Yo‘l ko‘ndalang kesimining asosiy o‘lchamlari




Download 2,59 Mb.
bet8/35
Sana21.05.2024
Hajmi2,59 Mb.
#248915
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Bog'liq
ShNQ-2.05.02-07 lotin

Yo‘l ko‘ndalang kesimining asosiy o‘lchamlari


4.4. Avtomobil yo‘lining poyi va qatnov qismi ko‘ndalang kesimining asosiy o‘lchamlari yo‘lning toifasi va vazifasiga ko‘ra 5-jadvalga asosan qabul qilinadi.
4.5. I va II toifali avtomobil yo‘llari qismlarida, yo‘ldan foydalanishning birinchi besh yilligidagi harakat jadalligi istiqboldagi hisobning 50 % ni tashkil qilsa va undan oshsa, loyihada aniqlangan va asoslangan joylarda, shuningdek kesishma, tutashmalarda va I va II darajali yo‘llaridan chiqish (tezlikni o‘zgartirish tasmalari qurish ko‘zda tutilmaydigan) tarmoqlarida, yo‘l yoqasining ikki tomonida, kamida 100 m masofada kengligi 2,5 m bo‘lgan to‘xtash tasmasi qurilishini 7.31-bandga muvofiq ko‘zda tutish lozim.
Yo‘l yoqasi va ajratmoqchi tasmaning mustahkamlangan qism qoplamasi, rangi va tashqi ko‘rinishi qatnov qism qoplamasidan farq qilishi yoki chiziqli belgi bilan ajratilishi lozim. Yo‘l yoqasi o‘zining mustahkamligi bilan, unda transport vositalarining harakati yoki to‘xtashini ta’minlashi lozim.
5-jadval

Yo‘l elementlari o‘lchamlari

Avtomagistral

Tezkor yo‘l

Odatdagi yo‘l turi

toifasi

Ia

Ib

II

III

IV

V

Harakat tasmalarining umumiy soni

4 va undan ortiq

4 va undan ortiq

2

2

2

1

Harakat tasmasi kengligi, m

3,75

3,75

3,75

3,5

3,0

4,5

Yo‘l yoqasi kengligi, m

3,75

3,75

3,75

2,5

2,0

1,75

Yo‘l yoqasidagi chetki tasma kengligi, m

0,75

0,75

0,75

0,5

0,5

-

Yo‘l yoqasining mustahkamlangan qismi kengligi, m

2,5

2,5

2,0

1,5

1,0

-

Yo‘l oqi bo‘ylab to‘siqlar o‘rnatilmaganda markaziy ajratuvchi tasmaning eng kam kengligi, m

6,0

5,0

-

-

-

-

Yo‘l oqi bo‘ylab to‘siqlar o‘rnatilganda markaziy ajratuvchi tasmaning eng kam kengligi, m

2 m + to‘siq kengligi

-

-

-

-

Ajratuvchi tasma chetidagi xavfsizlik tasmasining kengligi, m

1,0

-

-

-

-

Yo‘l poyining kengligi, m

28,5 va undan ortiq

27,5 va undan ortiq

15,0

12,0

10,0

8,0



4.6. I toifali yo‘llarda harakat tasmalari soni harakat jadalligi va yer yuzasi tuzilishiga ko‘ra 6-jadvaldan belgilash lozim.
Qatnov qismi ko‘p tasmali bo‘lgan yo‘llar qurilishi alohida yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘l qurish variantlarini solishtirgan holda asoslanishi lozim.
4.7. Harakat jadalligi 4000 kelt. dona/sut dan (foydalanishning birinchi besh yilligida erishiladigan) ortiq bo‘lgan II toifali yo‘llarda, uzunligi 1 km dan va bo‘ylama nishabligi 30 ‰ dan ortiq bo‘lgan, shuningdek uzunligi 0,5 km dan va bo‘ylama nishabligi 40 ‰ dan ortiq bo‘lgan III toifali yo‘llarda yuqoriga ko‘tarilayotgan aralash tarkibli transport oqimlarida yuk avtomobillari harakati uchun qatnov qismda qo‘shimcha tasma ko‘zda tutilishi kerak.
Qo‘shimcha tasmaning kengligi butun uzunligi davomida 3,5 m bo‘lishi kerak.

6-jadval




Yer yuzasining tuzilishi

Harakat jadalligi, kelt.dona/sut

Harakat tasmalari soni, dona

Tekis va past-baland

14000 - 48000
40000 - 80000
80000 dan ortiq

4
6
8

Tog‘lik

14000 - 34000
34000 - 70000
70000 dan ortiq

4
6
8

Yuqoriga ko‘tarilish tugagandan keyingi yo‘l qismidagi qo‘shimcha tasma uzunligi 7-jadval bo‘yicha qabul qilinishi lozim.


7-jadval

Ko‘tarilishdagi harakat jadalligi, kelt.dona/sut

4000

5000

6500

8000 va ortiq

Tasmaning ko‘tarilish chegarasidan keyingi umumiy uzunligi, m

50

100

150

200

Qatnov qismi kengligi o‘zgaradigan bo‘lagining uzunligini (harakat tasmalarining soni o‘zgarganda) 8-jadvalga asosan teskari radiusli ikkita egrilikni loyihalash orqali qabul qilish lozim.


8-jadval

Yo‘l kismidagi hisobiy
tezlik, km/soat

Teskari egrilik radiuslari, m

O‘tish bo‘lagi uzunligi,
m

120

1400/1000

250

100

1000/700

210

80

650/450

170

60

350/250

130

40

160/100

80



4.8. Harakat tarkibi aralash avtomobil-traktor oqimidan iborat II va III toifali yo‘llarda, harakat jadalligi 2500-7000 avt/sut va 150-200 traktor/sut bo‘lganda, yo‘l poyini kengaytirish hisobiga ko‘shimcha tasma qu­rilishi ko‘zda tutish lozim.
Traktor poezdlari, qishloq xo‘jalik mashinalari va boshqa sekin harakatlanadigan transport vositalarining harakati uchun 3,5-3,75 m kenglikda qo‘shimcha tasma avtomobillar va traktorlarning 9-jadvalda keltirilgan harakat jadalligiga asosan quriladi.
9-jadval

Harakat oqimida g‘ildirakli traktorlar soni, %

Harakat mikdori, avt/soat

200

400

600

800

qo‘shimcha tasma uzunligi, km

3 gacha
3-5
5-10
10-15

-
-
-
1,0-2,0

-
-
1,2-2,0
1,5-2,5

-
1,0-2,0
1,5-2,5
2,0-3,0

1,0-2,0
1,5-2,5
2,0-3,0
2,0-3,0

Uzunligi 1,0-2,0 km bo‘lgan qo‘shimcha tasmlarni har 8-10 km da, 1,5-2,0 km uzunlikdagisi har 6-8 km da va 2,0-3,0 km uzunlikdagisi har 4-6 km da yer yuzasi tuzilishi va vaziyatga qarab tanlangan joylarga quriladi. Turli yo‘nalishlardagi qo‘shimcha tasmalar shaxmat usulida joylashtirilib tegishli belgi chiziqli chiziladi. Qo‘shimcha tasmaning butun uzunligida yo‘l yoqasining kengligi 1 m qilib belgilanadi.


Qo‘shimcha tasmaning ko‘ndalang nishabliklar va yo‘l to‘shamasining tuzilmasi asosiy yo‘ldagidek belgilanishi lozim.
4.9. I-III toifali avtomobil yo‘llarida g‘ildirakli traktorlar va boshqa sekin harakatlanuvchi trans­port vositalarini o‘tkazish uchun yo‘lning asosiy yo‘nalishi qatnov qismi tashqarisida mahalliy harakatlanish yo‘llari ko‘zda tutilishi zarur.
Qishlok xo‘jaligi korxonalari va xo‘jaliklari xizmatidagi traktor va traktor poezdlarining tex­nik-iqtisodiy samaradorligi isbotlangan taqdirdagina mahalliy harakatlanish yo‘llari alohida yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalanishi kerak.
Mahalliy harakatlanish yo‘llari yoz shamolining ustuvor yo‘nalishini hisobga olib ko‘rsatilgan toifali yo‘llar yoqasi bo‘ylab odatda shamolga teskari tomonda mazkur yo‘llarga yaqin joylashtirilishi kerak.
Mahalliy harakatlanish yo‘llarini loyihalash me’yorlari QMQ 2.05.11-95 talablari asosida amalga oshirilishi lozim.
4.10. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qabul qilish punktlari harakat jadalligi 300 avt/soatdan yukori bo‘lgan II-III toifali yo‘llarga yaqin joylashganida qabul punktlarining yo‘lga nisbatan joylashishi va harakat jadalligiga qarab bunday joylarda traktor poezdlari va boshqa transport vositalarining to‘xtashi uchun 10-jadvalga asosan kengligi 2,0-3,0 m bo‘lgan maxsus qo‘shimcha tasmalar qurilishi lozim. Qo‘shimcha tasmalarning III turi yukning katta qismi bir yo‘nalishda tashilgan vaziyatda qabul qilinib, aylanib olish joylarida 4 ta tirkamali traktor poezdlari uchun 10 m ni tashkil qiladigan eng kichik yo‘l kengligi ta’minlashi kerak. Qo‘shimcha tasmalardagi ko‘ndalang nishablik va yo‘l to‘shamasining tuzilmasi asosiy yo‘ldagidek belgilanishi lozim.
10-jadval

Qo‘shimcha tasma turi

Harakat jadalligi,
avt/soat

Qabul punktlari yaqinida quriladigan qo‘shimcha tasmalar tavsifi

Bir tomondagi qo‘shimcha tasmaning eng kichik uzunligi, m

Aylanib olish joylarida yo‘lning eng kichik kengligi, m

I

300-500

Qo‘shimcha tasmalar qabul punktlarining ikki tomonidan yo‘l yoqasini mustahkamlash hisobiga quriladi.

100

-

II

500 dan ortiq

Qo‘shimcha tasmalar qabul punktlarining ikki tomonidan yo‘l yoqasini mustahkamlash va qisman yo‘l poyini kengaytirish hisobiga quriladi.



100

-

III

300 dan kam

Yukning katta qismi bir yo‘nalishda tashilganida yo‘l yoqasini mustahkamlash va yo‘l poyini ken­gaytirish hisobiga quriladigan qo‘shimcha tasmalar faqat qabul punktlari tomonida joylashtiriladi.

150

10,5



4.11. Bo‘ylama kesimda bo‘ylama nishabliklarning algebraik farqi 60 ‰ va undan katta bo‘laklarni tutashtiruvchi botiq egrilikning o‘rtasida yo‘l qatnov qismining kengligi 5-jadvalga me’yorlarga nisbatan II va III toifali yo‘llar uchun har tomondan 0,5 m ga, IV toifali yo‘llar uchun 0,25 m ga kengaytirilishi lozim.
Qatnov qismi kengaytirilgan bo‘laklarining uzunligi II va III toifali yo‘l uchun kamida 100 m, IV toifali yo‘llar uchun esa kamida 50 m bo‘lishi kerak. Kengaytirilgan qatnov qismiga o‘tish II-III toifali yo‘llar uchun 25 m masofada va IV toifali yo‘llar uchun 15 m masofada amalga oshiriladi.
4.12. Yo‘l yoqasi kengligini tog‘li joylarning ayrim murakkab qismlarida, yo‘l bo‘lagi qimmatbaho hosildor yerlardan o‘gganda, shuningdek tezlikni o‘zgartirish tasmali va ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasmali joylarda, harakat xavfsizligini va uni tashkil qilish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslarga muvofiq I va II toifali yo‘llar uchun 1,5 m gacha va boshqa toifadagi yo‘llar uchun 1 m gacha kamaytirishga ruxsat beriladi. Tog‘li joylarning pastki yonbag‘ridagi yo‘l yoqasining kengligi kamida 2 m qabul qilinishi lozim.
4.13. Yo‘llarning istiqbolda harakat tasmalari sonini ko‘paytirish zaruriyati tug‘iladigan qismlarida ajratuvchi tasma kengligini 5-jadvalda keltirilgan me’yorga nisbatan 7,5 m ga oshirish lozim va Ia toifali yo‘llar uchun kamida 13,5 m, Ib toifali yo‘llar uchun esa kamida 12,5 m ga teng deb qabul qilish kerak.
Ajratuvchi tasma yuzasiga uning kengligi, yotqizilgan tuproq, mustahkamlanish turi va tabiiy-iqlim sharoitlarga qarab, qatnov qism tomonidan ajratuvchi tasma o‘rtasiga yoki qatnov qism tomoniga qarab nishablik beriladi. Ajratuvchi tasma nishabligi o‘rtaga bo‘lganida suvlarni chetga chiqarish uchun maxsus qurilmalap o‘rnatish ko‘zda tutilishi lozim.
4.14. Yo‘l qimmatbaho yerlardan, tog‘li joylarning ayrim murakkab qismlaridan, katta ko‘priklardan, aholi zich joylashgan va boshqa joylardan o‘tganda texnik-iqtisodiy asoslarga muvofiq ajratuvchi tasma kengligini to‘siqlar o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan tasma kengligiga ikki tomondan 1 m dan qo‘shilgan kenglikgacha kamaytirishga ruxsat beriladi. Ajratuvchi tasmaning kamaytirilgan kengligidan yo‘lda qabul qilingan kengligiga o‘tish har ikki tomonidan 100:1 qiymatda bir tekisda amalga oshiriladi.
Ia toifali yo‘llarda ta’mirlash ishlari davrida avtotransport vositalari va maxsus mashinalarning harakatini o‘tkazishni tashkil qilish uchun ajratuvchi tasmaning har 2-5 km da uzunligi 30 m bo‘lgan uzilishlarni ko‘zda tutish lozim. Bunday joylar ishlatilmagan paytlarda maxsus ko‘chma to‘siqlar bilan berkitib qo‘yilishi kerak.
4.15. Ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar boshi va oxirining yo‘l ko‘tarmasi bilan tutashgan joyida yo‘l poyining kengligi kamida 10 m masofada ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar panjaralari o‘rtasidagi kenglikdan har tomonga kamida 0,5 m ga ortiq bo‘lishi kerak. Zaruriyat bo‘lganida yo‘l poyi kengaytirilishi lozim, kengaytirilgan yo‘l poyidan me’yoriy kenglikka o‘tish esa 15-25 m oraliqda bajariladi.
4.16. Barcha toifadagi yo‘llarning to‘g‘ri qismlarida, odatda I toifali yo‘llarning radiusi 3000 m va undan ortiq, qolgan toifadagi yo‘llarning radiusi 2000 m va undan ortiq rejadagi egriliklarida qatnov qismni ikki nishabli ko‘ndalang kesim bilan qabul qilinadi.
Rejadagi egriliklar radiusi kichik bo‘lgan hollarda avtomobillarning mazkur egriliklarda katta tezlik bilan xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida qatnov qismni bir nishabli ko‘ndalang kesim (viraj) bilan qurish ko‘zda tutilishi lozim.
4.17. Yo‘l qatnov qismining ko‘ndalang kesim nishabliklari (rejaning viraj qurilishi ko‘zda tutilgan joylaridan tashqari) harakat tasmalari soni va iqlim sharoitlariga qarab 11-jadval bo‘yicha belgilanadi.
11-jadval

Yul toifasi

Ko‘ndalang
nishablik, ‰

I:




a) har qatnov qism ko‘ndalang kesimining nishabligi ikki tomonga bo‘lganda

15

b) nishablik bir tomonga bo‘lgan kesimda:




ajratuvchi tasmadan keyin birinchi va ikkinchi tasmalar

15

uchinchi va keyingi tasmalar

20

II-IV

15

Izoh: Shag‘alli va chaqiq toshli qoplamalarda ko‘ndalang nishablik 25-30 ‰, mahalliy materiallar bilan mustahkamlangan tuproqli qoplamalarda va sindirilgan va tabiiy toshlar yotqizilgan yo‘llarda 30-40 ‰ qabul qilinadi.
4.18. Nishabligi ikki tomonlama bilan ko‘ndalang kesimda yo‘l yoqasi nishabligi qatnov qisminikiga qaraganda 10-30 ‰ ga katta qabul qilish kerak. Iqlim sharoitlari va yo‘l yoqasini mustahkamlash turiga ko‘ra ko‘ndalang nishabliklarning quyidagi qiymatlari ruxsat etiladi:
30-40 ‰ - bog‘lovchilar qo‘llanilib mustahkamlanganda;
40-60 ‰ - chaqiq tosh, shag‘al, kuyundilar bilan mustahkamlanganda yoki tosh materiallar va beton plitalari yotqizilganda;
50-60 ‰ - chim bostirish yoki o‘t ekish bilan mustahkamlanganda.
Qor qatlami uzoq turmaydigan va yaxmalak bo‘lmaydigan joylarda chim bostirilgan yo‘l yoqalarining nishabliklari 50-80 ‰ bo‘lishiga ruxsat etiladi.
4.19. Virajlarda qatnov qismi­ning ko‘ndalang nishabliklari reja egriliklarining radiusiga ko‘ra 12-jadval bo‘yicha belgilanishi lozim.
Agar rejada bir tomonga yo‘nalgan ikki egriliklar bir-biriga yaqin joylashgan va ular orasida to‘g‘ri qism bo‘lmasa yoki uning uzunligi juda kichik bo‘lsa, nishabligi bir tomonga bo‘lgan ko‘ndalang kesim uzluksiz davom ettiriladi.
4.20. Qurilish va relef sharoitlari bo‘yicha yo‘lning ayrim murakkab qismlarida, hamda tog‘ yo‘llarining serpantinli qism­larida ko‘ndalang nishabliklari o‘zgaruvchan virajli (zinapoya turidagi vi­raj) va qatnov qism kengaytirilgan individual loyihalar ishlab chiqishga ruxsat etiladi. Bunda qatnov qismining o‘rtasi egrilik radiusiga mos bo‘lgan ko‘n­dalang nishablikda bajariladi, ichki va tashqi tasmalarga esa kamida 2 m kenglikda, ichki tasma uchun 10 - 20 ‰ ga katta va tashqi tasma uchun esa 10-40 ‰ ga katta bo‘lgan nishablik beriladi (egrilik radiusi va harakat tarkibiga qarab). Shuningdek mahalliy sharoitlarni hisobga olib egrilik chegarasida yo‘l qatnov qismining umumiy kengligini oshirish tavsiya etiladi.
4.21. Yo‘lning nishabligi ikki tomonlama bo‘lgan ko‘ndalang kesimdan bir tomonlama bo‘lgan kesimga keltirishni (yo‘lni rekonstruksiya qilishda) o‘tish egriligi uzunligida, u bo‘lmaganda o‘tish egriligi uzunligiga teng bo‘lgan egrilikga yondosh to‘g‘ri qismda amalga oshirish lozim.
12-jadval



Rejadagi egrilik radiuslari, m

Qatnov qismning virajdagi ko‘ndalang nishabligi, ‰

asosiy, eng ko‘p tarqalgan

tez-tez yaxmalak bo‘lib turadigan joylarda

I-IV toifali yo‘llarda

sanoat korxonalariga kelish yo‘llarida

I toifali yo‘llar uchun:
3000 - 1000



20-30

-

20-30

II-IV darajali yullar uchun:
2000 - 1000

20-30

-

20-30

1000 - 800
800 - 700
700 - 650
650 - 600
600 - 500
500 - 450
450 - 400
400 va undan kam

30-40
30-40
40-50
50-60
60
60
60
60

-
20
20
20
20-30
30-40
40-60
60

20-40
30-40
40
40
40
40
40
40


Download 2,59 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Download 2,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yo‘l ko‘ndalang kesimining asosiy o‘lchamlari

Download 2,59 Mb.