|
Avtomobil yo‘llarining temir yo‘llari va boshqa aloqa yo‘llari bilan kesishmalari
|
bet | 13/35 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,59 Mb. | | #248915 |
Bog'liq ShNQ-2.05.02-07 lotinAvtomobil yo‘llarining temir yo‘llari va boshqa aloqa yo‘llari bilan kesishmalari
5.15. Avtomobil yo‘llarining temir yo‘llar bilan kesishmalari bekatlar va harakat manevri chegarasidan tashqarida, ko‘pincha kesishayotgan yo‘llarning to‘g‘ri qismlarida loyihalanishi kerak. Bir sathda kesishuvchi yo‘llar orasidagi o‘tkir burchak 60° dan kam bo‘lmasligi kerak.
5.16. I-III toifali avtomobil yo‘llarining temir yo‘llar bilan kesishmalari turli sathlarda loyihalanishi lozim.
IV-V toifali avtomobil yo‘llarining temir yo‘llar bilan turli sathda kesishmalari harakat xavfsizligini ta’minlovchi quyidagi sharoitlarda loyihalanadi:
uch va undan ortiq asosiy temir yo‘llar bilan kesishganda, yoki kesishma tezyurar (120 km/soat dan yuqori) poezdlar harakatlanadigan temir yo‘l qismlarida joylashsa, yoki harakat jadalligi sutkasiga 100 poezddan ortiq bo‘lganda;
kesishmadagi temir yo‘l o‘ymada joylashgan bo‘lsa, shuningdek 5.17-bandga asosan ko‘rinish me’yori ta’minlanmagan bo‘lsa;
avtomobil yo‘llarida trolleybuslar harakati bo‘lsa yoki unda birgalikdagi tramvay yo‘llari qurilganda.
5.17. Avtomobil yo‘llarining temir yo‘llar bilan bir sathdagi qo‘riqlanmaydigan kesishmalarida ko‘rinish ta’minlangan bo‘lishi kerak, bunda kesib o‘tish joyida to‘xtash uchun ko‘rish masofasidan kam bo‘lmagan masofada turgan avtomobil haydovchisi (14-jadvalga asosan) o‘tish joyiga yaqinlashib kelayotgan poezdni kamida 400 m, yaqinlashayotgan poezd haydovchisi esa o‘tish joyi o‘rtasini kamida 1000 m dan ko‘ra olsin.
5.18. Temir yo‘llar bilan bir sathda kesishayotgan avtomobil yo‘llari qatnov qismi kengligini kesishmalarga kirishdagi yo‘l qatnov qismi kengligiga teng qiymatda, V toifali avtomobil yo‘llarida esa o‘tish joyidan ikki tomonga 200 m da kamida 6 m ga teng qabul qilinadi.
Avtomobil yo‘li bo‘ylama kesimda eng chetki relsdan kamida 2,0 m masofada gorizontal maydonchaga, katta radiusli egrilikka, kesishma temir yo‘l burilish joylarida joylashganda bir relsni boshqasiga nisbatdan ko‘tarilishidan hosil bo‘lgan nishablikka ega bo‘lishi kerak.
Avtomobil yo‘llarining kesishmaga kelish qismlari 50 m masofada 30 ‰ dan oshmaydigan bo‘ylama nishablikda loyihalanadi.
Kesishmalar qatnov qismi chekkasidan to‘suvchi va shlagbaum ustunlari 0,75 m dan kam bo‘lmagan, o‘lcham darvozalari ustunini esa 1,75 m dan kam bo‘lmagan masofalarda joylashtirish lozim.
Temir yo‘llar bo‘ylab 100 m dan kam bo‘lgan masofada joylashgan II-III toifali avtomobil yo‘llarining temir yo‘llar bilan kesishmalarida harakat jadalligi 26-jadvalda keltirilgan qiymatdan oshgan taqdirda qo‘shimcha tasma qurish lozim bo‘ladi.
26-jadval
Temir yo‘llaridagi harakat jadalligi, poezdlar/soat
|
Temir yo‘l izlari soni
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Harakat jadalligi, kelt.dona/soat
|
5
10
15
20
|
720
-
-
-
|
540
420
300
-
|
420 390 210 160
|
360
270
180
140
|
Yo‘llarning temir yo‘llar bilan kesishmalarida qo‘shimcha tasma uzunligi harakat jadalligiga qarab 2-jadval bo‘yicha olinadi.
Qo‘shimcha tasmaning kengligi 3,5 m qabul qilinadi.
27-jadval
Harakat jadalligi, kelt.dona/soat
|
800
|
700
|
550
|
400
|
300
|
200
|
150
|
Qo‘shimcha tasma uzunligi temir yo‘l o‘tish joyidan oldin (suratda) va keyin (mahrajda)
|
180
300
|
150
280
|
120
220
|
90
170
|
80
150
|
50
90
|
30
50
|
5.19. Temir yo‘llar ustidan yo‘lo‘tkazgichlar loyihalanganda temir yo‘llarga qurilmalarning yaqinlashish o‘lchamlarini ta’minlash bilan bir qatorda:
poezdlar harakati xavfsizligi sharoitlari bo‘yicha talab qilinadigan signallar va izlar ko‘rinishini ta’minlash;
temir yo‘llarining yo‘l poyi mustahkamligini hisobga olgan holda suvni chetlatishni ko‘zda tutish kerak.
5.20. Avtomobil yo‘llarining quvurli o‘tkazgichlar (suvo‘tkazgich, gazo‘tkazgich, kanalizatsiya, nefto‘tkazgich, issiqlik quvurlari o‘tkazgich va boshqalar), aloqa va elektr uzatish tarmoqlari kabellari bilan kesishmalarini mazkur kommunikatsiyalarni loyihalashga tegishli me’yoriy hujjatlar talablariga asosan ko‘zda tutish lozim.
Turli yer osti kommunikatsiyalarining avtomobil yo‘llari bilan kesishmasini to‘g‘ri burchak ostida loyihalash lozim, bunday kommunikatsiyalarini (kesishma joylaridan boshka yerlarda) yo‘l ko‘tarmasi tagidan o‘tkazish man etiladi.
5.21. Avtomobil yo‘llari havodan o‘tgan telefon va telegraf tarmoklari bilan kesishgan joylarda simlardan yo‘l qatnov qismigacha bo‘lgan tik masofa (yilning iliq vaqtida) kamida 5,5 m bo‘lishi kerak. Elektr uzatish tarmoqlari bilan kesishganda, simlarning yo‘l qatnov qismidan balandligi kamida quyidagicha bo‘lishi lozim:
6,0 m - kuchlanish 1 kV gacha bo‘lganda;
7,0 m - kuchlanish 110 kV gacha bo‘lganda;
7,5 m - kuchlanish 150 kV gacha bo‘lganda;
8,0 m - kuchlanish 220 kV gacha bo‘lganda;
8,5 m - kuchlanish 330 kV gacha bo‘lganda;
9,0 m - kuchlanish 500 kV gacha bo‘lganda;
16,0 m - kuchlanish 750 kV gacha bo‘lganda.
Izoh: Masofa havoning eng yuqori haroratida, simlarning elektr tokidan qizishini hisobga olmagan holda yoki shamolsiz muzlamada aniqlanadi.
Avtomobil yo‘llari bilan kesishayotganda havodagi telefon va telegraf, hamda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining tayanchlari asosidan yo‘l poyi qoshigacha bo‘lgan masofa kamida tayanch balandligiga teng bo‘lishi lozim.
Avtomobil yo‘llari bo‘ylab parallel joylashgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari tayanchlaridan yo‘l poyi qoshigacha bo‘lgan eng kichik masofani tayanch balandligiga yana 5,0 m qo‘shib qabul qilish kerak.
Tor sharoitlarda, aholi zich joylashgan hududlarda, dara va hokozolarda havodan o‘tgan elektr uzatish, hamda telefon va telegraf tarmoqlari tayanchlarining yo‘llarga yaqin joylashishiga ruxsat etiladi, bunda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining gorizontal bo‘yicha masofasi quyidagicha bo‘lishi kerak:
a) kesishmada tayanchning xohlagan qismidan yo‘l ko‘tarmasi asosigacha yoki yonariqning tashqi qoshigacha:
I va II toifali yo‘llar uchun kuchlanish 220 kV gacha bo‘lsa - 5 m va 330-500 kV bo‘lsa - 10 m;
qolgan toifali yo‘llar uchun kuchlanish 20 kV gacha bo‘lsa 1,5 m, 35-220 kV - 2,5 m va 330-500 kV - 5,0 m;
b) yo‘l bo‘ylab parallel o‘tganda va chekka simning holati yo‘l poyi qoshiga nisbatan o‘zgarmaganda kuchlanish 20 kV gacha bo‘lsa - 2 m, 35-110 kV - 4 m, 150 kV - 5 m, 220 kV - 6 m, 330 kV - 8 m va 500 kV - 10 m.
Kuchlanishi 500 kV va yuqori bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlarining avtomobil yo‘llari bilan kesishmalaridagi tarmoqlarni qo‘riqlash mintaqalarida transport vositalarining to‘xtashini ta’qiqlovchi yo‘l belgilari joylashtirilishi zarur.
1,0 kV dan yuqori kuchlanishli elektr tarmoklarini himoya qilish mintaqasi quyidagicha belgilanadi:
a) elektr uzatish tarmoqlari bo‘ylab ikki tomondagi chetki simlar bilan chegaralangan tik tekisliklar orasidagi yer maydoni yoki havo bo‘shlig‘i ularning o‘zgarmagan holatidagi masofa, m:
10 m - kuchlanish 20 kV gacha bo‘lganda;
15 m - kuchlanish 35 kV gacha bo‘lganda;
20 m - kuchlanish 110 kV gacha bo‘lganda;
25 m - kuchlanish 150, 220 kV gacha bo‘lganda;
30 m - kuchlanish 330, 500, ± 400 kV gacha bo‘lganda;
40 m - kuchlanish 750, ± 750 kV gacha bo‘lganda;
55 m - kuchlanish 1150 kV gacha bo‘lganda.
b) yer ostidan o‘tgan kabelli elektr uzatish tarmoqlari bo‘ylab chekka kabellarning ikki tomonidan 1 m masofada tik tekislik bilan chegaralangan yer maydonlari ko‘rinishida.
Qo‘riqlash mintaqalarida qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari mazkur tarmoqlar ixtiyorida bo‘lgan korxonalarning (tashkilotlarning) yozma roziligiga asosan bajariladi.
|
| |