallarning mustahkamlik va sovuqga chidamlilik markasi 53-jadval talablariga javob berishi kerak.
To‘ldiruvchi materialning mustahkamligi asosiynikiga qaraganda bir markaga kichik bo‘lishi mumkin. Asosning tuzilma qatlamida marasi 400 va undan kichik bo‘lgan karbonat tog‘ jinsli chaqiq toshlar ishlatilganda to‘ldiruvchi materiallardan foydalanmasa ham bo‘ladi.
53-jadval

Tosh materiallari xususiyatlarining
ko‘rsatkichlari

Qoplama uchun

Asos uchun

Avtomobil yo‘lining toifasi

IV

V

1-Sh

IV -U

Suvga to‘yingan holatda silindrdagi siqilish bo‘yicha mustahkamlik markasi, kamida:
magmatik va metomorfik tog‘ jinslarida
cho‘kindi tog‘ jinslarida
fosforli, qora va rangli metallurgiya kuyundilarida
shag‘al chaqiq toshida

1000
800

800
800



800
600

600
600



800
600

600
600



600
300

300
400



Ishqalanish bo‘yicha markasi

I II

I III

I III

I IV

Eng sovuq oyining o‘rtacha oylik havo harorati 0S bo‘lgan tumanlar uchun sovuqga chidamlilik markasi
0 dan minus 5 gacha
minus 5 dan minus 15 gacha
minus 15 dan minus 30 gacha
minus 30 dan past

15
25


50
75

15
25


50
75

15
25


50
75

-
15


25
50



7.45. Zich qorishmali chaqiq tosh va shag‘alli qoplama, hamda asoslarni loyihalashda foydalaniladigan materiallar GOST 25607-94 (qoplamalar uchun 3- va 5- raqamli, asoslar uchun 1-; 2-; 4-; 6 va 7- raqamli) talablariga javob berishi kerak.
Qorishma tarkibiga kiruvchi chaqiq tosh va shag‘al mustahkamlik sovuqga chidamlilik markasi bo‘yicha 54-jadval talablariga mos bo‘lishi kerak.
Tarkibida 50 % dan ko‘p silliq shag‘al donalari bo‘lgan Dr12 va katta markali shag‘al materiallarning yaxshi zichlashishi va ko‘tarish imkoniyatini oshirish maqsadida unga kamida 25 % miqdorida shag‘aldan olingan chaqiq tosh qo‘shish tavsiya etiladi.
54-jadval

Tosh materiallari xusiyatlarining
ko‘rsatkichlari

Qoplama uchun

Asos uchun

Avtomobil yo‘lining toifasi

IV

V

I-II

III

IV -V

Suvga to‘yingan holatda silindrdagi siqilish bo‘yicha mustahkamlik markasi, kamida:
magmatik va metomorfik tog‘ jinslaridan chaqiq toshda
cho‘kindi tog‘ jinslarida
fosforli, qora va rangli metallurgiya kuyundilarida
shag‘al va shag‘al chaqiq toshida

800
600


600
800

600
400


400 600

800
600


600
800

600
400


400
600

600
200


200
400

Ishqalanish bo‘yicha markasi

I III

I III

I III

I III

I IV

Eng sovuq oyi ning o‘rtacha oylik havo harorati 0S bo‘lgan tumanlar uchun sovuqga chidamlilik markasi
0 dan minus 5 gacha
minus 5 dan minus 15 gacha
minus 15 dan minus 30 gacha
minus 30 dan past

15
25
50
75

15
25
50
75

15
25
50
75

-
15
25
50

-
-
15
25

Shag‘aldan olingan chaqiq tosh tarkibidagi qirrali donalarning umuiy vaznga nisbatan mikdori, kamida

70


50


80


70


25




7.46 I V toifali yo‘llarning chaqiq toshli qoplamalarida ishlatiladigan 800 va undan ortiq markali magmatik va metamorfik tog‘ jinslari, 600 va undan ortiq markali cho‘kindi tog‘ jinslarining tarkibidagi yassi va ignasimon shakldagi donalar umumiy og‘irlikning 15% dan, I -Sh toifali yo‘l asoslarida esa 35% dan oshmasligi kerak.
Chaqiq tosh va shag‘alning suvga chidamliligi chaqiq toshli va shag‘alli qoplamalar uchun 1-markadan, asoslar uchun esa 2-markadan kam bo‘lmasligi kerak.
Chaqiq tosh va shag‘alning yumshoqlik qiymati chaqiq toshli va shag‘alli qoplamalar uchun Pl-I markada, I-III toifali yo‘l asoslari uchun kamida Pl-2 markada va IV toifali yo‘llaruchun kamida Pl-3 markada bo‘lishi kerak.
7.47. Qo‘shimcha qatlamlarda foydalaniladigan qumli shag‘al (qumli-chaqiq tosh) qorishmalar GOST 25607-94 va 55-jadval talablariga javob berishi kerak.
Asosning ko‘shimcha qatlamlarida foydalaniladigan qorishmalarning suv o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 1 m/sut. dan kam bo‘lmasligi kerak.
55-jadval

Qorishma
raqami

G‘alvirlar o‘lchami, mm, bo‘lgan elakdagi to‘la qoldiq, umumiy vaznga nisbatan % hisobida

70

40

20

10

5

2,5

0,63

0,16

0,05

1

0

10-20

20-40

2-65

40-75

70-85

70-90

90-95

97-100

2

0

0-5

0-10

10-40

30-70

45-80

60-85

75-92

97-1 00

I-III toifali yo‘llar asosining qo‘shimcha qatlamlarida foydalaniladigan qorishmalar tarkibidagi chaqiq toshning (shag‘al) mustahkamlik bo‘yicha markasi kamida 200 (shag‘al va shag‘al chaqiq toshiniki Dr24) bo‘lishi kerak.


Tarkibidagi 0,14 mm o‘lchamli donalar, umumiy vaznning 25% dan oshmagan, chang loy zarralari 5% dan oshmagan, shu jumladan tabiiy qumlar uchun 0,5%dan maydalab olingan qirrali qumlar uchun 1% dan oshmagan GOST 8736-77 bo‘yicha yo‘l to‘shamalarining suv o‘tkazuvchi va sovuqdan saqlovchi qatlamlarida foydalaniladigan qumlarni qo‘shimcha sinovlarsiz ishlatish mumkin. Bunda eng katta zichlikdagi suv o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 1 m/sut. dan bo‘lmasligi kerak.
Mustahkamligi va sovuqga chidamliligi hisoblab topiladigan yo‘l to‘shamasining sovuqdan saqlovchi qatlamlarida suv o‘tkazuvchanlik koeffitsienti kamida 0,2 m/sut bo‘lgan, ko‘pchish koeffitsienti va siljish xususiyatlari talab darajasidagi kam ko‘pchiydigan qumli tuproklardan foydalanishga ruxsat etiladi.
7.48. Qoplama yuzalari vaqt davomida hisobiy tezlik va harakat xavfsizligini ta’minlaydigan tegishlicha ravon va g‘adir-budur bo‘lishi kerak.
Qatnov qism va asos yuzasi ravonligi bo‘yicha, shuningdek yo‘l to‘shamasi tuzilma qatlamlarining zichligi bo‘yicha mumkin bo‘lgan chekinishlar QMQ 3.06.03-96 talablariga mos bo‘lishi lozim.
7.49. Avtomobil shinasining qatnov qismi yuzasi bilan vaqt davomida barqaror yuqori qiymatlardagi tishlashish koeffitsientiga erishish uchun, g‘adir-budur qoplamalarda harakat ta’siridan silliqlanishga chidamli tosh materiallardan foydalanishni ko‘zda tutish lozim.
I-III toifali yo‘llar uchun talabdagi ishlashish koeffitsientining qiymatlari, qoplamaning nam yuzasidagi xarakat sharoitiga va yo‘l qismining tavsifiga qarab 56-jadvalda keltirilgan.
56-jadval

Harakat
sharoiti

Yo‘l qismlarining tavsifi

Tishlashish koeffitsienti

Yengil


To‘g‘ri qismlar yoki radiusi 1000 m va undan ortiq bo‘lgan egriliklar, gorizontal yoki bo‘ylama nishabligi 30 ‰ dan katta bo‘lmagan qismlar, ko‘ndalang kesim elementlari 5-jadvaldagi me’yorlarga mos keluvchi, mustahkamlangan, bir sathdagi kesishuvlarsiz, yuklanganlik darajasi 0,3 dan ortiq bo‘lmagan qismlar

0,45


Qiyinlashgan



Rejadagi egriliklar radiusi 250 dan 1000 m. gacha bo‘lgan qismlar, nishabligi 30‰ dan 60 ‰ gacha bo‘lgan ko‘tarilish va tushishlar, qatnov qismi toraygan joylar, shuningdek yengil harakat sharoitidagi yuklanganlik darajasi 0,3-0,5 chegarasida bo‘lgan qismlar.

0,5


Xavfli

Ko‘rinish hisobiydan kam bo‘lgan qismlar, nishabliklari hisobiyidan ortiq bo‘lgan, ko‘tarilish va tushishlar, bir sathdagi kesishish joylari, shuningdek yengil va qiyinlashgan sharoitlardagi yuklanganlik darajasi 0,5 dan ortiq bo‘lgan qismlar.

0,6

Izoh: Tishlashish koeffitsientlari dinamometrik tirkamali PKRS-2 asbobi yordamida, yo‘ldan foydalanish jarayonida ularning kamayishini hisobga olmasdan belgilangan. Boshqa(jumladan ixcham) asboblardan foydalanilganda ularning ko‘rsatkichlari PKRS-2 asbobi ko‘rsatkichlariga keltirilishi kerak.

56-jadvalda ko‘rsatilgan tishlashish koeffitsienti qiymatlarini quyidagicha ta’minlash lozim:


yuzaga ishlov berish usuli yoki mustahkamligi kamida 1000 markali chaqiq toshni joylashtirish bilan g‘adir-budur yuzani hosil qilish;
A va G, shuningdek B turlaridagi asfaltobeton qorishmalarida mustahkamligi kamida 1000 markali chaqiq tosh va qirrali qum yoki magmatik tog‘ jinslarining maydalab g‘alvirdan o‘tkazilganini ishlatib qoplamalar qurish bilan;
sementobeton qoplamalar yuzasiga maxsus ishlov berish bilan.
7.50. III va IV toifali yo‘llarning yengil harakat sharoitlaridagi qismlarida (56-jadval) V va D turlardagi asfaltbeton qorishmalaridan qoplama qurishga ruxsat etiladi.
Bunday qoplamalarni velosiped va piyodalar yo‘lakchalarida, avtobuslar bekati oldidagi maydonlarda, avtomobillarga yonilg‘i quyish hududlarida, dam olish maydonchalari va boshqalarda ko‘zda tutish tavsiya etiladi.
Yo‘lning xavfli qismlariga yaqinlashishda (250-300 m masofada) ko‘ndalang (“shovqin”) tasmalarni qurish uchun, o‘lchami 25-35 mm li chaqiq toshlardan yuzaga ishlov berish orqali ko‘tarilish balandligi 10-12 mmdagi yirik g‘adir-budur yuzalar ko‘zda tutilishi tavsiya etiladi.
Ko‘ndalang tasmalarning kengligini 5-7 m, tasmalar orasidagi masofani boshlanishida 30 mdan boshlab oxirida 10-15 m gacha qabul qilish lozim. Tasmalar orasidagi qoplama xavfli harakat sharoitiga to‘g‘ri keluvchi (56-jadval) kattalikdagi g‘adir-budur yuzali bo‘lishi kerak.



Download 2,59 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Download 2,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Шаҳарсозлик нормалари ва қоидалари

Download 2,59 Mb.