III BOB EKSPERIMENTAL QISM




Download 1.48 Mb.
bet15/17
Sana10.04.2017
Hajmi1.48 Mb.
#3701
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
III BOB EKSPERIMENTAL QISM
3.1. OLINGAN NATIJALAR TAHLILI
Bu ishda o’rganilayotgan optik flintlar OF-3, OF-4 va OF-6 borat sistemasiga kiradi. OF-3,OF-4 va OF-6 markali optikaviy flintlar keng optikaviy to’lqin uzunliklaridagi shaffofligi bilan yuqori darajada tozalangan silikatli shishalardagina qolishadi, lekin ulardan yasalgan optikaviy elementlar anchagina engil, pishirish texnologiyasida energiya sarflanishi kamroq bo’ladi, texnologik jarayon ham xatarli emas va soddaroqdir. Shu sababli ularni radiatsion–optikaviy xossalarini va radiatsion –ximiyaviy barqarorligini o’rganish ilmiy va amaliy axamiyatga ega. Chunonchi, O’zbekistonda mavjud bo’lgan yadroviy nurlanish manbalaridan foydalanib, rangli texnikaviy shishalarni olish texnalogiyasini yanada soddalashtirish mumkin.

OF-maxsus flint optik shisha bo’lib o’tkazuvchanligi juda yuqori, ko’rinish sohasida yorug’likni 96% gacha o’tkazadigan saffof shisha. Tarkibida Al2O3 , RbO, B2O3 asosini B2O3 tashkil etadi. Rentgen nurlarini yaxshi yutadi.

Optik yutilish spektrini tekshirish natijalari shuni ko’rsatadiki, shishalar radiatsiya ta’sir qildirilmaganda ko’rinish sohasida 300-700 nm oralig’ida umumiy fondan tashqari hech qanday yutilish polasalariga ega emas ya’ni spektr silliq. Shisha 5*106 p doza bilan nurlantirilganda 320 nm va 490-520 nm oralig’ida yutilish sohalari vujudga keladi.


Maqsad:

OF-3, OF-4 va OF-6 shishalar ko’p komponentali shishalarga kiradi.

Asosida silikat va fosfot bo’lgan ko’p komponentali shishalar qatoriga kirsa radiotsion turg’un tarkibni ancha asonlashadi.

Maqsadning bunday qo’yilishi bu shishalarning radiatsion-optik xususiyatlarini so’ngra turg’unligini o’rganishni talab etadi.




Download 1.48 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 1.48 Mb.