• VI. YO‘L POYI 6.1.
  • Шаҳарсозлик нормалари ва қоидалари




    Download 2,59 Mb.
    bet15/35
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,59 Mb.
    #248915
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
    Bog'liq
    ShNQ-2.05.02-07 lotin

    29-jadval

    Sekinlashish tasmasi elementlari

    Hisobiy tezlikka ko‘ra, km/soat, sekinlashish tasmalari elementining eng kichik uzunligi, m:

    150

    120

    80

    To‘g‘rilash tasmasi, m

    120

    120

    100

    To‘lik kenglikdagi tasma, chiqishdagi hisobiy tezliklarga ko‘ra, km/s, kamida:
    80
    60
    40

    150
    230


    280

    40
    120


    170

    0
    0
    50



    Izoh: Sekinlashish tasmasi rejadagi egrilikda yoki bo‘ylama nishablikli qismlarda joylashganda to‘liq kenglikdagi sekinlashish tasmasi uzunligi hisoblash yo‘li bilan aniqlanishi kerak.


    VI. YO‘L POYI


    6.1. Yo‘l poyi yo‘lning toifasi, yo‘l to‘shamasi turi, ko‘tarma balandligi va o‘yma chuqurligi, yo‘l poyida foydalaniladigan tuproqlar xususiyati, yo‘l poyini qurish ishlarini bajarish sharoitlari, qurilish hududining iqlim sharoitlari va qurilish bo‘laklaridagi muhandislik-geologik sharoitlari, mazkur hududda yo‘lni ekspluatatsiya qilish tajribalarini hisobga olib, qurilish va foydalanish bosqichlarida eng kam xarajatlar bilan yo‘l poyi bilan birga yo‘l to‘shamasining ham talab qilinadigan mustahkamligi va barqarorligini ta’minlash, shuningdek qimmatbaho yerlarni maksimal saqlash va atrof-muhitga eng kam ziyon yetkazishdan kelib chiqib holda loyihalanishi zarur.
    6.2. Yo‘l poyi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
    yo‘l poyining ustki qismi (ishchi qatlam);
    ko‘tarma tanasi (yonbag‘irlar bilan);
    ko‘tarma asosi;
    o‘yma asosi;
    o‘yma yonbag‘irlari;
    yuza suvlarini chetlatish qurilmalari;
    yer osti suvlari sathini pasaytirish yoki chetlatish qurilmalari (drenaj);
    yo‘l poyini xavfli geologik jarayonlardan (nurashlar, yemirilishlar, sellar, ko‘chkilar, o‘pirilishlar va boshqalardan) himoya qilish uchun mo‘ljallangan saqlovchi va himoyalovchi geotexnik qurilma va tuzilmalar.
    6.3. Qurilish joyining tabiiy sharoitlari 30-jadvalga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududini yo‘l-iqlim mintaqasiga bo‘linishini hisobga olgan ob-havo-iqlim omillari majmui bilan tavsiflanadi.
    Joy sha­roitlarining muhandislik-geologik xususiyatlarini yuza oqim tavsifi va tuproqlarning ustki qatlamining namlanishi sha­roitlari bo‘yicha joy turi (2-majburiy ilovaning 1-jadvali), loyihalashda e’tiborga olinadigan tuproqlarning xususiyatlari va ularning qatlamda joylashish sharoitlari, geologik, gidrologik va muzlash, texnogen omillar ta’sirini o‘z ichiga olgan sharoitlar va jarayonlar (hududni o‘zlashtirilganligini hisobga olib) geomorfologik xususiyatlar (relef) va boshqalar bo‘yicha aniqlanishi lozim.
    Tuproqlar ustki qatlamining namlanishi sharoitlari bo‘yicha hududlar ikki turga bo‘linadi:
    quruq hududlar;
    yilning ayrim davrlarida o‘ta namlanadigan zax hududlar.

    30-jadval



    Yo‘l-iqlim mintaqalari

    Yo‘l-iqlim mintaqasida geografik hududlarning taxminiy joylashishi va ularning qisqacha tavsiflari

    I

    Ustyurt, Shimoliy Qizilqum, Bukantog‘-Yetimtog‘, Sultonuiztog‘, Janubiy Qizilqum, Quljuqtog‘-Tomditog‘, Jingildi, Gazli hududlarini qamrab oladi. Quruq iqlimli va ko‘chuvchanligi turli darajali har xil shakldagi barxan qumlari keng tarqalgan cho‘lli va cho‘lli dasht geografik mintaqalarni o‘z ichiga oladi.

    II

    Qo‘ng‘irot, Taxtako‘pir, Beltol, Orolbo‘yi, To‘rtko‘l, Xorazm, Qorako‘l, Buxoro, Kogon hududlari, so‘ng Zarafshon daryosining o‘ng va chap qirg‘oqlari bo‘ylab Navoiy chegarasidan Olotgacha qamrab oladi. Kuchli va o‘ta sho‘rlangan tuproqlar tarqalgan geografik mintaqani o‘z ichiga oladi.

    III

    Chirchiq, Angremgshzzolln, Mirzacho‘l, Zomin, Forish, Chotqol, Qoradaryo, Sharqiy va Fapbiy Oloy, Turkiston, Nurota, Sangzor, Xatirchi, Samarqand, Quyi Qashqadaryo, Fuzop, Kitob, Shahrisabz, Surxondaryo hududlarini qamrab oladi.Yetarlicha namlanmagan geografik tekislik, tog‘ oldi va tog‘li mintaqalarni o‘z ichiga oladi.

    IV

    Qolgan hududlar: quruq iqlimli, sug‘orish va yuvish natijasida ma’lum darajada namlangan tuproqli geografik mintaqalarni o‘z ichiga oladi.

    Izohlar: 1. Tog‘li tumanlarda yo‘l-iqlim mintaqalarini aniqlashda loyhalanayotgan ob’ektlarning joylashgan balandligi va mazkur balandlikdagi tabiiy sharoitlarni hisobga olish lozim.
    2. Qumli cho‘l tumanlarida yo‘l-iqlim mintaqalarini barxan qumlarining ko‘chuvchanlik darajasi va relefi bo‘yicha aniqlash kerak.


    6.4. Yo‘l poyini loyihalashda namunaviy yoki individual yechimlar, shuningdek individual bog‘langan namunaviy yechimlar qo‘llash kerak. Tegishli asoslashlari bo‘lgan individual yechimlar, hamda individual bog‘langan namunaviy yechimlar quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
    yonbag‘ri balandligi 12 m dan yuqori bo‘lgan ko‘tarmalar uchun;
    vaqtincha suv bosadigan joylarda ko‘tarmalar uchun, shuningdek doimiy suv oqadigan va yig‘iladigan havzalar bilan kesishganda;
    bo‘sh asoslarda quriladigan ko‘tarmalar uchun;
    ko‘tarmalar uchun yuqori namlikdagi tuproqlardan foydalanilganda;
    qoplama yuzasining hisobiy suv sathidan ko‘tarilishi 6.11-bandda ko‘rsatilganlarga nisbatan kam bo‘lganda;
    geotekstil materiallardan qatlamlar qo‘llanilganda;
    maxsus qatlamlardan (issiqdan himoyalovchi, suvdan himoyalovchi, suv o‘tkazuvchi, kapillyar-to‘suvchi, armaturalangan va boshqalar) foydalanilganda;
    yo‘l poyining ustki qismida suv-issiqlik rejimini tartibga solish, hamda maxsus ko‘ndalang kesimlarda;
    ko‘tarmalar cho‘kuvchan tuproqlarda qurilganda;
    yon bag‘ri balandligi 12 m dan yuqori bo‘lgan toshsiz tuproqlar va 16 m dan ortiq bo‘lgan tosh tuproqlarda joylashgan qulay muhandislik-geologik sharoitlardagi o‘ymalar uchun;
    qiyaligi qatnov qismga yo‘nalgan serqatlam tuproqlarda joylashgan o‘ymalar uchun;
    suvli qatlamlarni ochib yuborilgan yoki shunday qatlami bo‘lgan, hamda konsistensiya koeffitsienti 0,5 bo‘lgan loy tuproqdagi o‘ymalar uchun;
    o‘ta namlangan hududlarning changsimon tuproqlardagi yon bag‘ri balandligi 6 m dan ortiq, shuningdek ob-havo-iqlim omillari ta’sirida yonbag‘irlar barqarorligi va mustahkamligini yo‘qotuvchi loy tuproqlar va yumshoq tog‘ jinsli tuproqlardagi o‘ymalar uchun;
    noqulay namlanish sharoitlarida ko‘pchiydigan tuproqlardagi o‘ymalar uchun;
    murakkab muhandislik-geologik sharoitlarida quriladigan ko‘garma va o‘ymalar uchun: nishabligi 1:3 dan tik yonbag‘irlarda, jarlar, surilishlar, karstlar, o‘pirilishlar, sellar, qor ko‘chkilari, muzliklar va boshqalar rivojlanishi mumkin bo‘lgan yoki mavjud joylarda;
    gidromexanizatsiya yoki portlatish yordamida yo‘l poyini ko‘tarishda;
    suv havzalarni kesib o‘tilganda vaqti-vaqti bilan suv bosadigan yo‘llarni loyihalashda;
    issiqdan himoyalovchi katlamlarni qo‘llashda.
    Yo‘l poyini murakkab sharoitlarda barqarorligini ta’minlovchi suvni chetga yo‘naltiruvchi, suv sathini pasaytiruvchi, mustahkamligini ta’minlovchi, muhofaza qiluvchi va boshqa qurilmalar, shuningdek yo‘l poyining ko‘priklap va yo‘l o‘tkazgichlar bilan quriladigan qismlari individual loyihalanishi lozim.



    Download 2,59 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




    Download 2,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Шаҳарсозлик нормалари ва қоидалари

    Download 2,59 Mb.