54
1991-yilning 1-sentabri kabi
24
. Tartib sonni ko‘rsatuvchi rim raqamlarida
keyin chiziqcha yozilmaydi: XX asr, X sinf kabi. Demak, yangi o‘zbek
alifbosi asosida yozilgan matnlarda yil va oy raqamlaridan so‘ng -(i)nchi
ma’nosini ifodalash maqsadida chiziqcha (-) qo‘yiladi. Masalan: 2012-yil 18-
aprel. Ammo bu qoida hamma vaqt ham to‘g‘ri kelavermaydi. Masalan,
Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 55 yilligi. O‘zbekiston Respublikasi
mustaqillikka erishganiga 25 yil to‘ldi. Xayrullaning sportda erishgan bu
yutug‘iga 3 oy bo‘ldi. Misollardan ko‘rinib turibdiki, dasturning lingvistik
ma’lumotlar bazasi yaratilayotganda yuqoridagi kabi istisnoli holatlar hisobga
olinishi zarur. Buning uchun mavjud qoidaga biroz o‘zgartirish kiritish
maqsadga muvofiq: yil so‘zidan so‘ng bo‘ldi, to‘ldi so‘zlari kelganda yil
so‘zidan oldin kelgan raqamdan so‘ng chiziqcha (-) qo‘yilmaydi.
Har qanday dastur algoritm asosida ishlaydi, algoritmlar esa
ma’lumotlar bazasiga tayanadi. Matnlarni qayta ishlovchi lingvistik dasturlar
ham milliy tilning lingvistik qoidalariga suyanib tuzilgan algoritmlar asosida
o‘z vazifasini bajaradi. Shuning uchun dastur tuzuvchilar tomonidan uning
lingvistik ta’minoti mukammal qilinishi, har bir lingvistik tahrir bosqichining
modullari ham lingvistik, ham pragmatik jihatdan aniq qoidalar bilan
boyitilishi maqsadga muvofiq.