III. ATROF MUHIT MUHOFAZASI




Download 2,59 Mb.
bet6/35
Sana21.05.2024
Hajmi2,59 Mb.
#248915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
ShNQ-2.05.02-07 lotin

III. ATROF MUHIT MUHOFAZASI

Yangi avtomobil yo‘llarini qurish yoki mavjudlarini rekonstruksiya qilish loyihalari RD 119.0027714-24-93 ga muvofiq atrof-muhitga ta’sirini baholash muolajasi (OVOS) o‘tkazilganidan so‘ng amalga oshirilishi zarur.


I va II toifali avtomobil yo‘llari (avtomagistrallar va tezkor yo‘llar) qurilishida OVOS to‘liq hajmda amalga oshiriladi. Qolgan toifali yo‘llar uchun esa atrof-muhitga ta’siri haqida bayonotnoma (ZVOS loyihasi) ishlab chiqilishi shart. Ushbu bayonotnomani tasdiqlash jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiat qo‘mitasi tomonidan loyihada ekologik ishlarni kuzatish shakli va hajmi belgilanadi.
Atrof-muhitga ta’sirini baholash va holatini bashorat qilish avtomobil yo‘llarining u yoki bu toifasiga qo‘yiladigan umumiy va aniq ekologik talablarga asoslanishi kerak.
3.1. Yo‘l atrofdagi tabiiy landshaftga organik uyg‘unlashib ketishi zarur.
3.2. I va II toifali avtomobil yo‘llari aholi punktlarini aylanib o‘tishi va bunda havoni ifloslanishi nuqtai nazaridan yilning eng yomon davrida shamolning ustivor yo‘nalishi hisobga olinishi kerak.
3.3. Avtomobil dvigatellaridan chiqayotgan chiqindi gazlarning kamayishiga erishish maqsadida III va IV toifali yo‘llar (shuningdek aholi punktlari ichidagi yo‘llar) optimal tezlikdagi transport oqimi harakatini eng yaxshi tashkil etish imkoniyatini yaratish nuqtai nazaridan kelib chiqib hisob-kitob qilinishi va o‘tkazilishi kerak.
3.4. Yo‘l poyi, ko‘prik o‘tkazgichlar, mashinalarni yuvish joylari, texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari va boshqa joylarda to‘planadigan ifloslangan oqava suvlar tozalash qurilmalari yoki bug‘lanish maydonlariga chiqarib yuborilishi lozim.
3.5. Yo‘llar suv oqimlarining gidrologik rejimini buzmasligi, oqmas suv havzalari va suv bosgan hududlar hosil qilmasligi kerak.
3.6. Transport oqimining shovqin darajasi sanitariya me’yorlaridan oshmasligi zarur.
3.7. Yo‘l atrofidagi hududga ko‘rsatiladigan salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida yo‘l bo‘yida tashqi salbiy ta’sirlarga chidamli bo‘lgan yashil daraxtlardan himoya mintaqasi yaratilishi kerak.

Download 2,59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Download 2,59 Mb.