• Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun mohiyati.
  • -mavzu: Media maydon tuzilishi va ta’siri




    Download 37,34 Mb.
    bet18/73
    Sana21.05.2024
    Hajmi37,34 Mb.
    #248646
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73
    Bog'liq
    Media savodxonlik umk 04 09 2023 06

    5-mavzu: Media maydon tuzilishi va ta’siri
    Reja:

    1. Axborotlashgan jamiyat va media maydon tushunchasi.

    2. Media axborot (matn) tahlili va uni baholash madaniyati.

    3. Internet tarmoqlarining vujudga kelishi va maqsadi: “Odnoklassniki”, “Telegram ” “Facebook”, “Instagram ”, “WhatsApp ” “Tik tok”, “YouTube”, “Twitter”, “Go-gulf.com”, “Linkedn”.

    Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun mohiyati.
    Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. XX asrning oxiri - XXI asrning boshlarida dunyo xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotda, shuningdek, tabiatda yuz berayotgan global o‘zgarishlar bugungi jamiyatni "Axborotlashgan jamiyat" deb atashga asos bo‘lmokda. Xo‘sh axborotlashgan jamiyat nima? Bu savolga o‘zbek tilida nashr etilgan adabiyotlarda: "Axborotlashgan jamiyat - ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo, axborotni ishlab chikarish, unga "ishlov berish", saklash va jamiyat a’zolariga yetkazish bilan bog‘liq bo‘ladigan jamiyat" , "axborotlashgan jamiyat, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishda mehnat qiluvchilarning, fan va madaniyat vakillarining axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish, dunyoviy bilimlar majmuini shakllantirish, yaratish, saklash, qayta ishlash va xalqaro bozorda sotishni amalga oshirish bilan mashg‘ul bo‘lgan jamiyatdir", "Axborotlashgan jamiyat - ko‘pchillik ishlovchilarning axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saklash, kayta ishlash va sotish-ni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatdir", - degan ta’rif-lar berilgan. Axborotlashgan jamiyatni ijtimoiy fenomen tarzda tushuntirib berish masalalari D.Bell, A.Toffler, M. Kastels, U.Rostou, P.Draker, J.Gelbreyt, F.Uebster, I.Masuda kabi olimlarning asarlarida mufassal bayon kilingan. «Axborolashgan jamiyat» atamasi dastlab Yaponiyada vujudga kelgan. Yapon faylasuf olimi Y.Xayashi 1969 yilda Yaponiya hukumatiga "Yaponiya axborotlashgan jamiyat bardamligi siyosatiga chizgilar", 1971 yili "Axborotlashgan jamiyat rejasi" kabi tadqiqotlarni takdim etdi. 1971 yildan boshlab mazkur tushuncha ilmiy jamoatchilik tomonidan keng ko‘llanila boshladi. Demak, axborotlashgan jamiyat tushunchasini birinchi bo‘lib fanga Tokio texnologik universitetining professori Y.Xayashi kiritgan. Uning fikricha, moddiy mahsulot emas, axbo- rotlashuv mahsuloti jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi.
    Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch qismdan tarkib topadi:
    mediatizatsiya (lot.mediatus - vositachi) - axborot to‘plash, saqlash va tarqatish
    vositalarini takomillashtirish jarayoni;
    kompyuterlashtirish - axborot izlash va unga ishlov berish vositalarini
    takomillashtirish jarayoni;
    intellektualizatsiya - axborot yaratish va uni idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, ya’ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish, shu jumladan, sun’iy intellektdan foydalanish jarayoni.
    Umuman olganda, jamiyatni axborotlashtirishni zamonaviy axborot-texnika vositalari yordamida ijtimoiy tuzilma va jarayonlarni takomillashtirish deb talqin qilish lozim. Axborotlashtirish ijtimoiy intellektualizatsiya jarayonlari bilan uyg‘un holda bo‘lishi kerak. Zotan, bu shaxs va u yashayotgan axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirish imkonini beradi. Axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan moddiy omillar bilan emas, balki ma’naviy omillar - bilim va axborot birinchi o‘rinda turishi bilan tubdan farq qiladi.
    Jamiyatni axborotlashtirish ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo axborotni ishlab chiqarib, unga “ishlov berish”, saqlash va jamiyat a`zolarga yetkazish bilan bog`liq bo`ladiganjamiyat. Shu jumladan axborotlashgan jamiyatda ko`pchilik ishlovchilarning oliy shakli ya`ni bilim ko`nikmalarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishni amalga oshirish bilan bog`liq bol`gan jamiyat.
    Media-ta’lim hozirgi davrda shaxsning ommaviy axborot vositalari orqali rivojlanish jarayonini anglatadi. Media-ta’lim — bu media mahsulotlari bilan:
    • muloqot madaniyatini kommunikativ imkoniyatlari tanqidiy tafakkuri media¬matnini to‘liq qabul qilish;
    • intepritatsiya etish;
    • tahlil qilish hamda baholashdan iborat. Media-savodxonlik insonga ekranli san’atni:
    televideniye;
    • radio;
    • video;
    • kinomotograf;
    • pressa;
    • matbuot internet va boshqalarni taqdim etadi.
    Manbalardan kelayotgan axborot oqimidan to‘g‘ri foydalanib, o‘zining rivojlanishi uchun kerakli bo‘lgan axborotlarni o‘rganish. Hozirgi axborotlashgan jamiyatda barcha media-resurslarini tahlil qilish muhum rol o‘ynaydi. Xorijiy media-ta’limning tahlili shuni ko‘rsatadiki, talabalar o‘zining o‘qish jarayonida asosan internet, televideniya manbalaridan foydalanishadi. Jahon mediapedagogikasida media¬ning tarbiyaviy ijodiy ususllaridan foydala¬nish yo‘lga qo‘yilgan.

    Download 37,34 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73




    Download 37,34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Media maydon tuzilishi va ta’siri

    Download 37,34 Mb.