|
-amaliy mashg‘uloti: ILMIY-OMMABOP VA LIRIK ASARLAR USTIDA ISHLASH
|
bet | 131/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olingan17-amaliy mashg‘uloti: ILMIY-OMMABOP VA LIRIK ASARLAR USTIDA ISHLASH
Ishdan maqsad: Talabalarga, she’r janridagi asarni o‘qitish metodikasi haqida ma’lumot berish, lirik va epik she’rlar bilan tanishtirish usullarini o‘rgatish
Masalaning qo‘yilishi: Talabalar, she’r janridagi asarni o‘qitish metodikasi haqida ma’lumotga ega bo‘ladi, lirik va epik she’rlar bilan tanishtirish usullarini o‘rganadi
Amaliy mashg‘uloti yuzasidan ko‘rsatmalar:
She’r janridagi asarni o‘qitish metodikasi
Lirik va epik she’rlar bilan tanishtirish usullari
Amaliy mashg‘uloti yuzasidan ko‘rsatmalarni o‘rganib, qayd qilib borish
1-topshiriq:
1) 1-sinflarda o‘rganiladigan ilmiy-ommabop maqolalarni ajrating va guruhlang.
2) 2-sinfda o‘rganiladigan ilmiy-ommabop maqolalarni ajrating va guruhlang.
3) 3-sinflarda o‘rganiladigan ilmiy-ommabop maqolalarni ajrating va guruhlang.
4) 4-sinfda o‘rganiladigan ilmiy-ommabop maqolalarni ajrating va guruhlang.
2-topshiriq:
Ilmiy-ommabop asarni o‘qish darsi qurilishi:
1. O‘qiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash, ularni matn mazmunini tushunishga tayyyorlash maqsadida taxminiy suhbat o‘tkazish.
2. Asarni yoki uning ma’lum bir qismini o‘qish, Lug‘at ustida ishlash.
3. Asar rejasini tuzish.
4. O‘qilgan maqola yuzasidan suhbat uyushtirish.
5. Matnni asosiy mazmunin aniqlash va reja qismlarini yoritish.
6. Reja asosida maqolani qayta o‘qish.
7. Maqolani yaxlit o‘qish.
8. Reja asosida qayta hikoyalash.
9. Xulosalash va umumlashtirish.
3-topshiriq:
1. Ilmiy-ommabop maqolalarning dolzarb janr ekanligini qanday tushunasiz?
2. Ilmiy-ommabop maqolalarning tematik rang-barangligini qanday izohlaysiz?
3. Ommabop maqolalarda Vatan tuyg‘usi qanday ifodalangan?
4. O‘qish kitoblarida Istiqlolning istiqboli haqida qanday ommabop maqolalar beriigan?
5. Ilmiy-ommabop maqolalarni o‘rganish kichik maktab yoshidagi bolalar uchun qanday ahamiyatga ega?
6. Boshlang‘ich ta’lim o‘qish kitoblaridan milliy qadriyatlar va ajdodlar ma’naviyatini aks ettirgan biror ilmiy-ommabop maqolani mustaqil tahlil qilib, uni modulli ta’lim dasturi asosida tushuntiring.
4-topshiriq:
Bu dars har xil janrdagi asarlarni o‘rganish uchun boshlang‘ich ta’limda keng o‘rin berilgan ilmiy-ommabop maqolalar yuzasidan o‘tkaziladi. Talabalar 2-4-sinf “O‘qish kitobi”dan o‘zlari uchun manzur bo‘lgan ilmiy-ommabop maqolalarni tanlab, asarni tahlil qilish uslubini ishlab chiqadilar. Nutq o‘stirish ko‘nikmasini hosil qilishda matn ustida ishlaslming quyidagi turlariga e’tibor berishlari lozim:
1. Asarning g‘oyaviy mazmunini yoritadigan qismini topib, unga sharh berish. Tanlab qo‘yishni joriy etish.
2. Muhokama vositasida nutq o‘stirish ko‘nikmasiga ega bo‘lish uchun berilgan savolga o‘z so‘zlari bilan javob berish usulidan foydalanish.
3. O‘zaro savol-javob asosida nutq o‘stirish usulini qo‘llash.
4. Matnni so‘z bilan tasvirlash va reja asosida qayta hikoya qilishni amalga oshirish va boshqalar.
|
| |