|
X. YO‘L VA AVTOTRANSPORT XIZMATIDAGI BINO VA INShOOTLAR
|
bet | 32/35 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,59 Mb. | | #248915 |
Bog'liq ShNQ-2.05.02-07 lotinX. YO‘L VA AVTOTRANSPORT XIZMATIDAGI BINO VA INShOOTLAR
10.1. Avtomobil yo‘llari loyihasida, yo‘llarni ta’mirlash va saqlash xizmatlarini tashkil qilish uchun yo‘lovchi va yuk tashiuvchilar, va harakat qatnashchilariga xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi quyidagi tegishli bino va inshootlarni qurish ko‘zda tutilishi lozim:
yo‘l xizmati uchun - yo‘l boshqaruvi bino va inshootlar majmui, yo‘l xizmatining asosiy va quyi bo‘g‘inidagilarga mo‘ljallangan bino va inshoatlar majmui, ishchi va xizmatchilarga mo‘ljallangan yashash uylari, ishlab-chiqarish omborlari, xizmat ko‘rsatish joylari, ko‘priklar, tonnel, kechuv va timlarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari, texnologik aloqa qurilmalari;
avtotransport xizmati uchun - yuk tashishga xizmat ko‘rsatuvchi bino va inshootlar (yuk avtobekatlari, nazorat-dispetcher bo‘limlari) tashkillashtirilgan holda yo‘lovchilar tashishga xizmat ko‘rsatuvchi bino va inshootlar (avtobekatlar avtovokzallar va x.k.z) xarakat qatnashchilariga xizmat ko‘rsatish uchun - avtomobil servisi (mexmonxonalar, motellar, kempinglar, dam olish maydonchalari, avtomobillarning qisqa muddat to‘xtab turishi uchun maydonchalar, ovqatlanish va savdo bo‘limlari, avtomobillarga yonilg‘i quyish shahobchalari - AYoQShlar, texnik xizmat ko‘rsatish shahobchalari - TXKSh, shaharga kirishda avtomobillarni yuvish shahobchalari, avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun qurilmalar, avariyada chaqirish aloqa qurilmalari);
HXDXO uchun - yo‘l harakati nazorati bo‘yicha inshootlar.
10.2. Yo‘l xizmatining asosiy bo‘g‘inlari uchun loyihada ma’muriy - maishiy binolar, avtomobil va yo‘l mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun ishlab-chiqarish binolari, mashina parkining tarkibiga mos to‘xtab turish joylari (issiq va sovuq), yo‘l harakatini tashkillashtiruvchi texnik vositalarni ta’mirlash sexlari, yaxmalakka qarshi ishlatiladigan kimyoviy materiallarni saqlovchi va tayyorlovchi omborlar. Yo‘l xizmatining quyi bo‘g‘inlari uchun omborlar, avtomobil va yo‘l mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash uchun ishlab chiqarish binolari, ma’muriy maishiy binolar, mashina parkining tarkibiga mos to‘xtab turish joylari (issiq va sovuq), yaxmalakka qarshi ishlatiladigan kimyoviy materiallarni tarqatuvchi omborlar.
Asosiy va quyi bo‘g‘inlarning nomlari respublika viloyatlarida amalda ishlatilayotgan tizimga asosan qabul qilinishi mumkin.
10.3. Yo‘l xizmatining asosiy va quyi bo‘g‘inlariga mo‘ljallangan bino va inshootlar majmualarini, odatda aholi yashash joylariga yaqin yoki avtomobil yo‘liga yaqin hududlarda birgalikda joylashtirish lozim.
Bino va inshoot majmualari uchun umumiy energiya tarmog‘i, suv o‘tkazgich, kanalizatsiya, isitish, aloqa, tuzatish omborlari va boshqalarni ko‘zda tutish lozim. Bunda o‘zaro yaqin joylashgan korxonalar umumiy ovqatlanish, meditsina xizmati, yong‘indan himoya qilish, yaqin atrofdagi hududni jihozlash ishlarini birgalikda qilish mumkinligini e’tiborga olish kerak.
10.4. Ishlab-chiqarish anjomlarini saqlash, avtomobil va yo‘l mashinalari to‘xtash joylarini, tabiiy va ishlab-chiqarish sharoitlarini hisobga olib jixozlashni ko‘zda tutilishi lozim.
10.5. Yo‘l xizmati bino va inshootlarini tub joy sharoitlaridan kelib chiqib, yo‘lni saqlash va ta’mirlash xizmatini tashkil qilish tizimini hisobga oluvchi (mahalliy, hududiy, mahalliy-hududiy) buyurtma asosida loyihalash lozim. Yo‘l xizmati bo‘limlari xizmat ko‘rsatuvchi yo‘l qismlarining uzunligini yo‘lning toifasi va yo‘l to‘shamasi turiga qarab 63-jadval bo‘yicha qabul qilinishi kerak.
10.6. Avtotransport inshootlarining o‘tkazish qobiliyati, o‘lchami boshqa kattaliklari, ularning kelgusida rivojlanishini hisobga olib kelajakdagi 10 yillik harakat jadalligi uchun qabul qilinadi.
63-jadval
Yo‘l xizmati bo‘limlari
|
Yo‘l toifalari bo‘yicha yo‘l qismlarining taxminiy uzunligi, km
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
Yo‘l to‘shamasining asosiy turlari:
|
mukammal
|
yengillash- tirilgan
|
o‘tuvchi
|
oddiy
|
Yo‘lni saqlash xizmatining asosiy bo‘g‘ini:
chiziqli prinsipda
hududiy prinsipda
|
100-170
250-300
|
170-260 250-300
|
170-260
250-300
|
210-260
250-300
|
-
250-300
|
Yo‘lni saqlash xizmatining quyi bo‘g‘ini
|
30-40
|
40-55
|
55-70
|
70-90
|
80-100
|
Katta ko‘priklarni qo‘riqlash va saqlash joyi
|
Uzunligi 300 m. dan katta ko‘priklarda
|
Ochiluvchi ko‘priklarni qo‘riqlash, saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish joyi
|
Uzunligi chegaralanmagan barcha ko‘priklarda
|
Kechuvlarda xizmat ko‘rsatish joyi
|
Suzuvchi ko‘priklar, paromlarda
|
Izohlar: 1. Ko‘rsatkichlarning kichik qiymatlari tegishli toifadagi yo‘l qismlari uchun, tog‘li joylarda, qor yoki qum bosuvchi joylarda, shuningdek o‘pirilish, ko‘chish yoki cho‘kish ehtimoli bo‘lgan joylardagi murakkab muhandislik inshootlarida (tonnellar, galereyalar, timlar, tirgak va to‘shama devorlar, qirg‘oqni mustahkamlovchi, surilishlarni oldini oluvchi qurilmalar belgilangan harakat jadalligining yuqori qiymatlarida olinishi lozim.
2. I toifali yo‘l qismlarining uzunligi 4 ta harakat tasmali yo‘llarga moslab berilgan. Harakat tasmalari 6 yoki 8 ta bo‘lgan yo‘l qismi uzunligini ularga mos ravishda 0,7 yoki 0,5 ga kamaytirilgan koeffitsientlar bilan hisoblash zarur.
|
| |