46
So‘z turkumlarining lingvistik modulini yaratishda yaratishda amaliy
natijaga erishish uchun avvalo ularga shakl yasovchi qo‘shimchalar va
ularning kombinatsiyasi so‘zlarga biriktirilib, lingvistik bazaga kiritish optimal
yo‘l deb qaraladi
20
.Flektiv tilda ham, agglyutinativ tilda ham grammatik
ma’no asosan affiks yordamida ifodalandi, shunga ko‘ra ingliz va o‘zbek
tillarida so‘zlar, avvalo, grammatik ko‘rsatkichlar asosida turkumlanadi. Bu
jihatdan ingliz tilida so‘z turkumlari o‘zbek tiliga nisbatan yaqqol farqlanib
turadi. Masalan, ingliz tilida sifat – o‘zgaruvchi turkum, uning o‘ziga xos
tugallanmalar tuzumi bor; ravish esa o‘zgarmaydigan turkum, lekin ingliz
tilida ravishning ham o‘ziga xos grammatik ko‘rsatkichi bor (barcha
ravishlarda emas), natijada bu ikki turkum so‘zlari ingliz tilida o‘z-o‘zidan
farqlanib turadi.
O‘zbek tilida esa manzara boshqacha: sifatda ham, ravishda ham shakl
o‘zgarishi yo‘q, shu sababli sifat bilan ravishni farqlashda boshqa belgi-
xususiyatlarga suyanib ish tutish lozim bo‘ladi. Ba’zi manbalarda sifat va
ravishni sintaktik mezon (sintaktik vazifa) asosida ajratish taklif qilinadi. Bu
yo‘l ijobiy natijaga olib kelmaydi, chunki ayni bir so‘z (masalan, yaxshi
so‘zi) sifatlovchi aniqlovchi bo‘lib kelsa, sifat deb, hol bo‘lib kelsa, ravish deb
atalishi, demak, ikki turkumga mansub so‘zlar deb (ikkita so‘z deb) qaralishi
lozim bo‘lib qoladi. Turkum bilan bo‘lak munosabatini to‘g‘ri belgilashimiz
lozim.
Ko‘rinadiki, sintaktik vazifa shu turkum so‘zi uchun birlamchi (shu
turkum tabiatidan kelib chiqadigan) sintaktik vazifa bo‘lishi yoki ikkilamchi
(boshqa turkum tabiatiga mos) sintaktik vazifa bo‘lishi mumkin. Masalan,