|
II. HARAKAT XAVFSIZLIGI VA UNI TAShKIL QILISh
|
bet | 5/35 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,59 Mb. | | #248915 |
Bog'liq ShNQ-2.05.02-07 lotinII. HARAKAT XAVFSIZLIGI VA UNI TAShKIL QILISh
2.1. Avtomobil yo‘llarining loyihaviy yechimlari quyidagilarni ta’minlashi lozim:
transport vositalarining hisobiy tezlik bilan xavfsiz, uyushgan va qulay harakatlarini;
bir xil harakat sharoitlarini, haydovchilarning ko‘rib chamalash asoslarini rioya qilinishi;
kesishma va tutashmalarning xavfsiz joylashishini;
qatnov qism yuzasi bilan avtomobil shinalari orasidagi tegishli tishlashishni.
2.2. Loyiha yechimlarida quyidagi savollar yoritilishi kerak:
reja va bo‘ylama kesim egriliklarida, ko‘tarilish va tushishlarda, shuningdek yo‘l qoplamasining ilashish sifatini oshirish hisobiga yilning noqulay iqlim sharoiti davrida harakat xavfsizligini ta’minlash;
avariya holatlarida transport vositalarining xavfsiz tushishini ta’minlash;
yo‘lni yoritish;
ko‘rinishni ta’minlash, yo‘lni jihozlash, shu jumladan yo‘l belgilarini joylashtirish, belgi chiziqlarini chizish sxemalari;
himoya va yo‘naltiruvchi jihozlarni joylashtirish sxemasi;
yo‘nalishlarni ko‘rsatuvchi sxema, avtomatlashtirilgan tizimlar va ayrim svetoforlarni joriy qilish variantlari va dasturlari;
kesishma va tutashmalar, sun’iy inshootlar, servis punktlari, dam olish maydonchalari, to‘xtab turish joylari, avtobus bekatlari, xizmat ko‘rsatish bino va inshootlarni xavfsiz joylashtirilishi va zaruriy jihozlanishi.
2.3. I-IV toifali avtomobil yo‘li loyihalarining harakat havfsizligini ta’minlash qismi Harakat xavfsizligi davlat xizmati organlari (HXDXO) bilan kelishiladi.
2.4. Loyihaviy yechimlarni baholash harakat tezligi, harakat xavfsizligi va yo‘llarning transport o‘tkazuvchanlik qobiliyati ko‘rsatkichlari, transport harajatlari va harakat qulayligi sharoiti bo‘yicha maxsus ko‘rsatmalarga asosan olib borilishi lozim.
Yo‘lning ayrim elementlari o‘lchamlarining harakat xavfsizligi va qulayligi talablariga mosligi EHMda yoki joylardagi kuzatishlar asosida hisoblab baholanganda yakka avtomobil tezligining reja va bo‘ylama kesim o‘lchamlariga bog‘liq o‘zgarish epyurasi chiziladi.
Yo‘lning u yoki bu qismining xavflilik darajasini baholash uchun nisbiy avariya koeffitsienti yoki xavfsizlik koeffitsienti ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Yakuniy avariya koeffitsientini hisoblashda yo‘l sharoitlarini hisobga oluvchi ayrim avariya koeffitsientlarini e’tiborga olish lozim. Turli yo‘l sharoitlari ta’sirini hisobga olgan yo‘lning o‘tkazish imkoniyati baholash, uning eng katta qiymatiga mahalliy yo‘l sharoitlarini hisobga olgan kamayish koeffitsientlarini kiritish orqali baholanadi (MShN 25-05).
2.5. Yo‘llarni loyihalashda o‘rnatish joyi va uslubini o‘z ichiga olgan yo‘l belgilarini joylashtirish sxemasi va yo‘l chiziqlarini tushirish sxemasi ishlab chiqilishi kerak. Yo‘l harakatini tashkil etish texnik vositalarini joylashtirish sxemasini ishlab chiqishda GOST 23457-86 dan foydalanish lozim.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, avtomobil yo‘llari qaysi yuridik shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar bilan kelishmasdan turib, reklamalarni joylashtirishga ruxsat etilmaydi.
2.6. Piyodalar o‘tish joylari (“zebra” turidagi), avtobus bekatlari, tezlikni o‘zgartirish tasmalari, ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasmalar, avtomobillar to‘xtash tasmalari, tunnellar va yo‘lo‘tkazgichlar ostidagi qatnov qismlari, temir yo‘l kesib o‘tish joylari, kichik ko‘priklar va yo‘l qoplamasi fonida to‘siklar yomon ko‘rinadigan joylarda ularni turishini maksadida ochroq rangdagi qoplamalar ishlatilishi lozim.
2.7. Qorong‘i vaqtda yoqiladigan elektr yoritgichlar yo‘lni aholi punktlari chegarasida, mavjud elektr tarqatuvchi tarmoqlardan foydalanish mumkin bo‘lganda katta ko‘priklarda, avtobus bekatlarida, I va II toifali yo‘llarning o‘zaro va temir yo‘llar bilan kesishmalarida, kesishmaning barcha bog‘lovchi tarmoq tugunlarida va ularga kelish joylarida kamida 250 m masofada, halqa turdagi kesishmalarda ko‘zda tutilishi lozim. Agar yoritiladigan qismlar orasidagi masofa 250 m dan kam bo‘lsa, yo‘lni uzluksiz yoritishni tashkil qilish tavsiya etiladi.
2.8. Avtomobil yo‘li qoplamasining yoritilishi aholi punktlarining tashqarisida, shu jumladan katta va o‘rta ko‘priklarda I toifali yo‘l uchun 0,8 kd/m2, II toifa uchun 0,6 kd/m2, transport yechimlarining bog‘lovchi tarmoqlarida 0,4 kd/m2 bo‘lishi kerak.
Avtomobil va temir yo‘llarining bir sathdagi kesishish joylarida yoritgich qurilmalari temir yo‘l transporti mehnat xavfsizligi standartlari tizimida belgilangan sun’iy yoritish me’yorlariga mos bo‘lishi kerak.
2.9. Yo‘llardagi yoritgich tayanchlari yo‘l poyi qoshidan tashqarida o‘rnatilib, bunda qatnov qismi chetidan tayanchning eng yaqin qirrasigacha bo‘lgan masofa kamida 1,75 m bo‘lishi kerak.
Yo‘llardagi yoritgich tayanchlarini suv novlari yoki kyuvetlarning orqasida o‘rnatish lozim. Yoritgich tayanchlarini kengligi 5 m dan kam bo‘lmagan ajratish tasmalarida to‘siqlar bilan birga o‘rnatish mumkin.
2.10. Avtomobil yo‘llari qismlaridagi yoritgichlar tabiiy yorug‘lik miqdori 15-20 lk gacha kamayganda yoqilib, 10 lk dan ortganda esa o‘chiriladi.
Kechasi avtomobil yo‘llarining cho‘zilgan qismlarida (300 m dan uzun), ko‘priklar va tonnellarga, avtomobil va temir yo‘llar bilan kesishish joylariga yaqinlashish yoritgichlarni yarmini o‘chirish yo‘li bilan tashqi yoritish miqdorini kamaytirishni ko‘zda tutish lozim Bunda ketma-ket joylashgan ikkita yoritgich, shuningdek tarmoqlanish, qo‘shilish, bo‘ylama kesimdagi radiusi 300 m dan kam bo‘lgan egrining cho‘qqisida, piyodalar yo‘lakchalarida. jamoat transporti bekatlarida, radiusi 100 m dan kichik bo‘lgan rejadagi egrida yoritgichlar o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2.11. Avtomobil yo‘llari yoritgichlarining elektr ta’minoti yaqin aholi punktlaridagi elektr tarqatuvchi tarmoqdan yoki yaqin orada joylashgan ishlab chiqarish korxonalari tarmog‘idan amalga oshirilib, ularni boshqarish yo‘l yaqinida joylashgan dispetcher punktidan markazlashgan holda olib boriladi.
Temir yo‘llarning kesishish joylarida yoritgichlarning elektr ta’minoti, agar temir yo‘lning bu qismi bo‘ylama elektr ta’minoti tarmoqlari yoki elektroblokirovka tarmoqlari bilan jihozlangan bo‘lsa, asosan temir yo‘l elektr tarmoqlaridan amalga oshirilishi lozim.
Tashqi yoritish tarmoqlarini boshqarishni yaqin joylashgan shahar aholi punkti yoki ishlab chiqarish korxonalaridan markazlashtirilgan holda nazarda tutish lozim.
|
| |