|
Sinf: O‘qituvchi: SanaBog'liq 2-sinf-jismoniy-namuna№
Darsning borishi
Vaqt
Uslubiy ko‘rsatma
Tashkiliy qism
1
Tayyorlov qismi. O‘quvchilarni saflash, salomlashish, navbatchi o‘quvchi
axborotini tinglash, davomatni aniqlash, darsda qatnasha olmaydigan (kasal)
o‘quvchilarni aniqlash.
5
daqiqa
O‘quvchilarning sport
kiyimiga e’tibor berish
2
Saf mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlarni turgan joyda bajarish, joyida tomonlarga
burilish, yurish.
Gavdani tik tutishga e’tibor
qaratish
3
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
Mashqlarni to‘g‘ri va
mukammal bajarilishiga
erishish
O‘tilgan mavzuni takrorlash
1
O‘tgan dars yuzasidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob
o‘tkazish;
5
daqiqa
Nazariy bilimlarning to‘gri
anglashi va mashq(lar)ni
to‘liq va to‘g‘ri bajarishiga
e’tibor berish
2
Saf mashqlari mavzusi yuzasidan olingan amaliy bilimlarni mustahkamlovchi
topshiriqlarni bajartirish.
Asosiy qism
1
Yangi mavzuni tushuntish. O‘quvchilarga URM mavzusi yuzasidan nazariy va
amaliy bilimlar berish. O‘quvchilarni qomatni chiroyli rivojlantirish hamda to‘g‘ri
va chuqur nafas olishni o‘rgatish umumrivojlantiruvchi mashqlarning o‘rnini
boshqa hech qanday mashq bosa olmaydi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar,
umuman, organizmga, bundan tashqari, alohida mushak guruhlari va bo‘g‘imlarga
ta’sir ko‘rsatadi. Ular ko‘krak qafasi, umurtqa pog‘onasi, oyoqlarda yuzaga
keladigan nuqsonlarni bartaraf etishda ayniqsa muhim sanaladi. Shu bois,
umumrivojlantiruvchi mashqlarni har bir darsga kiritish zarur.
1. Dastlabki holat. Qo‘llar pastda, oyoqlar yelka kengligida qo‘yilgan.
1—4 deganda qo‘llarni oldinga doirasimon aylantirish. Shuning o‘zini yana orqaga
bajarish.
2. Dastlabki holat. Qo‘llar yelkada, oyoqlar yelka kengligida qo‘yilgan. 1—2
deganda qo‘llarni yuqorigа uzatish; 3—4 deganda dastlabki holatga qaytish.
3. Dastlabki holat. Qo‘llar belda, oyoqlar yelka kengligida qo‘yilgan. 1 deganda
o‘ng tomonga engashish; 2 deganda dastlabki holatga qaytish. Shuning o‘zini yana
chap tomonga bajarish.
4. Dastlabki holat. Qo‘l barmoqlari birlashtirilib, zanjir qilib boshdan yuqorida
ushlangan, oyoqlar yelka kengligida qo‘yilgan. 1-3 deganda oldinga engashib,
kaftlarni polga tekkizish. 4 deganda dastlabki holatga qaytish.
20
daqiqa
O‘z-o‘zining xavfsizligini
ta’minlash qoidalariga rioya
etish. Bajarilishi kerak
bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib,
tushuntirib berish.
|
| |