ts  kabi yoziladi; 2) krilldagi e




Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/26
Sana11.06.2024
Hajmi0,98 Mb.
#262630
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
abdurahmonova sayyora

ts 
kabi yoziladi;
2)
krilldagi
e
harfi lotinga o‘tganda
ye
kabi yoziladi, qachonki u so‘z
boshida, unlidan keyin,
ь
(yumshatish) belgisidan keyin va 
ъ
(ayirish) belgisidan keyin kelsa. Faqat undoshdan keyin kelsa

shaklida qoladi.
Ko‘rib turganimizdek, yuqoridagi holatlar e’tiborga olinadigan dastur-
protsedurani tuzish uchun unga qadar ayrim shartlar ham mavjudki, ularning
bajarilgan bo‘lishi bizning algoritm tuzish uchun tutgan yo‘limizga xalaqit
bermasligi lozim.
Transliteratsiya bilan bog‘liq muammolar hali talaygina. Masalan,
yuklamalar, qatnashgan so‘zlarni o‘girishda ham jiddiy muammoga duch
kelish mumkin. Xususan, “u” yuklamasini olib qaraylik. Krillda “Сену мен” 
kabi jumladagi “u” yuklamasi lotinga o‘tgana chiziqcha bilan yoziladi “Sen-u
men” kabi. Vaholanki, yuklamasiz holda “u” bilan tugaydigan “буғу”, “урғу” 


57 
kabi mustaqil o‘zak so‘zlar ham mavjud. Xuddi shuningdek, “ю” yuklamasi
ishtirok etgan so‘zlarda ham murakkabliklar bor. Masalan, “келдию кетди” 
birikmasi “keldi-yu ketdi” shaklida yozilishi kerak. Bunda birinchi holat
uchun yozilgan algoritm ikkinchi holatni inkor qiladi.
Yuqorida qayd etilgan ziddiyatli muammolar arab yozuvidagi matn
transliteratsiyasida ham faol tus oladi. Ma’lumki, arab yozuvidagi tarixiy
asarlarimizning aksariyati o‘sha zamondagi xattotlar tomonidan nasta’liq
usulida bitilgan qo‘lyozmalardan iborat. Zamonaviy adabiyotlarda esa arab
alifbosiga tegishli bosma harfalar nasx usuli bilan yasalgan bo‘lib, aynan
mana shu harflarning har biri uchun kompyuterda maxsus kodlar mavjud.
Kompyuterda matn bilan ishlash faqatgina kodlar sistemasidan
foydalangan holatda tashkil etiladi. Har bitta harf yoki belgi uchun (hatto
raqamlar ham) alohida bitta kod bilan ajratilgan.
Intellektual uslubdagi matn transliteratsiyasini yaratishning amaliy
ahamiyati quyidagilardan iborat: 

katta yoshdagi kishilar kompyuterga matn kiritish (yoki matnni
o‘qish) chog‘ida krill imlosidan foydalanishni afzal ko‘radilar. Demak, 
matnni avval krill imlosida kiritib, so‘ng lotin imlosiga avtomatik
o‘girish ular uchun ayni muddao sanladi.

turli joylarda lotin imlosida yozilgan matnlarda xatoliklar uchrab
turadi. Bu holat imlo savodxonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

o‘zbek olimlarining krill imlosida yozgan noyob asarlari, shuningdek, 
arab yozuviga asoslangan o‘zbek tilidagi tarixiy asarlarning barchasi
hali to‘la-to‘kis lotin yozuviga o‘girilmagan.
Mana shu sabablarga ko‘ra o‘zbek alifbosi xususiyatlarini o‘zida keng
mujassam ettirgan intellektual dasturlarni yaratish davr talabi hisoblanadi.

Download 0,98 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish