• Ko‘tarmalar 6.20.
  • Шаҳарсозлик нормалари ва қоидалари




    Download 2,59 Mb.
    bet18/35
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,59 Mb.
    #248915
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
    Bog'liq
    ShNQ-2.05.02-07 lotin

    32-jadval

    Tuproqning zichlashdagi namligi, me’yoriy namlikka nisbatan

    Changsimon supes

    Changsimon og‘ir supes, changsimon yengil suglinok

    Changsimon og‘ir supes, changsimon loy

    Zichlanish koeffitsienti

    0,95

    0,98

    1,0

    0,95

    0,98

    1,0

    0,95

    0,98

    1,0

    0,7

    2,0
    .0

    1,4

    1,2

    2,2

    1,7

    1,5

    2,3

    1,9

    1,7

    0,8

    1,9
    9

    1,2

    1,0

    2,1

    1,3

    1,2

    2,2

    1,6

    1,4

    0,9

    1,7
    .7

    1,0

    0,8

    1,9

    1,2

    1,0

    2,0

    1,4

    1,2

    1,0

    1,5

    1,0

    0,8

    1,7

    1,2

    0,9

    1,9

    1,4

    1,0

    Izoh: Qoplama yuzasining yer osti suvlari sathidan ko‘tarilishi kam va o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda 20 % ga oshirilishi kerak.


    6.14. Ishchi qatlam sementobeton va asfaltobeton qoplamalar yuzasidan tegishli ravishda 1,0 va 0,8 m chuqurlikda ko‘pchimaydigan va cho‘kmaydigan tuproqlardan tashkil topishi kerak (majburiy 2-ilovaning 4-6 jadvallari).
    6.15. Ishchi qatlam tuprog‘ining zichlanish koeffitsienti qiymati bilan aniqlanadigan zichlik darajasi 33-jadval talablariga javob berishi lozim.

    33-jadval



    Yo‘l poyi elementlari

    Qatlamning qoplama yuzasiga nisbatan joylashish chuqurligi, m

    Yo‘l to‘shamasi turlari bo‘yicha tuproqning eng kichik zichlanish koeffitsienti

    mukammal

    yengillashtirilgan va o‘tuvchi

    yo‘l-iqlim mintaqalari

    I

    II, IV

    III

    I

    II, IV

    III

    Ishchi qatlam

    Nyt+0,4 gacha
    Nyt+0,4 – 1,5

    0,95-0,96
    0,95-0,96

    1,00-1,02
    0,98-1,0

    0,98-1,00
    0,96-0,98

    0,95-0,96
    0,95-0,98

    0,98-1,0
    0,96-0,98

    0,96-0,98
    0,96

    Ko‘tarmaning suv bosmaydigan qismi

    1,5 dan ortiq

    0,95

    0,96



    0,94



    0,95



    0,94



    0,94

    Ko‘tarmaning suv bosadigan qismi

    1,5 - 6,0

    0,95

    0,98-1,00

    0,97

    0,95

    0.98

    0,98

    O‘ymaning mavsumiy muzlash sathidan pastdagi ishchi qatlami

    1,2 gacha



    -



    0,95



    0,95



    -



    0,95



    0,95



    Izoh: Nyt - yo‘l to‘shamasi qalinligi.
    6.16. Ishchi qatlamdagi yirik bo‘lakli tabiiy va texnogen tuproqlarning talab qilinadigan zichlik darajasini sinov zichlashlar natijalari bo‘yicha belgilash lozim.
    6.17. Ishchi qatlam chegarasida ayrim tuproqlardan ularning bevosita sinash natijalarini hisobga oluvchi maxsus texnik-iqtisodiy asoslashlarsiz foydalanish ruxsat etilmaydi.
    6.18. Yo‘l to‘shamalarining namunaviy tuzilmalarini 6.11, 6.14, 6.16 va 6.17-bandlarning talablariga rioya qilinganda sovuqdan himoyalovchi qatlamlarsiz qabul qilishga va hisobiy namlikning jadvaldagi qiymatlaridan (majburiy 2-ilovaning 13-jadvalidagi namlanishning hisobiy sxemasiga asosan) va yo‘l to‘shamalarini hisoblashda ishchi qatlam tuproqlarining mexanik xususiyatlari ko‘rsatkichlaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
    Ko‘rsatilgan bandlar talablarini bajarish mumkin bo‘lmasa yoki maqsadga muvofiq bo‘lmasa, ishchi qatlamning mustahkamligi va barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar ko‘zda tutilishi kerak:
    sovuqdan himoyalovchi qatlam qurish:
    yo‘l poyida suvdan, issiqdan himoyalovchi, g‘ovakli yoki kapillyar-to‘suvchi qatlamlar yordamida yo‘l poyining suv-issiqlik rejimini tartibga solish;
    ishchi qatlam tuprog‘ini bog‘lovchilar, granulometrik qo‘shimchalar va boshqalardan foydalanib yaxshilash va mustaxkamlash;
    armaturalangan qatlam qabul qilish;
    drenaj yordamida yer osti suvlari sathini pasaytirish;
    yuza suvlaridan himoya qilish maqsadida yo‘l poyining maxsus ko‘ndalang kesimlarini qabul qilish (yotiq yonbag‘irlar, bermalar);
    yo‘l to‘shamalarini texnologik tanaffus bilan yoki ikki bosqichda qurish.
    Ko‘rsatilgan tadbirlarni texnik-iqtisodiy hisoblar asosida belgilash zarur.
    6.19. Ishchi qatlamni eng katta iqtisodiy yechimlarga erishish uchun yo‘l to‘shamasi bilan bir majmuada loyihalash lozim.
    Ishchi qatlamdagi tuproqlarning hisobiy tavsiflari majburiy 2-ilovaning 33-jadvalida bo‘yicha belgilanadigan namlikning hisobiy sxemasi, zichlashda tuproqlarning namligi, talab qilinadigan zichlash koeffitsientlari va zichlash mashinalar turini hisobga olib aniqlanishi lozim.


    Ko‘tarmalar


    6.20. Ko‘tarmalar uchun barcha sharoitlarda ob-havo-iqlim omillari ta’sirida mustahkamligi va barqarorligi kam o‘zgaradigan tuproqlar va sanoat chiqindilarini cheklashlarsiz qo‘llashga ruxsat etiladi. Yuqoridagi omillar va vaqt davomida og‘irlik ta’sirida mustahkamligi va barqarorligi o‘zgaradigan tuproqlar, shuningdek sanoat chiqindilari, shu jumladan ayrim tuproqlardan sinov natijalari bilan loyihada asoslab, chegaralashlar bilan qo‘llanishiga ruxsat etiladi. Zaruriy hollarda mustahkam bo‘lmagan tuproqlarni ob-havo-iqlim omillari ta’siridan himoyalash bo‘yicha maxsus konstruktiv tadbirlarni ko‘zda tutish zarur.
    Yirik bo‘lakli tuproqlardan foydalanilganda ko‘tarma va yo‘l to‘shamasi orasida bo‘laklar o‘lchami 0,2 m dan katta bo‘lmagan tuproqdan qalinligi 0,5 m dan kam bo‘lmagan tekislovchi qatlam ko‘zda tutiladi.
    6.21. Ko‘tarmalarning ko‘priklar bilan tutashishdagi ustki qismini kamida ularning balandligiga 2 m qo‘shilgan uzunlikda (qirg‘oq ustunidan hisoblanganda) va pastki qismini kamida 2 m da ko‘pchimaydigan g‘ovakli tuproqlardan loyihalash zarur.
    6.22. Ko‘tarmalarni ularning asosini ko‘tarish qobiliyatini hisobga olib loyihalash lozim. Asoslar mustahkam va bo‘sh asoslarga bo‘linadi.
    Faol mintaqa chegarasida 0,5 m dan kam bo‘lmagan qalinlikdagi bo‘sh tuproq qatlamlari bo‘lgan asoslar bo‘sh asoslar hisoblanadi (6.7-band).
    6.23. Mustahkam asosdagi ko‘tarmalar yonbag‘irlari qiyaligi 34-jadvalga asosan belgilanishi lozim.
    34-jadval

    Ko‘tarma tuproqlari

    Ko‘tarma yonbag‘irlarining balandligi, m, bo‘lganda yonbag‘irlarining eng katta qiyaligi

    6,0 gacha

    12,0 gacha

    pastki qismda (0-6)

    ustki qismda
    (6-12)

    kam nuraydigan tog‘ jinslarining yirik bo‘laklari

    1:1-1:1,3

    1:1,3-1:1,5

    1:1,3-1:1,5

    Yirik bo‘lakli va qumli (mayda va changsimon qumlardan tashqari)

    1:1,5

    1:1,5

    1:1,5

    Mayda va changsimon qumlar, loysimon va lessimon tuproqlar

    1:1,5

    1:1,75

    1:1,5

    Izohlar: 1. Ko‘tarma yonbag‘rining balandligi yonbag‘irning ustki va ostki qoshlari belgilarining farqi bilan aniqlanadi. Tog‘ yonbag‘irlarida ko‘tarma yonbag‘rining balandligi pastdagi yonbag‘irning ustki va ostki qoshlari belgilarining farqi bilan aniqlanadi.
    2. Quruq iqlimli hududlarda mayda barxan qumli ko‘tarmalar yonbag‘rining eng katta qiyaligini uning balandligidan qat’iy nazar 1:2 belgilash kerak.


    6.24. I-III toifali yo‘llarda balandligi 3 m gacha bo‘lgan ko‘tarma yonbag‘irlari qiyaligi avariya holatlarida transport vositalarining xavfsiz tushishi ta’minlash maqsadida 1:4 dan tik bo‘lmagan, qolgan toifali yo‘llarda esa balandligi 2 m gacha bo‘lgan ko‘tarma yonbag‘irlari qiyaligi 1:3 dan tik bo‘lmagan qiymatda belgilash zarur. Qimmatbaho yerlarda yonbag‘irlar qiyaliklarini, harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqqan holda, 34-jadvalda keltirilgan chegaraviy qiymatlargacha oshirishga ruxsat etiladi.
    6.25. Ko‘tarma yonbag‘irlarining 6.23 va 6.24-bandlarda keltirilgan qiyaliklari ularni o‘t ekish yoki chim bostirish usuli bilan mustahkamlashni nazarda tutadi. Texnik-iqtisodiy jihatdan tegishlicha asoslanganib ularni yanada mukammalroq mustahkamlash usullari qo‘llanilganda qiyalik oshirilishi mumkin.
    6.26. Tuproq zahiralari loyihalanayotganda ko‘tarmalar uchun amalda talab qilinadigan tuproq hajmi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanishi kerak:
    V1=VK1
    bunda:
    V – loyihalanyotgan ko‘tarma hajmi, m3;
    K1- nisbiy zichlanish koeffitsienti (33-jadvalga asosan belgilanadigan tuproqning ko‘tarmada talab qilinadigan zichligining uning qidiruvlarda aniqlanadigan zahira yoki karerdagi zichligiga nisbati).
    Nisbiy zichlanish koeffitsientini majburiy 2-ilovaning 14-jadvaliga asosan taxminiy qabul qilishga ruxsat etiladi.
    6.27. Bo‘sh asosdagi ko‘tarmalarga quyidagi qo‘shimcha talablar qo‘yiladi:
    ekspluatatsiya davrida ko‘tarma asosidagi bo‘sh tuproqning chetga siqib chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak;
    asosning jadallik bilan cho‘kadigan qismi qoplama qurilguncha tugashi kerak (ikki bosqichli qurilish sharoitlarida yig‘ma qoplamalar qo‘llanilganda istisno qilinishiga ruxsat beriladi).
    Ko‘tarma asosining barqarorligi va cho‘kishini va elastik o‘zgarishlarini bashorat qilish hisob-kitoblar asosida oshirilishi kerak.
    Izohlar: 1. Mukammal turli yo‘l to‘shamalarida asosning zichlanishi 90 % ga yetgan yoki cho‘kishning jadalligi yiliga 2 sm dan oshmagan, yengillashtirilgan turli yo‘l to‘shamalarida zichlanish 80 % ga yetgan yoki cho‘kishning jadalligi yiliga 5 sm dan oshmagan paytini jadallik bilan cho‘kadigan qismi tugallandi deb qabul qilinishiga ruxsat beriladi.
    2. U yoki bu tabiiy sharoitlardagi yo‘llarni ekspluatatsiya qilish tajribasi asosida cho‘kishning mumkin bo‘lgan jadalligini aniqlashga ruxsat etiladi.
    6.28. Namligi ruxsat etilganidan ortiq bo‘lgan tuproqlardan ko‘tarmalar loyihalanayotganda (majburiy 2-ilovaning 12-jadvali) yo‘l poyining kerakli barqarorligini ta’minlovchi tadbirlar ko‘zda tutilishi lozim. Tuproqlarni tabiiy yo‘sinda quritish yoki ularni so‘ndirilmagan ohak, kul chiqindisi va boshqa faol moddalar bilan ishlov berish bunday tadbirlar qatoriga kiradi.
    Tuproqlarning namligi me’yoriy namlikning 0,9 dan kam bo‘lganida ularni zichlash bo‘yicha loyihada maxsus tadbirlar ko‘zda tutilishi kerak (qo‘shimcha namlash, kichik qatlamlarda zichlash va shunga o‘xshash).
    6.29. Yonbag‘irning balandligi 12 m dan ortiq bo‘lgan ko‘tarmalar loyihalanganida ko‘tarma va uning yonbag‘irlari barqarorligini ta’minlash maqsadida muayyan sharoitlardan kelib chiqib quyidagilar hisoblab aniqlanishi lozim:
    ko‘tarmaning o‘z og‘irligi ta’sirida yanada zichlanib mumkin bo‘lgan cho‘kishi va bu cho‘kishning davom etish vaqti;
    ko‘tarma yonbag‘ri barqarorligini ta’minlovchi ko‘ndalang kesim ko‘rinishi;
    tuproqni chetga siqib chiqarish jarayoniga yo‘l qo‘ymaydigan asosga tushuvchi xavsiz og‘irlik;
    ko‘tarmaning o‘z og‘irligi ta’sirida zichlanishi oqibatida ko‘tarma asosining cho‘kish vaqti va qiymati.

    Download 2,59 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




    Download 2,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Шаҳарсозлик нормалари ва қоидалари

    Download 2,59 Mb.